Buxoro davlat universitetining


 Milliy (umumxalq) til va adabiy til



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

 
1.2. Milliy (umumxalq) til va adabiy til 
 
Tayanch soʻz va iboralar:
milliy til, adabiy til,
 
me’yor,
 
og‘zaki 
nutq, yozma nutq, sheva, lahja.
 
Mashg

ulotning maqsad va vazifalari: 

talabalarga o‘zbek adabiy tili va uning tayanch dialekti haqida 
nazariy tushunchalar berish, milliy til hamda adabiy til me’yorlarini 
yoritish; 

o‘zbek tili ̶ davlat tili ekanligi haqida malaka hosil qilish, 
adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari, tilning paydo bo‘lishi, 
tillarning taraqqiyoti, tillarning tasnifiga doir egallangan bilimlarini 
mustahkamlash; 

 
mavzuga doir test topshiriqlarini bajarishga o‘rgatish; 
Kutilgan natijalar: 

talabalar o‘zbek adabiy tili va dialektlari haqidagi nazariy 
bilim va ko‘nikmalarni egallaydi; 


16 

milliy til hamda adabiy til me’yorlari haqidagi bilimlari 
yuzasidan javob beradi; 

o‘zbek adabiy tili va shevalarining munosabatini yorita oladi, 
tilning paydo bo‘lishi, tillarning taraqqiyoti, tillarning tasnifiga doir 
egallangan bilimlarini mustahkamlaydi. 
 
Qayerda yashashidan qat’i nazar o‘zbek millatiga mansub barcha 
odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili 
deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga sheva, so‘zlashuv nutqi, 
jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda 
o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi. 
Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga 
solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov 
berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli 
adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning 
barchasi uchun tushunarli bo‘lishi zarurati adabiy tilning yaratilishiga 
sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga 
bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin 
tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q. 
Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy 
tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. 
Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud. 
Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda 
yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. 
Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so‘z) va 
grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi. 
Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-
biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va 
lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi). 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish