Olmalar kenja oilasi - Maloideae.
Daraxt va buta shaklidagi o'simlik urug'chisi bitta meva bargida shakllangan , tugunchasi ostki. Mevasi shirali. O'zbekistonda uchraydigan vakillarining aksariyat qismi meva daraxtlari hisoblanadi.
Olma - (Malus) turkumining O'rta Osiya 4 turi yovvoyi holda uchraydi. Guli - soyabon gul to'plamidan tugunchasining ustunchasi tub qismida tutash, mevasida toshsimon hujayralar uchramaydi , tugunchasi 4 - 6 xonali , chetdan changlanadi . Olmaning 30 dan ortiq madaniylashtirilgan turi ma'lum. Turkumning keng tarqalgan turlaridan biri - Malus domestica - madaniy olma . Guli qizg'ish , oqish rangli , mevasi turli - tuman rang va ta'mli . Olma O'rta Osiyo va Yevropa mamlakatlarining muhim meva daraxtlaridan hisoblanadi . U qadim zamonlardan buyon O'rta Yevropada , xususan Gretsiya , Italiya , Shveytsariya , mamlakatlarida tarqalgan . Tropik mamlakatlarda olma u qadar qimmatliemas , chunki uning mevasi tez orada unsimon massaga aylanadi va bizning mamlakatlarimizdagidek totli bo'lmaydi
Madaniy olma - Malus domestica urug'lardan o'stirilgan olma odatda ota - onalardan juda farq qiladi va hosil bo'lgan meva ko'pincha kerakli xususiyatlar ega emas .Olmaning 7500 dan ortiq navlari ma'lum . Turli xil navlari turli xil lazzatlar va foydalanish uchun jumladam , pishirish , xom iste'mol qilish va sidr ishlab chiqarish uchun yetishtiriladi.
Olma (Malus) turkumi. Bu turkum turlari har xil balandlikdagi daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, bandli, butun, turlicha shaklda, chetlari arrasimon tishchali. To'pguli qalqonsimon. Gullari yirik, to'g'ri, gulqo’rg'oni murakkab, gulkosacha va gultojbargchalari 5 tadan, changchisi ko‘p 5 urug'chisi 5 ta, tugunchasi ustki, 5 uyali. Mevasi— soxta meva. Olmalar turkumi 50 ga yaqin turlarni birlashtiradi. 0 ‘rta Osiyoda uning 4 ta, O'zbekistonda 3 ta turi o'sadi. Ular asosan tog'li tum anlarda tarqalgan, ayrim joylarda katta maydonlarda olmazorlar hosil qiladi. O'zbekistonda tabiiy holda asosan yovvoyi olma (M. sievcrsii) o'sadi. U juda ham polimorf tur. Shuning uchun ham uning tabiatda barcha asosiy organlari (mevasi, guli, bargi, shox-shabbasi) bilan farq qiluvchi juda ko'p xillari (formalari) bor.
Nok - (Pyrus) turkumining vakillari asosan O'rta Osiyo va Kavkaz o'lkalarida tarqalgan. Turkumning 25ga yaqin turidan O'rta Osiyoda 5 tasi yovvoyi holda uchraydi. Olmadan gulning soxta yoki dasta to'pgullarida uchrashi bilan farq qiladi. Bu turkumning muhim turlaridan madaniy nok (Pyrus domestica ) hisoblanadi. Baland bo'yli daraxt , barglari yuraksimon yoki yumaloq , uzun bandli , yaltiroq , chetlari qirqilmagan , muhim xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan meva daraxt . 5000 ga yaqin madaniylashtirilgan navlari ma'lum , o'z ahamiyatiga ko'ra olmadan so'ng ikkinchi o'rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |