mavzu. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va Men—konsepsiyasi.
Shaxsningijtimoiytasavvurlari.
Reja:
Shaxsning subyektiv xususiyatlarining umumiy tavsifi.
«Men» strukturasi va uni har xil yo’nalishlarda tadqiq etish. O‘zini-o‘zi baholash. Men konsepsiyasi.
O‘zaro munosabatlarning tuzilishi va shakllanishi. 4.Egoizm, altruizm tushunchalari.
Shaxsning o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini ifodalash va o‘z-o‘zini e’tirof etishi.
«MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI» METODI
«MANTIQIY ZANJIRLAR KETMA-KETLIGI» metodi biror mavzu yoki uning bir qismi haqida tinglovchilarga zarur ma’lumotlar berilganidan so’ng ularning berilgan bilimlarni qay darajada o’zlashtirganliklarini tekshirib ko’rish, olgan bilimlarini mustahkamlash, shuningdek tinglovchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish maqsadida qo’llanilishi mumkin. Ushbu metoddan, asosan, mashg’ulot yakunida yoki mashg’ulotning bir qismi ko’rib chiqilgandan so’ng foydalanish mumkin.
o’qituvchi tinglovchilarga mashg’ulot davomida berilgan ma’lumotlar asosida tayanch tushunchalarni raqamlangan hamda chalkashtirilgan holda doskaga yozib qo’yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma material sifatida har bir tinglovchiga tarqatilishi ham mumkin);
shundan so’ng o’qituvchi o’quv savollari sonidan kelib chiqqan holda tinglovchilardan daftarlariga shuncha ustun chizishlarini va har bir ustunni nomlashlarini (masalan, birinchi ustun birinchi o’quv savoli deb nomlanadi) so’raydi va tinglovchilardan doskaga yozilgan tayanch tushunchalarning qaysi biri birinchi o’quv savoliga, qaysinisi ikkinchi va boshqa o’quv savollariga taalluqliligini tasniflashni taklif etadi;
tinglovchilar raqamlangan tayanch tushunchalarini tegishliligi bo’yicha ustunlar tagiga yozishlari lozim bo’ladi va buning uchun o’qituvchi tomonidan
tinglovchilarga 3-5 daqiqa vaqt berish tavsiya etiladi;
belgilangan vaqt tugaganidan so’ng o’qituvchi bir nafar tinglovchidan o’zining javobini o’qib eshittirishini so’raydi va ushbu tinglovchi o’z fikrini bayon etib bo’lganidan so’ng o’qituvchi qolgan tinglovchilarga ushbu tinglovchi tomonidan xatolikka yo’l qo’yilgan yoki qo’yilmaganligini so’rab murojaat qiladi;
tinglovchilarning fikrlari tinglab bo’linganidan so’ng o’qituvchi to’g’ri javobni e’lon qiladi (doskaga yozadi yoki slayd orqali namoyish etadi).
Masalan, «Jinoyatda ishtirokchilik» mavzusi bo’yicha ma’ruza mashg’uloti yakunida o’qituvchi doskaga mavzuga oid tayanch tushunchalarni chalkashtirilgan holda yozib qo’yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma material sifatida har bir tinglovchiga tar-qatilishi ham mumkin). So’ngra tinglovchilardan mazkur tayanch tushunchalarning qaysi guruhga kirishiga qarab, ishtirokchilik belgilari, ishtirokchilik turlari va ishtirokchilik shakllariga tasniflash taklif etiladi.
Oddiy ishtirokchilik.