2.2. Buxoro shahri aholisining turmush tarzi hamda mashg’ulotlari xususida.
Sanoatning rivojlanishi natijasida Buxoro shahridagi hunarmandlarning soni aholi o’rtasida ko’pchilikni tashkil etardi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxorodagi hunarmand - ishchilarning soni aniq belgilanmagan bo’lsada , ular aholinig katta qismini tashkil etardi. Ular oilalari bilan qo’shib hisoblaganda 10-15 ming kishi bo’lib, shahar aholisining 25 % ini tashkil etgan. Hunarmandlar shaharning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil etib, shahar aholisining eng foydali qismi hisoblangan. Ular hunarmand, muxtarib, san’atsoz, peshovar va boshqa nomlar bilan atalganlar.Har bir hunarmand umumiy usta nomi bilan atalib, yana ismiga o`zining shug`ullanadigan aniq hunari nomi qo`shib aytilgan. Bu bilan uning malakasi va hunari boshqa shaharlikdan ajralib turgan. Manbalarda o`rganilayotgan davrda Buxoro, Samarqand shaharlari aholisi, ulardagi hunarmandlar soni haqida to`la ma’lumotlar uchramaydi. Shu sabab shahar aholisining turli tabaqalari ,jumladan, undagi hunarmandlar soni sifati haqida fikr yuritganda onda-sonda uchraydigan to`liq bo`lmagan ma’lumotlarga tayanishga to`g`ri keladi. 36 Bu hol hunarmandlarning son, sifat tahlili ular shug`ullangan hunar va savdo do`konlari, hunarmandlar yashash joylari, o`zaro munosabatlari, kasblari haqida yuqoridagi ma’lumotlardan unisi yoki bunisi tasodifan kiritilgan turli mazmundagi yozma manbalarga tayanishga to`g`ri keladi. Buxoroda taxminan hunarmandchilikning 100 ga yaqin tarmoqlari bo’lgan. Hunarmandlar metall, teriga ishlov berishardi, kiyim tayyorlashardi , turli qurilish ishlarini amalga oshirishardi. Metalga ishlov berish 5 tarmoqqa bo’linar edi.
1) Temirchilik ishi (chilangarlik, ohangarlik); Ularga, asosan, temitchilar (chilangarlar)- temir buyumlardan harbiy qurol yasovchilar ; taqachilar (nalg’ar); tunukasozlar, qulfsozlar, pichoqchilar, bo’lgan; yana ignasozlar (so’zangaronlar ham ) bo’lib,ular XIX asr oxirida alohida guruhga aylanadi va qoplarni tikish uchun ignalar tayyorlashardi; bundan tashqari mexchagarlar ham bo’lishgan lekin ular XX asr boshlarida yo’qolib ketishgan.Usta Sharif Kamolovning ma’lumotiga ko’ra Buxoroda taxminan 150 kishi atrofida chilangarlar bo’lgan; ulardan 30tasi ketmon tayyorlash bilan; 50tasi o’roq tayyorlash bilan; qolganlari zanjir, zulfin tayyorlash bilan shug’ullanishgan. Temirchi hunarmandlar orasida mehnat qurollari yasovchilar qaychi va tesha yasovchilar ham bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |