So‘z
͢͢͢͢ → obraz→ his-tuyg‘u→ harakat→hayot
Insonning ongi va qalbida so‘zlar bilan ifodalangan ijobiy yoki
salbiy dasturlar bo‘ladi. Ijobiy dasturlarga misol:
– Olam adolatli.
– Koinot to‘kin-sochin.
– Odamlar mehribon.
1
Kibernetik – kibernetikakaga oid. Kibernetika axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va undan
turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan. Kibernetik tizimlarga kompyuter, inson
miyasi, kishilik jamiyati misol bo‘la oladi.
10
– Men ota-onamdan minnatdorman.
– Men o‘zimga ishonaman.
– Men kuchliman.
Salbiy dasturlarga misol:
–
Olam adolatsiz.
– Hamma yoqda firibgarlar.
– Hamma odam dushman.
– Hamma narsa pulga bog‘liq.
– Vaqtim yo‘q.
– Pulim yo‘q.
Salbiy dasturlar inson hayotiga o‘z mazmuniga muvofiq noxush
voqealarni jalb qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ijobiy
dasturlar esa baxt-saodat va salomatlik garovidir. Shuning uchun har
bir odam ongidagi salbiy dasturlarni aniqlab, ularni ijobiy dasturga
aylantirishi lozim.
Til tuzilishiga ko‘ra murakkab
hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan
uzviy bog‘langan quyidagi
qismlardan iborat:
Jamiyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri tildir. Til jamiyat
a’zolarini birlashtiruvchi eng muhim omillardan biridir. Tilshunoslik
haqidagi fanlardan bizga ma’lumki, tilning oʻzi murakkab hodisa
boʻlib, u:
a) ma’lum jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy
boʻlgan UMIS tabiatli imkoniyatlar majmuasidan iborat boʻlgan
lison
;
b) bu imkoniyatlarning bevosita voqealanishini tashkil etadigan
YHVO tabiatli nutq;
d) shu imkoniyatlarning yuzaga chiqish shart-sharoitlari va
shakllarini belgilovchi
me’yor
kabi tomonlarning dialektik birligidir.
Kishi oʻz tafakkur tarziga, farqlash qobiliyati va imkoniyatlariga qarab
soʻzlaydi – lisoniy imkoniyatlardan foydalanadi. Bu uning bilim va
ma’naviy saviyasiga, hayotiy koʻnikma va tajriba, dunyoqarashlariga
bog‘liq. Inson va til (nutq qobiliyati) qanday bir-biridan ajralmas
boʻlsa, til va jamiyat ham shundaydir.
1. Tovushlar tizimi.
2. Lug‘at boyligi yoki leksika.
3. Grammatik qurilishi.
11
Til va tafakkur muammosi juda keng qamrovli masala
hisoblanadi, bu boradа yaratilgan koʻplab tadqiqotlar yorqin dalildir.
Tilsiz tafakkur boʻlmaydi. Biz istagan predmet, voqea yo hodisa
haqida til vositasisiz, hech boʻlmaganda undovlarsiz oʻz fikrimizni,
tushunchalarimizni ifodalay olmaymiz. Obyektiv voqelik inson ongida
aks etar ekan, u soʻzlar orqali belgilanadi, soʻzlarda shakllantiriladi va
til-ong xazinasining boʻlim va boʻlimchalarida istagan vaqtda
osonlikcha topish va foydalanish uchun eng qulay tarzda
joylashtiriladi, muhrlanadi. Bizning tafakkurimiz shu darajada til bilan
birikib, bir-biriga singib, omuxtalashib ketganki, ularni ajratishga,
ya’ni fikrlash, soʻzlash jarayonlarini, shuningdek, ichki nutq
imkoniyatlarini farqlashga, ularni tildan ajratishga hojat sezilmaydi .
Insonning goʻdaklik davridan umrining oxirgi kunigacha oladigan
12
ta’limi soʻz va til vositasida amalga oshadi. Shuning uchun olimlar
tilning ma’rifiy va ta’limiy – inson tafakkuri mahsulining avloddan-
avlodga yetkazish vazifasini alohida ajratadilar. Haqiqatdan ham, biz
ta’limni tilsiz tasavvur eta olmaymiz. Demak, til bilish jarayonining
muhim sharti. Diqqatga sazovor yana bir jihat borki, tafakkursiz til
ham mavjud emas. Agar biz oʻylamay ogʻzimizga kelgan soʻzlarni
tizaversak (masalan: gʻadur, gadur, bubak, baban v.h), bu biz uchun
ham, hech qanday ma’no kasb etmaydi, ya’ni muayyan tushunchani,
tasavvurni hosil qila olmaydi. Hatto, valdirash, alahsirashday tuyuladi,
xolos. Demak, bu til ham nutq ham emas! Oʻzga bir tilni egallash
boshqa xalqning tafakkur tarzini oʻzlashtirish demakdir.
O‘zbek tili – o‘zbek millatining tili, o‘zbek tili – O‘zbekiston
Respublikasining davlat tili. Davlat tili sifatida o‘zbek adabiy tilining
mavqeyi beqiyos darajada o‘sdi, xizmat doirasi kengaydi, lug‘at
tarkibi boyidi, fonetik tizimi, grammatik qurilishning takomil-
lashuvida katta o‘zgarishlar yuz berdi.
13
O‘zbek milliy tili hozirgi o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan barcha
kishilarning umumiy va yagona tilidir. U o‘zbek millatining
shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. O‘zbek millati shakllangunga
qadar u urug‘ tili, qabila tili va xalq (elat) tili tarzida yashab, rivojlanib
keldi.
O‘zbek adabiy tili ijtimoiy vazifasining kengayishi natijasida
uning lug‘at tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Tilning leksikasi
ichki imkoniyatlar bilan yangi yasalgan so‘zlar va boshqa tillardan
qabul qilingan so‘zlar hisobiga boyib borishi ko‘zga tashlanmoqda.
Kishilar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi, xalq xo‘jaligidagi, madaniyat,
fan-texnika sohasidagi ko‘pgina o‘zgarishlar yangi tushunchalarni,
yangicha munosabatlarni keltirib chiqardi. Bularning hammasi o‘zbek
tili leksikasining ko‘pgina yangi so‘zlar hisobiga hamda boshqa
tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar hisobiga boyishiga sabab bo‘ldi.
Masalan:
broker, diler, makler, kompyuter, menejer, fermer, biznes
va
h. Ayrim o‘zbekcha so‘zlarning ma’nosida o‘zgarishlar ro‘y berib,
ular boshqa ma’nolarda qo‘llana boshladi. Masalan,
ishbilarmon
va
tadbirkor
so‘zlari ilgari sifat turkumiga mansub bo‘lib, belgi
ifodalagan bo‘lsa, hozirgi paytda bu so‘zlar ot turkumiga o‘tdi va
shaxs ma’nosini ifodalaydigan bo‘ldi. Bu jarayonlarning barchasi
o‘zbek tili lug‘at boyligini yangi pog‘onaga ko‘tardi.
O‘zbek tilining fonetik tizimida, grammatik qurilishida ham
ma’lum o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, fonetik tizimda,
o‘zlashma so‘zlarda o‘zbek tiliga xos bo‘lmagan bo‘g‘inning yangi
turlari (so‘z boshida va so‘z oxirida ikki yoki undan ortiq undoshning
qator kelishi) paydo bo‘ldi:
sport, stol, traktor, shkaf, magistr,
kongress
kabi. Shuningdek, o‘zlashma so‘zlarda ikki unlining o‘zbek
tili uchun xos bo‘lmagan ketma-ket kelish holatlari kuzatiladi:
aeroport, bionika, geologiya, teatr, poema
kabi.
Grammatik qurilishda kelishik shakllari, ayrim ko‘makchilarning
ma’nosi va vazifasi kengaydi, kelishikli boshqaruv va ko‘makchili
14
boshqaruv me’yorlari belgilandi. Ot boshqaruvi asosida tuzilgan so‘z
birikmalari ko‘proq qo‘llana boshladi.
O‘zbek tilining bundan keyingi taraqqiyoti leksikaning yana ham
boyishi, grammatik qurilishning ichki qonuniyatlar asosida takomil-
lasha borishi bilan bog‘liq ravishda davom etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |