Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


Otaliq- Buxoro suvi Samarqanddan to Qorako‘lgacha va barcha  tumanlarning sug‘orilishi va suvining taqsimoti uning ixtiyorida.  To‘qsoba-



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Otaliq-
Buxoro suvi Samarqanddan to Qorako‘lgacha va barcha 
tumanlarning sug‘orilishi va suvining taqsimoti uning ixtiyorida. 
To‘qsoba-
podshoh dasturxonidagi tavoqlar va idishlarni 
joylashtirish vazifasi va Xarqonrud (G‘ijduvon) tumanini boshqaruvi 
unga tegishli. 
Miroxo‘ri kalon-
zamonaviy xos soqchi va Komi Abu Muslim 
(Vag‘onze) tumani mirobligini uning vazifasiga kirgan. 
XIX asr boshlarida amirlik saroyida xizmatkor amaldorlar 
tabaqasi 300 ga yaqin, mahalliy boshqaruv tizimida 30 ming amaldor 
xizmat qilgan. Hokim va amaldorlarga davlat xazinasidan maosh 
berilmas, ular xalqdan yig‘ib olingan soliq, yig‘im, to‘lovlar 
hisobidan kun kechirgan. XIX asrda tuman yoki beklik 
amlokdorliklarga bo‘lingan. Amlokdorlik-arabcha “amlok”- mulk, 
dor (fors-tojikcha ega ma’nosida). Ma’muriy jihatdan amlokdorliklar 
tumanlarga 
tenglashtirilgan. 
XIX 
asrning 
ikkinchi 
yarmida 
amirlikning 2 mln.ga yaqin aholisi bo‘lgan. 
Buxoro amirligida yirik sanoat ishlab chiqarish rivojlanmagan
korxonalarda ishchilar soni 50 nafardan ortmagan. Ko‘proq mahalliy 
hunarmandchilik, temirchilik rivojlangan. 1848 yil 38 ta karvonsaroy, 
9 ta tim va ko‘plab bozorlar bo‘lgan.
 
XVIII-XIX аsrlarda xususan 
qorako‘l teri etishtirish bilan shug‘ullanish muhim ahamiyat kasb 
etgan. Buxoro shahrining 51 mahallasida ip yigiruvchilar, 34 
mahalladasida gilkorlar 33 mahallasida to‘quvchilar, 32 mahallada 


163 
etikdo‘zlar, 30 mahallada zargarlar, 21 mahallada holvafurushlar 
joylashgan.1890 yil ilk bor Kogonda paxta tozalash zavodi 
qurilgan.1898 yil Qorako‘lda paxta tozalash zavodi qurildi. 
10.4. XVIII-XIX аsrlarda Тоshkent
XVI-XVII asrlarda dengiz yo‘llarining ochilishi Buyuk ipak 
yo‘lining inqiroziga olib keldi.Shunga qaramay, Toshkent yana bir 
necha asrlar davomida karvon savdosining markazi bo‘lib qoldi. 
Lekin to‘xtovsiz davom etayotgan o‘zaro urushlar, ko‘chmanchi 
qabilalarning hujumlari, shaharni bosib olinishi va talon-taroj qilinishi 
iqtisod, madaniyat va shahar hayotining rivojlanishiga to‘siq bo‘lib, 
tanazzulga olib keldi. 
XVIII asr og‘ir va notinch kechdi. Biroq bu yuz -yillikning oxiri 
shahar hayotining yangi tiklanish davri boshlandi. Bu davrga kelib 
savdo-sotiq jonlanishi ko‘zatildi, shaharda bir necha o‘nlab 
karvonsaroylar mavjud edi. Ularning aksariyati shahardagi asosiy 
bozor (hozirgi Beshyog‘och bozori) yaqinida joylashgan. Eng katta 
karvonsaroy Jangob arixi bo‘yida bo‘lib, bu yerda hind savdogarlari 
to‘xtashgan. Rus savdogarlarining ham karvonsaroylari bo‘lib,ulardan 
biri Salor anhori bo‘yida joylashgan. 
XVIII asr oxirida Toshkentda Sharqda kamdan kam 
uchraydigan boshqaruv tizimi qaror topdi. Hokimlarning har biri 
shahardagi to‘rtta daha - Sebzor, Ko‘kcha, Shayxontohur va 
Beshyog‘och dahasidan birining vakili hisoblanadi. Hokimlarning 
hokimiyat uchun kurashida Shayxontohur dahasi hokimi Yunusxo‘ja 
zafarga erishib, Toshkent davlatini tashkil qilgan.Qo‘qon xoni bilan 
bo‘lgan to‘qnashuvda mustaqillik boy berildi. 
Toshkent shahrining 12 ta darvozasi bo‘lgan: Labzak, Qashqar, 
Qo‘qon, Qaytmas, Beshyog‘och, Kamolon, Samarqand, Ko‘kcha, 
Chig‘atoy, Sag‘bon, Qorasaroy, Taxtapul. 
Shahar aholisi Bo‘zsuv arig‘idan suv ichgan, undan 12 ta katta 
ariq tarmoqlangan. Toshkent aholisi Rossiya tomonidan bosib olinishi 
arafasida 100 ming kishiga yaqin bo‘lgan. Aholining ijtimoiy tarkibi 
turlicha bo‘lgan. Hunarmandchilikning turli xillari mashhur bo‘lgan. 
Jo‘mladan shahar aholisi ko‘plab yigiruv-to‘quv, yog‘och va metal 
teri ishlsh korxonalari, kulolchilik va to‘qimachilik ishlab chiqarish 
ustaxonalari bilan shuhrat qozongan. Shaharni Qo‘qon xoni 
tomonidan tayinlanadigan bek boshqargan, unga minboshilar 
bo‘ysingan.


164 
XIX asr manbalarida har bir mahallada 50 dan 150 gacha oila 
yashaganligi ma’lum qilinadi. Mahallalarning nomlari ularning 
shugullangan kasb-hunariga muvofiq kelgan (masalan, Pichoqchilik, 
Degriz, 
Etikdo‘z) 
yoki 
etnik 
tarkibga 
monand 
bo‘lgan 
(O‘zbekmahalla, Tojikko‘cha). Ayrim joylar rel’efi va tabiiy 
xususiyatlariga qarab (Sassiqhovuz, Chuqurko‘prik, Balandmasjid). 
Toshkentda bozorlar kop edi. XIX asrda Toshkentni o‘rgangan 
N.G.Maliskiyning fikriga ko‘ra, shaharning barcha darvozalari va 
ko‘chalari bozorlar bilan bog‘langan, bunday rejalashtirish ichki va 
tashqi savdoning rivojlanishiga muvofik keladi. 
Markaziy Osiyo bo‘lab sayohat qilgan va 1873 yil Toshkentga 
kelgan amerikalik Yjin Skayler shunday yozgan: Osiyodagi hech bir 
shahar Eski Toshkent singari turli-tuman emas. Ko‘chalar goh pastga, 
goh balandga chiqadi,qo‘qqisdan qandaydir devorga borib taqalasiz. 
Ko‘kalamzorligi borasida hayratlanib yozadi, uzoqdan shaharga 
qaraganda bog‘-rog‘larga burkangan.
Toshkent zamonaviy transmagistralning muhim markazi bo‘lib 
kelgan. Hindiston va Xitoy,Old Osiyo,Turkiya va boshqa davlatlar 
bilan tashqi iqtisodiy aloqalari keng bo‘lgan. 
XIX asrda Rossiya imperiyasining Qoqon xonligini bosib olish 
rejasi tezlashdi. Rossiya Toshkent orqali Buxoro amirligi va Xiva 
xonligi, Xitoy, Afg‘oniston, Hindiston bilan savdoni amalga oshirishni 
rejalashtirdi. 1864 yil 29 avgustda Toshkentning Rossiya imperiyasi 
tarkibiga qo‘shib olinganligi e’lon qilindi. Toshkent Sirdaryo 
viloyatining markazi bo‘lib qoldi. 
XIX asrning 70-80 yillarida Toshkent O‘rta Osiyoning yirik 
savdo, sanoat va madaniyat markazi bo‘lib qoldi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish