analitik psixologiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Freydning izdoshlari sifatida faoliyat olib borgan olimlardan biri K.Yung. Yungning shaxs muammosiga doir yondashuvi Analitik psixologiya deb nomlanib, u o‘ziga xos yondashuvni ifoda etadi.
Shaxs tipologiyasiga doir yondashuvi:
Ekstraversiya – «ichkaridan tashqariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, bu tipga moyil shaxslar ko‘proq odamlar ichida bo‘lishni yoqtirishadi, o‘z kechinmalarini ko‘proq atrofdagilar bilan baham ko‘radi. Muloqotga kirishuvchan, tanishlari doirasi keng. Ba’zi hollarda jiddiylik yetishmaydi. Odamlarni tez ishonchini qozona oladi va shuningdek, tez xafa qilishga ham moyil.
Introversiya - «tashqaridan ichkariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, bu tipga xos shaxslar og‘ir, vazmin, ko‘ngli nozik, beparvo, do‘stlik qoidalariga qat’iy amal qiladigan. Muloqot doiralari cheklangan, tortinchoq, ko‘proq o‘zlarining ichki dunyolari bilan band va yolg‘izlikni yoqtiradigan.
Psixik funksiyalar
To‘rtta asosiy psixik funksiyaga e’tibor qaratdi:
Tafakkur-rasional. (yangilikni yoqtirmaydi, yangi vaziyatga moslasha olmaydi)
Hissiyot - rasional.
Sezgi – irrasional (yangilikni oson qabul qiladi, odat va ustanovkalardan xoli, vaziyatga moslashib ketaveradi)
Intuisiya-irrasional.
====================================================
Fikrlovchi tip-biror narsaning qadr-qimmatini aniq faktlar va mantiqiy mulohazaga tayanib baholaydi.
Hissiyotli tip-yaxshi-yomon, go‘zal-xunuk tamoyiliga asoslanib
emotsional baholaydi.
Intuitiv tip-hayotiy voqealarning mazmunini ongsizlikda, tuyg‘usi va taxminlariga ko‘ra baholaydi.
Sezgiga asoslanuvchi tip-sezgi a’zolariga tushuvchi, tashqi olam haqidagi axborotlarga tayanadi
Psixikaning tuzilishi.
Ong.
Shaxsiy ongsizlik-o‘zida qachonlardir anglangan, hozir siqib chiqarilgan va unutilgan nizo va taassurotlar, yetarlicha ifodalanmagan hissiy taassurotlarni qamrab oladi. ShO - o‘zida emotsional zaryadlangan, bir fikr, tuyg‘u va taassurotlarning ustuvor bo‘lib qolishidan iborat komplekslarni tashkil etadi.
Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin saqlanishi. Unda bizning o‘tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar va tuyg‘ular aks etgan.
Arxetiplar
Arxetiplar — birlamchi model yoki umumiy ongsizlikning tarkibiy elementi hisoblanadi. Bu odamlarning umumiy “ongsiz” tarkibini tashkil etuvchi va odamlarning fikrlashi va xulq-atvorini o’z-o’zidan belgilab beradigan universal tug’ma ruhiy tuzilmadir. Ular o‘zida insonlar idrok etganlarini, kechinmlari va voqealar ta’siriga javob berishini ma’lum obrazlarda ilgari surishlari tug‘malik shaklini namoyon etadi.
Eng asosiy arxetiplardan biri Men arxetipi, ota, ona, Xudo, donishmand va boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‘zida simvollar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Masalan, Mariya, Mona Liza va boshqalar. Hoch, oltitomonli yulduz, budda g‘ildiragi.
Shaxs strukturasi
Shaxs strukturasi quyidagi tuzilmalardan iborat: ego, person, anima (animus), soya va o‘zlik.
Ego — ongning markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini anglashning asosi hisoblanadi.
Person — bu jamoa kishisi bo‘lib, inson o‘zini boshqalar bilan o‘zaro munosabatda namoyon qiladi.
Salbiy va ijobiy personlar mavjud. Birinchi navbatda u individuallikni ifodalab, kommunikatsiyaga muvofiqlashtiradi. Ikkinchidan — person individuallikni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin. Shu bois person-ongning yuqori qatlami, ego ancha chuqurlashuv, botiq qismi.
Soya o‘zida shaxsning siqib chiqarilgan tomonini ifoda etadi. Soya egoning aks ettirilishida mavjud. Soya shaxsning sotsial standartlar mavjudligi bilan murosaga kela olmasligini ifodalovchi xohishlarini qamrab olgan. Soya-hayot quvvat, ijod manbaini saqlovchi sanaladi. Shu sababli ego soya quvvatini zarur
oqimga yo‘naltiradi.
Anima va animus
Anima — erkakdagi ayolning ichki timsoli, ya’ni ongsiz namoyon bo‘luvchi ayollik tomoni;
Animus— ayollardagi erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon bo‘luvchi ayollik timsoli. Yung anima va animus inson xulq-atvorida uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘lishi kerak, bu uning har tomonlama muvofiqlashuvini ta’minlaydi.
O‘zlik
O‘zlik — shaxsning yaxlitlik arxetipi.
O‘zlik onglilik va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar uyushuvini tashkil etuvchi aylana markazi hisoblanadi. Ruhning barcha jabhalarini integratsiyasiga erishganda, inson uyg‘unlikni sezadi. Shu sababli, o‘zlikni rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir.
A.Adlerning “Individual psixologiyasi”
Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), «Insonshunoslik» (1927),
«Hayotning mazmuni» (1933).
Inson tabiati
Inson-yagona va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum (lat.) — bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir namoyon bo‘lishini izolyatsiyada ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib chiqish mumkin.
Inson hayoti — shaxs uchun ahamiyatli maqsadlar yo‘nalishidagi o‘sish va rivojlanishga uzluksiz harakat hayot maqsadlari insonning taqdirini belgilaydi.
Inson xulq-atvori-irsiyat va muhit ta’siri natijasigina emas, balki insonning o‘z hayotining arxitektori sanalgan ijod kuchidan ham iborat.
Individ jamiyatdan tashqari ko‘rib bo‘lmaydi, uning xulq-atvori esa sotsial kontekstdan tashqarida. Har bir insonda umumiylik va sotsial qiziqishning tabiiy tuyg‘usi mavjud, ya’ni hamkorlikning sotsial munosabatlariga tug‘ma ravishda intilish mavjud.
Inson xulq-avtori o‘zi va atrof olam haqidagi tasavvurlari bilan belgilanadi «appersepsiya sxemasi».
Erishilmagan maqsad yoki vazifalar inson xulq-atvorini yo‘naltirib, harakatlantirib turadi.
Insonga yagona, yaxlit, unsurlari bir-biri bilan o‘zaro muvofiq keluvchi mavjudot sifatida qaraydi.
Individuum miya va tana, onglilik bilan ongsizlik, tafakkur, tuyg‘u, harakat,
shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir.
Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish, individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish, individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi.
Individuum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir bo‘ladi, oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro munosabatlarda ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar shakllanadi.
Nomukammallik kompleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu tuyg‘uni barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining pastligi oqibatida boshdan kechiradilar.
Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va rivojlanishni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik bolada “kuchli bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga, ustunlikka, o‘zining qobiliyatlarini rivojlantirishga undash mumkin.
Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler.
Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish, ko‘nikma va malakalarni kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqalar ustidan humkronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada namoyon bo‘ladi.
Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot uslubini ishlab chiqadi. Ularning shakllanishi bolalikdan boshlanib, nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi sifatida shakllanib boshlaydi. Hayot maqsadi bundan himoyalanish, qondirilmagan bugungi hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |