Mavzu: Buxoro darvozalari Reja: Kirish



Download 9,03 Mb.
bet1/2
Sana27.06.2022
Hajmi9,03 Mb.
#708488
  1   2
Bog'liq
Buxoro darvozalari



Mavzu:Buxoro darvozalari
Reja:
Kirish.
1.Buxoro darvozalari.
2.Ayni paytda darvoza qal’a devorlari holati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Buxoro shahridagi tarixiy darvozalar. Buxoro oʻrta iborat boʻlgan. Buxoro arkitsya 2 darvoza bor edi. Gʻarbiy darvoza — Registon, Alaffurushon yoki Somonfurushon, Sharqiy darvoza — Goʻriyon deb yuritilgan. Shahristonda esa 7 darvoza boʻlib, ular shaharning 4 tomonida joylashgan. Shahriston shim.da Haq Roh(Xufra), jan.da Attoron (Bob ulMadina) va Ohaniyon (Temirchilar), sharqida Nav (Hyp), gʻarbida esa Kuhandiz, Muhra (Bani Asad) va Bani Sa’d darvozalari boʻlgan. Atgorondan Xurosonga, Haq Rohdan Samarqandga, Hyp (Nav) orqali esa Nasaf (Qarshi) tomonga yoʻllar ketgan. Qolgan 4 ta darvoza orqali podshoh qarorgohi — arkka borilgan. Rabod atrofida dastlab ichki devor, 849—850 yillarda tashqi devor bino qilinib, uning 11 darvozasi bor edi. Ichki devorning darvozalari shim.da Bobul Hadid, Samarqand va Mugʻon, jan.da Puli Suvayk, Abduhoshim Kanoniy, Ruxba, Moh, gʻarbida Darvozacha, Forjak, sharqida Puli Abdulhasan va Moh darvozalari joylashgan. Rabod tashqi devori bitganidan soʻng uning shim.da Navbahor, Samarqand va Riv, sharqida Mardikushon, Kalobod hamda gʻarbida Romitan, Forjak, Qoʻshanj nomli darvozalari boʻlgan.Buxoro uzoq tarixi davomida bir necha bor urushlar natijasida vayron qilingan. Ayniqsa, qoraxoniylar bilan somoniylar oʻrtasidagi kurashlar davrida, Chingizxon hujumi oqibatida shahar devor va darvozalari buzib tashlandi. 16-asrda shayboniylardan Abdullaxon II davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan oʻrab olindi va darvozalar qurildi. Tarixiy davrlar oʻtishi bilan Buxoro darvozalarini nomlash ham oʻzgarib bordi. 19-asr oʻrtalariga kelib Buxoro darvozalari: Sallaxona, Qavola Mahmud, Qarshi, Bahovuddin, Fayzobod, Samarqand, Imom, Oʻgʻlon, Talipoch, Shirgiron, Qorakoʻl nomlari bilan yuritilgan. 20-asr boshlarida Buxoro shahrining darvozalari quyidagicha nomlangan: shaharning shim.da Imom va Samarqand, jan.da Shayx Jalol, Namozgoh va Sallaxona; sharkida Mozor va Qarshi; gʻarbida Oʻgʻlon, Talipoch, Shergiron va Qorakul. 1920-yil kuzida shoʻro mustabidlarining Buxoro bosqinida, oʻnlab obidalar qatori Buxoro darvozalari ham katta shikayet koʻrdi, koʻplari buzib tashlandi, yondirildi va yoʻqotildi. Hozirgi kunda Qorakoʻl va Talipoch darvozalari oʻtmish yodgorligi sifatida bir qadar saqlanib kolingan.Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.

Samarqand darvozasi


Samarqand darvozasi. Shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557-1560-yillarda Abdullaxon tomonidan qayta ta’mirlangan. Samarkand yo‘li orqali G‘ijduvon, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan mehmonlar, savdogarlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, eshik, deraza bozori bo‘lgan. Keyinchalik amir Abdulahadxon (1885-1910), amir Olimxon (1910-1920) davrida tiklangan yozgi saroy - Sitorai Mohi-Xossaga eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani bois, bu maskan savdogarlar uchun juda ahamiyatli hisoblangan. Darvozaning balandligi 11,4 metr, qadimiy devor balandligiga teng bo‘lib, arka va timpanli, kitobasiz tekis qilib, bir nechta darichalar qo‘yib tiklangan, terakot hamda koshindan belbog‘li qilib jilo berilgan. “Guldasta”lari hamda ustki qismi chiroyli qirrali gultoj bilan bezatilib, qadimiy devorga bir xilda birlashtirilgan. O‘tgan asrning 60-yillarida shaharni kengaytirish bahonasida inshoot buzib yuborildi. 2009 yil yanvar oyidan boshlab muhandis-me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida asl qiyofaga mos qilib qayta tiklandi. 

Hazrati Imom darvozasi
Hazrati Imom darvozasi. VIII asrgacha Darvozai Nav (Yangi darvoza) deb yuritilgan. So‘ngra buxorolik mashhur ulamo Abu Hafs Kabir Buxoriy (767-832) sharafiga Darvozai Imom deb atala boshlangan. Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Abu Hafs Kabirning qabrlari ham shu darvoza yonidagi tepalikda joylashgan. Hazrati Imom darvozasi Haqroh deb ham atalgan. Darvozaning balandligi 11,6 metr, kengligi 13 metr, asosi 1,5 metrni tashkil etgan. Usti 31 ta gultojdan iborat bo‘lgan. Guldastalar uch qavatli bo‘lib, u erda qorovullar turadigan xona bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida savdo do‘konlari bo‘lib, ularda ot-aravalar uchun kerakli anjomlar sotilgan. Yo‘lning chap tomonida esa ombor hamda shisha ishlab chiqaradigan korxona hamda yo‘lovchilarni suv bilan ta’minlaydigan quduq bo‘lgan. Hazrati Imom yo‘li Samarqand, Toshkentga boradigan yo‘lga qo‘shilib ketgan. Bu qadimiy yo‘l Arkdan Sitorai Moxi-Xossagacha qayroq tosh bilan terilgan. 2009 -yil sentyabr oyidan ushbu darvoza qayta tiklana boshlandi. Qurilish ishlarini usta-me’morlar Muzaffar, Ma’mur va Ma’ruf Mirzaevlar olib borishdi. 

O‘g‘lon darvozasi.


O‘g‘lon darvozasi. Buxoroi sharifning mahobatli darvozalaridan yana biri Chorbaqoli yaqinidagi O‘g‘lon darvozasi bo‘lgan. Bu darvoza oldida Romitan, Gazli tomonga boradigan katta yo‘l joylashgan bo‘lib, shimol tomonda O‘g‘lon mahallasi, janubda esa Nog‘orachilar mahallasi joylashgan bo‘lgan. Ularning ko‘plari Arkdagi podshohlar saroyida nog‘ora, karnay-surnay chalib, xizmat qilishgan. Darvozai O‘g‘longa yaqin masjid-madrasa qo‘shilgan holatda qurilgan bo‘lib, Avliyo O‘g‘lon Ato qabrlari ham shu erda bo‘lgan. Bu erda Xatmi Piridastgir, ya’ni Abdulqodir Giloniy xotirasiga bag‘ishlab diniy marosim o‘tkazilgan. O‘g‘lon Ato ulug‘ avliyolardan biri bo‘lgan. Bu haqdagi ma’lumotlar 1887-1888-yillarga tegishli vaqf hujjatlarida saqlanib kolgan. 1948-1950-yillarda O‘g‘lon darvozasi, yonidagi mozor, masjid, madrasa buzib tashlanadi. Hozirgi paytda undan nomu nishon qolmagan. Darvoza balandligi 11metr, kengligi 13 metr, asosi 1,40 metrdan iborat bo‘lgan. Ustki qismi 19 ta gultojdan tuzilgan, “guldasta”lari uch kator, beshta tuynuk bilan bezatilgan hamda baland ravoq arka va qanosdan iborat bo‘lib, kitebasiz qilib qurilgan. Bu usul faqat shu darvozaga xos bo‘lib, boshqalarida takrorlanmaydi. Darvozadan kiraverishda savdo do‘konlari va baqqollik bozori bo‘lgan. 

Talipoch darvozasi.
Talipoch darvozasi. Mazkur inshoot 1557-1598-yillarda – Abdullaxon II davrida bunyod etilgan. Buxoroning g‘arbiy qismida yangi xiyobon barpo ettirgan hukmdor katta tepalik yaqinida bu darvozani qurdirgan. Bu darvoza orqali Amirobod, Chorbakr, Jondor, Xorazmga borilar edi. Darvoza ikki “guldasta”, arka, ravoq, kanos kitebali qilib, usti kungurali gultoj bilan bezatilib, qadimiy qal’a devorlariga moslashtirib qurilgan. Zinda fil Ahmad Jomiy qabrlari ziyoratgohi ham shu darvoza yaqinida joylashgan. Darvoza 1960-yilda usta Aminjon Salomov hamda Mubin Mo‘minov, 2005-yilda esa Soli Karimov tomonidan qayta ta’mirlandi. Hozirgi vaqtda Talipoch darvozasi yonida Buxoro Markaziy bozori qad rostlagan. 

Shergiron darvozasi.
Shergiron darvozasi. Abdullaxon qurdirgan darvozalardan biri Shergiron darvozasidir. Darvoza qurilgan joyda qadimda sherlarni saqlaydigai qo‘riqxona bo‘lgan va ular urushda foydalanish uchun o‘rgatilgan. Shu bilan birga, podshohlar sherlardan xazina qo‘riqchisi sifatida ham foydalanganlar. Podshohlar saroyida sherlar haykali o‘rnatilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning kitobida yozilishicha, Amiri shahid Ahmad Ismoil as-Somoniy hukmdorning bir odati bor bo‘lib, uning saroyida bir sher bo‘lgan. Har kecha amir yotadigan eshik yonida sher zanjir bilan bog‘lab qo‘yilar edi. Kim u uyga kirmoqchi bo‘lsa, sher uni halok qilar edi. Bir kuni amir g‘amgin bo‘lganida uning yaqin kishilari u bilan band (mashg‘ul) bo‘lib, sher (qo‘riqchi)ni olib kelish eslaridan chiqqan. Natijada amir uxlab yotganida uning qullaridan bir to‘dasi kirib, amirning boshini tanasidan judo qilishadi. Bu voqea 914-yil 12 yanvarda sodir bo‘lgan. Uni Buxoroga olib kelib, Navkand qabristoniga dafn qilishgan (hozirgi Somoniylar qabristoni maqbarasi)1. O‘sha davrdan boshlab Jondorga boradigan yo‘lda qurilgan darvozani Shergiron darvozasi deb ataganlar. XVI asrdan boshlab Shergiron darvozasidan to Mir Do‘stim xonaqoh-masjidiga qadar yo‘l ustida yopiq bozor bo‘lib, unda sabzavot, meva, sut-qaymoq kabi mahsulotlar kecha-kunduz sotilgan. Bu an’ana hozirgi vaqtda ham davom etmoqda. Lekin qadimiy Shergiron darvozasi hamda qal’a devori saqlanib qolmagan. 

Qorako‘l darvozasi.
Qorako‘l darvozasi. Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘idagi asosiy darvozalardan biri bo‘lgan Qorako‘l darvozasi Abdullaxon tomonidan 1558-1575-yillar oralig‘ida qurdirilgan. Darvozaning ichki tomonida bozor bo‘lib, to Volidai Azizxon, Havzi Navgacha davom etgan. Qorako‘l darvozasi ikki katta “guldasta”, svod, arkali qilib qurilgan. Kvadrat shaklidagi 25×25 santimetrli g‘isht bilan terilib, ustki qismi kungurali gultoj bilan zeb berilgan hamda qal’a devorlariga tenglashtirib bunyod etilgan. Darvoza 1975-yilda usta Ahror Asrorov tomonidan qayta ta’mirlangan. Buxoro xalqi shu darvoza orqali haj ziyorati uchun yo‘lga chiqqan. Shuning uchun uni “Haj darvozasi” deb ham atashgan. Eron, Xuroson, Turkiya davlatlaridan keladigan savdogarlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Ayni paytda darvoza qal’a devorlaridan ajralgan holda bo‘y cho‘zib turibdi. 

Shayx jalol darvozasi.
Shayx jalol darvozasi. Buxoroning janub tomonida joylashgan, shonli tarixga ega bo‘lgan darvozalardan biri Shayx Jalol darvozasidir. Uning tarixi Abdulazizxon davri (XVI asr)ga borib taqaladi. O‘sha davrda Shayx Jaloliddinga murid bo‘lgan Abdulazizxon hazrat shayx sharafiga ilgari Darvozai bobi morkushon nomi bilan mashhur bo‘lgan darvozani uning nomi bilan ataydi. Abdulazizxon 1549-1550-yillar oralig‘ida darvozani ta’mirlab, koshin burish rangli g‘ishtlar bilan jilo berib, unga yaqinroq joyda xonaqoh, hovuz, minora hamda hujralarqurdiradi. Darvozaning balandligi 11-12 metr bo‘lib, kengligi 14×20, tashqi hamda ichki tomonida peshtoqlari bor. Abdulazizxon darvozaninig ustki qismini gultoj bilan bezatib, xonaqoh ustiga ko‘k gumbazlar qurishni buyuradi. 1898-yilda esa ushbu gumbazga e’tibor berilmay quyilganligi bois koshinlari ko‘chib tushgan. Mazkur davr ustalari gumbazni qayta tiklay olmaganlar. Natijada xonaqoh, minora, hovuz, darvoza ham lokaydlik sababli vayronaga aylangan va buzib tashlangan. Darvozai Shayx Jalol hamda shu nom bilan yuritiluvchi mahalla haqida 1691-1692-yilga oid hujjatlarda ma’lumotlar uchraydi. Darvozadan tashqarida juda katta bog‘lar bo‘lib, shu qatori Xo‘ja Ismatulloh Buxoriy bog‘lari hamda maqbaralari ham shu hududda joylashgan. 2008-2009-yillar oralig‘ida asliyatga ko‘ra tayyorlangan loyihaga asosan usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev hamda Sharif Rahimovlar tomonidan Darvozai Shayx Jalol qaytadan qurildi. Yon atrofidagi qadimiy qal’a devori ham tiklandi. 

Namozgoh darvozasi.
Namozgoh darvozasi. Namozgoh darvozasi qurilgan yili ma’lum bo‘lmay, Abdulazizxon tomonidan 1540-1550-yillarda qayta ta’mirlanadi. U juda chiroyli mayolika va koshinlar, terakotalar ishlatilib, arka svodtimpan kiteba qilib, “guldasta”larning usti oltita gultojlar bilan bezatilib qurilgan. Yuqori qismi 12 ta gultojdan iborat bo‘lib, eski qal’aga tenglashtirib bunyod etiladi. Odamlar shahar ichidagi masjidlarga sig‘maganlari uchun Ibrohim darvozasidan Namozgoh masjidiga yig‘ilishgan. Namozgoh gavjum bo‘lgan. Turk xoqoni Arslonxon farmoni bilan Namozgoh atrofi to‘liq tartibga solindi va bog‘lar barpo etilib, pishiq g‘ishtdan minorali devorlar quriladi. Darvoza balandligi 11 metru 6 sm, kengligi 13,8 metrga teng qilib bunyod etilgan. 

Salloxona darvozasi.
Salloxona darvozasi. Salloxona yoki Mir-Mas’ud darvozasining tashqi tomonida amir askarlari joylashgan bo‘lib, bu erda 1920-yillarga qadar harbiy mashq o‘tkazilgan. Sobiq sho‘ro davrida ancha vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o‘tkazilar edi. Salloxona darvozasi Abdulazizxon tomonidan 1540-1549-yillarda qadimiy devor bilan birga qurilgan. O‘sha davrda ziyoratchilar uchun maqbara, masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning davrimizgacha etib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi ma’lumotlar vaqf hujjatlarida (1683-1684-yillar) uchraydi. Darvozaning balandligi 11 metru 10 sm, kengligi 21 metr, asosi bir yarim metrni tashkil etgan. Usti 21 ta gultojdan tuzilgan, “guldasta”larikki qavatli bo‘lib, qorovullar turadigan xonasi bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi bo‘lgan. Uning yonida esa Arabon masjidi qurilgan bo‘lib, bu masjidda mahalla ahli namoz o‘qigan. Salloxona darvozasi orqali odamlar Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon va Toqi Zargarondan o‘tib, shaharning markaziy savdo rastalariga borishgan. Buxoroning boshqa darvozalari qatori Salloxona darvozasi ham 2009-yil oktyabr oyidan boshlab qaytadan tiklandi va asl holatiga keltirildi. Bunyodkorlik va qurilish ishlarini usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev hamda SHarif Rahimovlar olib bordi. 

Qavola (Qarshi) darvozasi.
Qavola (Qarshi) darvozasi. Ba’zi manbalarda Rangrez darvozasi deb ham yuritiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, Shayxi Rangrez matolarga gul bosish hunari bilan shug‘ullangan va karomatgo‘y avliyo ham bo‘lgan. Uning karomatlarini ko‘rgan Shayx ul-Olam Sayfiddin Boxarziy (XIII asr) shogirdini haqqa etgan deb hisoblab, unga o‘z vaqfidagi qishloqlardan birini hadya etgan. Keyinchalik Abdulloxon shaharni kengaytish chog‘ida ushbu qishloq ham qal’a devori ichida qolgan. Unda qurilgan darvoza esa Qavola deb yuritila boshlangan. Ammo darvoza asosan Qarshi, Kesh aholisining kirish joyi hisoblangani bois mahalliy aholi uni Qarshi darvoza deya atay boshlagan. 

Mazori Sharif darvozasi.
Mazori Sharif darvozasi. Abdullaxon Buxoro shahrini kengaytirgan vaqtida Bahouddin ziyoratiga boradigan yo‘l ustida Mazori Sharif darvozasini qayta qurdiradi. Darvoza keng va salobatli, 18 ta gultojdan iborat bo‘lib, svod timpan (ravoq) kiteba arkasiz qilib qurilgan, uchta mo‘ri (teshik)dan iborat bo‘lib, usti tekis g‘isht bilan soyali qilib bunyod etilgan. Balandligi 11 metr bo‘lib, shaharning qal’a devoriga teng bo‘lgan. Mozori Sharif darvozasi yonida soqchilar uchun alohida joy, darvozabonlar uchun maxsus xonalar barpo etilgan. Darvoza qattiq qayrag‘ochdan qalin va mustahkam qilib yasalgan. Darvozaning mustahkamligini yanada oshirish maqsadida yogoch materiallar qizdirilgan yog‘ga botirib olingan. Ular temir mixlar bilan yo‘g‘on to‘sinlar yordamida yaxlit tabaqali qilib yasalgan. Zulfin va xalqalari mis temiridan haftjush usulida tayyorlangan. Darvoza ostonasi tut daraxtidan, tepa to‘sinlari gujumdan yasalgan. Shu sababli bu darvozalar har qanday sharoitda o‘z sifatini yo‘qotmay, asrlar osha xizmat qilgan. Vafot etgan hukmdorlar jasadi Mazori Sharif darvozasidan chiqarilib, Fayzobodkarvonsaroy, hammom, hovuz, sardoba, ko‘prik va hokazolarning tiplari mukammallashdi.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak.Buxoro – vohadagi shahar, cho‘lning qoq o‘rtasida joylashgan eng yirik aholi punktidir. Bir vaqtlar Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shahar eng qadimgilardan biri bo‘lib, uning tarixi 2500 yildan oshadi. Buxoro o‘zida qadimiy urf-odatlarning ko‘p asrlik tarixini Islom dini bilan mujassamlashtirdi. Hayratlanarli darajada donolik, muqaddaslik va ta’lim berish muhitiga ega bo‘lgan shahar. Bir marta ushbu shaharda bo‘lganingizda, o‘zingizni go‘yo boshqa dunyoda va boshqa sayyorada bo‘lgandek his etasiz. Madaniy, diniy, etnik sivilizatsiyalarning betakror aralashuvi Buxoroni unutilmas taassurotlar shahriga aylantirdi.
Buxoro viloyati hududida zardushtiylar, xristianlar, yahudiylar, buddistlar yashagan. 9-asr oxirida Buxoro O‘rta Osiyodagi eng muhim Islom va madaniyat markazlaridan biriga aylandi. Bir necha asrlar davomida bu yerga sayohatchilar, ziyoratchilar, va’zxonlar, tadqiqotchilar kelishgan. Buxoro – ilmiy, diniy va falsafiy bilimlar makonidir.


Download 9,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish