OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA TEXNOLOGIK TA’LIM KAFEDRASI
“Tasdiqlayman”
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari
E.M.Muxtorov
« » 2021 y
“SHAXS PSIXOLOGIYASI”
fanidan
o’quv-uslubiy majmua
Bilim sohasi:
|
100000 - Ta’lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 - Ta’lim
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
60110100 - Pedagogika va psixologiya
|
Buxoro – 2021
Mazkur majmua Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
kengashi “ ”
2021 yil
-sonli bayonnomasi bilan
tasdiqlangan “Shaxs psixologiyasi” fani oʻquv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
Baxriyeva N.A., BuxDUPI Pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
Muxtorov E.M., BuxDUPI o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
Usmanova M.N., BuxDU Psixologiya kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi
Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Pedagogika, psixologiya va texnologik
ta’lim kafedrasining “ ”
2021 yil
-sonli yig‘ilishida
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan.
Pedagogika, psixologiya va texnologik ta’lim kafedrasi mudiri:
(imzo)
“ ” 2021 yil G.V.Izbullayeva
Pedagogik ta’lim fakulteti dekani:
“ ” 2021 yil A.R.Jo’rayev
(imzo)
|
MUNDARIJA
|
|
|
KIRISH
|
4
|
|
MA’RUZA MASHG’ULOTLARI MAZMUNI
|
4
|
|
SEMINAR MASHG’ULOTLARI MAZMUNI
|
127
|
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI
|
129
|
|
GLOSSARIY
|
146
|
|
TARQATMA MATERIALLAR
|
160
|
|
TEST
|
168
|
|
FAN DASTURI
|
| KIRISH
Fanni o’qitishdan maqsad – bo’lajak mutaxassislarda shaxs psixologiyasining dolzarb masalalariga doir nazariy bilimlarni egallash hamda bu boradagi amaliy ko’nikmalarni shakllantrishdan iborat.
Fanning vazifasi – bo’lajak pedagog-psixologlarga shaxs psixologiyasining asosiy muammolari, dolzarb masalalari, shaxs psixologiyasini o’rganishning tarixiy-metodologik asoslari, zamonaviy va nazariy yondashuvlari, klassik yondashuvlar, shuningdek. Shaxs psixologiyasi faniga kirish, individ, shaxs, individuallik, psixoanalitik, individual, analitk psixologiya, klassik bixeviorizm, ijtimoiy kognitiv shaxs nazariyalari, kognitiv shaxs nazariyasi, shaxs tuzilishi nazariyasi, insonparvarlik, shaxs taraqqiyotining davrlarga bo’linishi, shaxs rivojlnishining individual xususiyatlari va ularning roli, shaxs va faoliyat, shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men kontseptsiyasi”. Shaxsning ijtimoiy tasavvurlari haqidagi bilim va ko’nikmalarni hosil qilishdir.
MA’RUZA MASHG’ULOTI MAZMUNI
1-mavzu: Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari Reja:
Shaxs psixologiyasining mavzu bahsi.
Shaxs ijtimoiy-psixologik fenomen to’g’risida.
Psixologiya tarixida shaxsning o’rni.
Shaxsni etnik va gender jihatdan o’rganish.
Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari.
Tayanch tushunchalar: shaxs, shaxs psixologiyasi, maqsad, vazifa, predmet, obyekt, psixologiya fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
Shaxs psixologiyasi muammosi qadimdan mavjud. Bu muammo Suqrot davrida ham hozirgidek dolzarb bo’lgan. Shaxs psixologiyasi barcha gumanitar sohalarning predmeti hisoblanadi.
Bu muammolarga psixologiya sohasi o’zining bir qator yechimlarini taqdim etadi. Psixologiyaning har bir sohasi shaxsni o’rganishda o’z hissasini qo’shadi. Amalga oshirilgan ko’p sonli tadqiqotlar natijasida shaxs psixologiyasi rivojlanib bormoqda.
Shaxs psixologiyasi – shaxs individualligini o’rganadigan psixologiyasining sohasi hisoblanadi.
Psixologiyaning ushbu sohasi psixologik bilimlarni analitik prinsiplar asosida tushuntiradi. Analitik prinsiplarni qo’llash aniq ilmiy qiziqishlarning u yoki bu psixologik omillarini tahlil qilishni bildiridadi. Xuddi shunday,
psixologiyaga oid mustaqil fanlar sifatida hissiyot psixologiyasi, motivatsiya psixologiyasi, idrok psixologiyasi, tafakkur va boshqalar, shaxs psixologiyasiga ajratiladi. O’rganish predmetidan biri shaxs hisoblanadi.
Shaxs nima? Bu so'z insoniyat madaniyatida taxminan 300 yil oldin paydo bo'lgan. J.Brunerning fikricha, XVIII asrga borib taqaladigan "o’z-o'zi" tushunchasidan foydalanishni "shaxs" tushunchasining kelib chiqishining belgisi deb hisoblash mumkin. Ayni paytda, ispan faylasufi Baltazar, 17 asrda "shaxs" tushunchasini butunlay zamonaviy ma'noda ishlatadi.
Psixologiyada shaxsning ko'plab ta'riflari mavjud. Bu ta'riflarning ko'pchiligi uyg’unlik, belgilar tizimi, birlik, barqarorlik, ijtimoiylik, identiklik, individuallik (yaxlitlik, o'ziga xoslik), ichki Men (avtonomiya, ijodkorlik) kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Ko'pincha shaxs ong va o'zini anglash orqali namoyon bo’ladi.
Shveytsariyalik olim Rishar Meyli: “Shaxs deganda, har bir insonni tasniflaydigan psixologik xususiyatlarning yig’indisini tushunamiz. Kengroq ma’noda, shaxs termini xarakter, temperament, qobiliyatni o’z ichiga oladi”.
Lekin shaxs – bu faqatgina xususiyatlarning yig’indisi emas. Gap quyidagi xususiyatlar o'zaro ta'sirda o'ziga xos psixologik markazni, psixikaning o'ziga xos sifati, menlik, o'z individual xususiyatlarini anglashni yoki A.Maslou, E.Erikson va boshqa psixologlar tasdiqlagan xususiyatlar haqida bormoqda. Bundan kelib chiqib, SHAXS deb o’zining menligiga ega bo’lgan, o’z irodasi orqali o’zini boshqara oladigan va hatti-harakatini nazorat qila oladigan odamga aytiladi.
20 asrning boshlarida rus psixiatri P.P.Viktorov shaxs tushunchasini o’z- o’zini anglash va ong (anglash) bilan bog’ladi: “Shaxs, individuallik, Men psixologlarda tananing ichki muhitga munosabatni his qilish hamda tashqi muhitga nisbatan munosabatni his qilish”. Psixolog F.Barron: “Inson shaxsining farqli jihati fikrlashga va masalalarni hal qilishga qodir ongning mavjudligidir”.
Sotsiolog Ya.Shepanskiy: Ijtimoiylashuv jarayonida individ o’zining shaxsiy ongini va shaxsiy Menini yaratadi. Har bir inson oilada, kasbiy faoliyatida, do’stlar davrasida va h.k. da bajariladigan ijtimoiy rollarning miqdorini his qiladi. Har bir inson o’z-o’zini tahlil qiladi, xuddi boshqalarga murojaat qilgani kabi o’ziga murojaat qiladi.
Shaxs psixologiyasi - bu shaxsni va turli individual jarayonlarni o'rganadigan psixologiya sohasi hisoblanadi. Shaxsning borliq, hayot, jamiyat va atrofdagilar bilan bo'lgan munosabatlarining yaxlit tasvirini yaratishga urinishga asosiy e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, psixik taraqqiyotning dinamik tomonlari, individual farqlar o'rganiladi.
Odatda shaxs ijtimoiy fanlarning o’rganish predmeti bo’lib, ular insoniyat tarixida shaxs shakllanishining umumiy qonuniyatlarini, jamiyatning rivojlanish jarayonida inson hayotining ijtimoiy sharoitlariga bog`liq holda shaxsning
o’zgarishi bilan aloqador masalalarning mohiyatini ochib beradi.
Shaxs muammosini tadqiq qilishga tibbiy, tabiiy, ijtimoiy fanlar va falsafa fani o‘ziga xos ahamiyatga ega.
“Shaxs” kategoriyasi umumiy psixologiyaning eng muhim, tayanch tushunchasi bo’lsa, “shaxs psixologiyasi” bo’limi uning asosini tashkil etadi. Psixologiyaning bu sohasini bilish har qanday musutaxassisga samarali ishlash imkonini beradi.
Shaxs psixologiyasi XX asrning birinchi o’n yilligida eksperimental fanga aylandi. Biroq nazariy tadqiqotlar ancha oldinroq amalga oshirila boshlangan. Shaxsni o’rganish tarixida uchta asosiy davrni ajratish mumkin:
Falsafiy-adabiy davr;
Klinik davr;
Sof eksperimental davr.
Falsafiy-adabiy davr. Bu davr antik davrdan boshlanib, XIX asrning boshlarigacha davom etdi. Bu davrda shaxs psixologiyasiga tegishli ma’lumotlar asosan faylasuf va yozuvchilar asarlarida o’z aksini topgan va ularda shaxsning axloqiy va ijtimoiy tabiati muhokama etilgan. Falsafiy-adabiy davrdagi shaxsning ta’rifi juda keng qamrovli bo‘lib, o‘z ichiga shaxsning biologiyasini, psixologiyasini, xulq-atvorini, madaniyatini va hatto mol-mulkini ham qamrab olgan.
Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o’zining “Sezgilar haqidagi traktat”ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yig`ishga harakat qilgan. F.M. Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo’lgan “yashirin odam” haqida yozadi. Uning fikricha, mazkur “yashirin odam” tashqariga chiqishga urinib ko’radi, shuningdek har bir kishining “niqobi” ham mavjud bo’lib uning haqiqiy qiyofasini yashirib turadi.
Klinik davr. XIX asrning birinchi o’n yilligida shaxs psixologiyasi muammosi bilan ko’proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular birinchilardan bo’lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib borishga muvaffaq bo’lishgan, inson shaxsining tabiati to’g`risida umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan. Keyinchalik aniqlanishicha, sog`lom kishilarda kuchsiz ifodalangan xususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida namoyon bo’ladi.
Shifokor-psixiatrlarning shaxsga bergan ta`rifi bilan normal, patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. Bunday ta`riflar psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to’g`ri bo’lishi mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi.
Eksperimental davr. XX asrning birinchi o’n yilligida shaxsni o’rganish
bilan professional psixologlar shug`ullana boshlashdi. Ular avvallari bilish jarayonlari va shaxs holatlariga alohida e`tibor berishgan edi. Bu sohadagi tadqiqotlarda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Biroq du davrda psixologiya fanining inqirozi yuz berdi. Bunga inson tabiatini o’rganishga atomistik qarashlarning kirib kelishi sabab bo’ldi. Mazkur yondashuv inson psixologiyasini jarayon va holatlarga bo’lishni talab qilardi. Unga ko’ra inson alohida psixik funktsiyalarning yig`indisi bo’lib, ulardan shaxsni yig`ish va ijtimoiy xulq-atvorining kompleks shakllarini tushunish qiyin bo’ladi.
Shaxsni eksperimental o’rganish Rossiyada A.F.Lazurskiy, angliyada G.Ayzenk va R.Kettellar tomonidan boshlab berilgan.
XX asr boshlaridayoq Olimlar mavjud tadqiqotlarga eksperiment tusini berib, ishonchli ma`lumotlar olish, farazlarni aniq tekshirish, ular asosida tajribada tekshirilgan nazariyalarni yaratish uchun natijalarni tahlil qilishning matematik-statistik usullarini joriy etishdi. Eksperimental davrning eng muhim vazifasi normal shaxsni baholashning ishonchli va validlikka ega test metodlarini ishlab chiqishdan iboratligi tan olindi. XX asrning 30-yillari oxirida shaxs psixologiyasida tadqiqot yo’nalishlarining faol differentsiatsiyasi boshlandi. Natijada XX asrning ikkinchi yarmida shaxs psixologiyasida o’rganiladigan ko’plab yondashuv va nazariyalar vujudga keldi.
Ana shu nazariyalarni umumlashtirgan holda quyidagi yo‘nalishlarni tahlil qilish mmkin.
Shaxsning xulqiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarab uchta yondashuvni ajratish mumkin: psixodinamik, sotsiodinamik va interaksionistik.
Psixodinamik nazariya shaxsning xulqini uning psixologik yoki ichki xarakteristikasi bilan bog’lab tushuntiradi. Sotsiodinamik nazariyaga ko‘ra esa shaxs xulqining asosiy determinanti tashqi muhitdir. Ular shaxsning ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bermaydilar. Interaksionistik nazariya tarafdorlari inson faoliyatini va xulqini boshqarishda ichki va tashqi omillarning roli o‘zaro bog‘liq ekanligini qayd etadilar.
Keyingi yondoshuvlarni shaxsni o‘rganish va haqda ma’lumotlar to‘plash usullariga nisbatan ikkiga ajratish mumkin: eksperimental va noeksperimental yondoshuv. Eksperimental nazariya tarafdorlari shaxs haqida ma’lumot to‘plash uchun albatta ma’lum bir yo‘l orqali tadqiqot o‘tkazish, uning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirnish shart deb hisoblaydi. Neoksperimental nazariya vakillari esa shaxsni hayotiy vaziyatlar jarayonida kuzatib, u haqdagi fikrlari va hayotiy tajribalaiga tayangan holda xulosalar yasash mumkinligiga ishonch bildiradilar va tajribalarga murojaat etish shart emas deb hisoblaydilar.
Shaxs psixologik tadqiqotlar predmeti sifatida. B.M.Kedrov klassifikatsiyasida barcha fanlar tizimida “SHAXS” markaziy o’ringa ega.
Shaxsga psixologik sohalar predmeti sifatida turli ta`riflar berilgan. Ularning aksariyati bilan “Umumiy psixologiya” kursi doirasida tanishgansiz. Xoll K., Lindseylar “shaxs” tushunchasuga oid ta`riflarni muayyan mezon asosida quyidagicha tizimlashtiradilar:
Biosotsial ta`rif – shaxs individning “sotsial stimul qadriyati” bo‘lib, biologik omillar ta`sirida “atrof – muhitga javob reaksiyasi”ni bildiradi.
Biofizik ta`rif – shaxsni subyekt sifatida o`rganib, individning o’ziga xos xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi.
Omnibus ta`rif – shaxs individning muhim jihatlari ko’chirib o’tkazilgan birlikdir.
Integrativ ta`rif – shaxs individual xulq egasidir. Dodonov boyicha fanning predmeti:
Inson muayyan sharoitda qanday shakllanadi
Qanday qilib bolaning ruhiy olami kattalarning ruhiy olami bilan uyg’unlashadi
Jamiyat taraqqiyoti shaxs taraqqiyotiga qanday ta’sir qiladi
Shaxsni emperik o‘rganish metodologiyasi
Shaxs psixologiyasining predmetiga nisbatan yondashuvlar
Individ va shaxs tushunchalarini farqlashga qaratilgan yondashuv
Shaxs rivojlanishi omillarini o’rganuvchi yondashuv
Shaxs tuzilishini o’rganuvchi yondashuv. Shaxsni o`rganishning metodlari:
Obyektiv ma`lumotlar
Psixodiagnostik metodikalarni qo’llash
Shaxsning kundalik xulq-atvorini qayd etish
Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning axloqiy belgilariga ishorat edi.
K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. Shaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning
himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Sharq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Yevropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi.
Shu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi. Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P.Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B.Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf E.V.Ilenkovning yozishi bo‘yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. Shaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. Shaxslar ko‘lami, E.A.Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
Yana bir mashhur faylasuf M.K.Mamardashvili tasdiqlashicha: «Shaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. Shaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». Shunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq».
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G.Ananyev «shaxs»ga «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlari obyekti» sifatida ta’rif beradi. A.N.Leontyev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. Shaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum
o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». Shaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va amodal boshlang‘ich modda tushuniladi.
L.S.Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida yozgan edi. Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham qo‘shiladilar. G.S.Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, ««shaxs» insonning jamiyat hayotidagi ishtiroki va hayotda tutgan o‘rni nuqtai nazaridan insonga xos xususiyatdir». V.A.Shkuratov quyidagi definitsiyani keltiradi: «Shaxs jamiyat a’zosi va faoliyatdagi mavjudotning ifodalanishini ijtimoiy turlarga ajratish… Shaxsni uning ijtimoiy va madaniy doirasi, kelib chiqishi, kasbi, o‘z tipi va h.k.larning xususiyatlaridan yig‘ib olish mumkin».
Hozirgi kunda psixologiya shaxsni insonning jamiyatdagi hayotida shakllanadigan ijtimoiy-psixologik hosila sifatida tushuntiradi. Odam ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa odamlar bilan munosabatlarga kirishganida va bu munosabatlar uning shaxsini shakllantiruvchi hal qiluvchi omilga aylanganida, u yangi sifatlarga ega bo‘ladi.
Chet el psixologiyasida inson shaxsi sifatida barqaror belgilar majmuasini tashkil etuvchi temperament, sezgirlik, motivlar, layoqatlar, mayllar, turli hayotiy vaziyatlarga moslashayotganida aynan shu insonga xos bo‘lgan fikrlar oqimi va hulq-atvorini belgilab beradigan ma’naviyat tushuniladi. J.Godfruaning fikricha, shaxs umumiy holda ham irsiy, ham ijtimoiy-madaniy ta’sirlar bilan belgilanadi.
«Shaxs» tushunchasi o‘z ichiga tabiiy xossalar (jins, temperament va h.k.) asosida ijtimoiy muhit (oila, maktab, «boshqa ahamiyatlilar») va faoliyat (o‘yin, bilish, mehnat) bilan faol o‘zaro ta’sirlar jarayonida hosil bo‘lgan individga xos bo‘lgan ijtimoiy sifatlar yig‘indisini birlashtiradi.
Inson shaxsi, keng tarqalgan tasavvurlarga qarshi o‘laroq, 30 yoshga etgunicha o‘zgarmasdan qolmaydi. Misol keltiradigan bo‘lsak, Kaliforniya Universitetining bir guruh olimlari 130 mingdan ortiq odamlarning «Katta Beshlik» (vijdoniylik, murosaga kelish layoqati, nevrotizm va ekstravertlik) nomi bilan ma’lum shaxsiy sifatlarini tahlil qilganlar. Bu sifatlar kayfiyatga bog‘liq emas, shuning uchun etarlicha ishonchli tarzda namoyon bo‘ladi. Odamlar yosh o‘tishi bilan hayotiy ixtiloflarni tezda bartaraf etishga o‘rganadilar, xususan, shafqatliroq va mehribonroq bo‘lishga intiladilar.
Aniqlanishicha, ayollarda, erkaklardan farqli o‘laroq, yosh o‘tishi bilan nevroz holatlari kamayadi. Ikki jins vakillarida samimiylik bir oz kamayadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, 20–30 yoshlilarda murakkab vazifalarni bajarishda va tashkilotlar tuzishda ko‘mak beradigan vijdoniylikning kuchayishi kuzatiladi. Murosaga kelishga moyillik, aksincha, ko‘pchilik holatlarda 30 yoshdan so‘ng yorqin namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, faylasuflar, tarixchilar, pedagoglar va psixologlarda «shaxs» tushunchasining turlicha talqinlari mavjud. Bizlar esa, yuqorida ko‘rsatganimizdek, R.S.Nemov tomonidan berilgan shaxsning, fikrimizcha, yanada aniq va to‘liq psixologik ta’rifidan foydalanamiz.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga ko‘p marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V.Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‘zida temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga aylanadi.
XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. Platonovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga ajratadi:
Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‘li bilan shakllanadi.
Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, lekin shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri ostidagi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni birlashtiradi).
Aks ettirish turli shakllarining individual xususiyatlari (his etish, idrok, xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda).
Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va yosh xususiyatlari, patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi.
Bu to‘rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil tarkibiy qism bo‘lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, asosiy tarkibiy qismlarning har birining xususiyatlaridan tashkil topgan xarakter va layoqatlar.
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‘indisi sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida ijtimoiyga aylanadi.
XX asr 70-yillarning oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv yo‘nalishi tizimli yondoshuvni qo‘llash tendensiyasi bilan almashindi. SHu munosabat bilan A.N. Leontyev g‘oyalari alohida e’tiborga loyiq. Uning fikricha, shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida yuzaga keladigan alohida turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlarning birgalikda bo‘ysunishi ontogenezda shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. SHu o‘rinda, A.N.Leontyev ko‘rsatib o‘tganidek, shaxsga tegishli bo‘lmagan, avvalambor, irsiyat tomonidan belgilangan: tana tuzilishi, asab tizimining turi, temperament, biologik ehtiyojlarning o‘sish kuchi, affektivlik, tug‘ma layoqatlar kabi, shuningdek, orttirilgan ko‘nikma, bilim va malakalar, hamda, – kasbiy belgilarni ta’kidlab o‘tish joiz. Uning fikricha, sanab o‘tilganlar, insonning individual xossalarini tashkil etadi.
Shaxs avvalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ xususiyatlari shaxs xususiyatlariga aylanmaydi.
A.N. Leontyev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini o‘rganishga umumiy yondoshuv A.V.Petrovskiy va V.A.Petrovskiylarning ishlarida rivojlantirildi. Ularning fikriga ko‘ra, shaxs hamkorlikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi o‘rtasida o‘rnatilgan mazmun-mohiyati, qadriyatlari vositasidagi barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o‘rganilishi mumkin.
Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan individual munosabatlarning (subyekt – obyekt – subyektiv va subyekt – subyekt – obyektiv) barqaror tizimiga nisbatan subyekt sifatida o‘rganish imkonini beradi. A.V.Petrovskiy va V.A.Petrovskiylar shaxs tuzilishini individning «o‘ta sezgir» tizimli xususiyati sifatida ko‘rib chiqadilar. Shaxsni subyektiv munosabatlar tizimida ko‘rib chiqib, individ shaxsiy turmush tarzining uch xildagi atributsiyasini (qo‘shib yozish, belgilash) yoki shaxs tushunchasining uch xil nuqtai nazarini ajratadilar.
Ko‘rib chiqishning birinchi nuqtai nazari – intraindivid shaxsiy atributsiya: shaxs subyektning o‘ziga xos bo‘lgan xossasi sifatida tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan holatda bo‘ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar – shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va mavjudlik sohasi bo‘lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko‘rib chiqishning uchinchi nuqtai nazari – metaindivid shaxsiy atributsiya. Ushbu holatda individning o‘z faoliyati orqali boshqalarga ko‘rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko‘zda tutiladi. Shaxsga yangicha nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini faqat o‘zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda shaxs boshqalarda ideal tarzda tasavvur etilishi, ularning o‘zga turmush tarzi, uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasavvur etishning mohiyati – subyekt faoliyati yoki uning hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o‘zgarishlardan iborat. Bunday holatda gap shaxsning boshqalarda o‘z hayotini davom ettirishi mumkin bo‘lgan faol jarayon haqida, boshqalarda o‘zining davomiyligini ko‘ra bilishi haqida ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |