Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna


 Qadimgi va O‘rta asrlarda Axsikent



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

9.2. Qadimgi va O‘rta asrlarda Axsikent


147 
Buyuk ipak yo‘lining gullab yashnashida poytaxt shaharlarning roli 
katta bo‘lgan. Savdoda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy 
mahsulotlar shaharda ko‘p bo‘lgan. Jumladan, Farg‘ona poytaxti 
Axsikent diqqatga sazovordir. Hozirgi vaqtda Axsikent xarobalari 
To‘raqurg‘on va Jomashuy orqali Namangan-Farg‘ona yo‘lining ikki 
tomonida, Sirdaryoning o‘ng sohili bo‘ylab chuzilib ketgan baland 
tepaliklar ko‘rinishida yotibdi. Xalq orasida Eski Axsi deb ataytiladi. 
Axsikentning o‘z qal’asi, shahristoni (ichki shahar) va rabodi (tashqi 
shahar) bo‘lgan.
Axsikentning asosiy qismlarini Sirdaryoning suvi yuvib ketgan
qolgani qor yomg‘irda tekislanib ketgan. Qal’aning shimoli va shimoliy 
sharqiy qismi saqlanib qolgan. Eng pastki qatlam miloddan avvalgi III-
II asrlarga teng. Axsikent arxeologik jihatdan o‘rganish ishlari XIX asr 
oxirilari XX asr boshlaridan boshlangan. 1885 -yilda N.I.Veselovskiy, 
1914-yilda I.A.Kastane qazish va qidiruv ishlari olib borgan. Sho‘rolar 
davrida 1939-yilda M.E.Masson, 1948-yillara N.Bernshtamlar 
tekshirganlar. 1957-1959 yillarda Axsikat Namangan o‘lkashunoslik 
muzeyi 
xodimlari 
tomonidan 
ham 
o‘rganilgan. 1960-yilda 
O‘zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti uyushtirgan maxsus 
ekspeditsiya Axsikat rabodidan XI asrga oid ko‘hna hammom o‘rnini 
ochgan. U yerdan sopol idish, quvur, chaqa tanga va shisha buyumlar 
topilgan. Bundan tashqari, Axsikent xarobalaridan g‘arbroqda o‘rta 
asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan.
Akademik Ya.G‘ulomov va arxeolog I.Ahrorov mazkur tadqiqotlar 
asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar bo‘lganligini, ulardan 
biri qadimgi Axsikent va ikkinchisi Bobur tug‘ilgan Axsi ekanligini 
birinchi bo‘lib isbotladilar. 1967-yilda rassom I.A.Smirnov Axsikat 
xarobalaridan yig‘ib jamlagan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar 
majmuasini Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim 
etgan. Axsikent yodgorligi o‘zbek xalqi madaniyati tarixida muhim 
o‘rin tutganligi uchun 1950 yildan davlat muhofazasiga olingan. 
Shahriston ikki ichki va tashqi qismdan iborat bo‘lib beshta 
darvozasi bo‘lgan. Ikkala shahriston ham balandligi 20 metrga yaqin 
devorlar va chuqur handaqlar bilan o‘rab olingan. Tashqi shahristondan 
20 ga yaqin minoralar topilgan. Har -yili devorlar ta’mirlanganligidan 
100-150 -yil davomida devor qalinligi 10 metrga balandligi 20 metrga 
etgan.


148 
Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Xitoy imperatori bir juft otga 
butun Sindzyan viloyatini berishga rozi bo‘lgan ekan. Buyuk ipak yo‘li 
savdosida ot muhim ahamiyatga ega ekanligidan Xitoy imperatori shu 
fikrga kelgan. Milodning I asrlarida shahar kengaydi. Shahar o‘zini 
himoya qilishda muhim strategik ahamiyatga ham ega edi. Bu davrda 
shaharda hunarmandchilik savdo muhim ahamiyat kasb etdi.
Ayniqsa V-VII asrlarda shaharda uy-joy qurilishiga katta ahamiyat 
berildi. Uylarning ichki devorlari suvalgan va buyoqalar bera 
boshlaganlar. Har bir xonadonda yotoqxona, omborxona, oshxona, toza 
ichimlik qudug‘i ham bo‘lgan. So‘g‘d-turk savdogarlari sharqiy Xitoy 
orqali Koreya va Yaponiya, janubiy Hindistonga borib savdo-sotiq 
ishlari bilan shug‘ullanganlar. 
Tinch osoyishta hayot arablar istilosi natijasida buziladi. Lekin 
ko‘p utmay VIII asr oxirlarida yana qudratini tiklab oldi. VIII-IX 
asrlarda arab yilnomalarida Axsikat “Farg‘ona” deb yuritilgan. Poytaxt 
vodiy nomi bilan atalgan. 
Axsikent markazlashgan Somoniylar davlati davrida IX-X asrlarda 
siyosiy iqtisodiy markaz sifatida gullab yashnadi. Ichki bozorda mis 
tangalar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Axsikatda mis tanglar zarb qilindi. 
Shaharda 
mudofa 
devorlari 
ahamiyatini 
yo‘qotgan, 
chunki 
somoniylarda mudofa devorsiz muhofaza qila olgan. 
Axsikentning bosh bozori shahristonda bo‘lgan, u 2 ga.ni tashkil 
qilgan. Yer osti suv quvurlari topilgan X asrga oid, sababi aholi zich 
joylashganligidan quvurlar yer ostidan utkazilgan uzoq yillarga xizmat 
qilishi uchun. Yer osti suv quvurlari pishgan g‘ishtdan qilingan. 
Ikkinchi shahristondan to‘qqiz joyida zilol suv to‘la hovuzlar 
topildi. Temirchi ustalarning mahallalari ham ko‘p bo‘lgan. Shaharga 
tunel orqali yer ostidan suv kelgan. 
XI asrda Qoraxoniylar davlati davrida siyosiy poytaxt Axsikentdan 
O‘zganga ko‘chirildi. Arxeologik materiallarga ko‘ra XI-XII 
aslargacha Axsikent butun Farg‘onani iqtisodiy markazi bo‘lib qolgan. 
Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan eng yirik shahar bo‘lib qoldi. Bu 
yerdan topilgan hunarmandlarning idishlarining namunalari Parijdagi 
Luvr Davlat muzeyida saqlanmoqda. Axsikentda tayyorlangan 
“Damashq” qilichlari butun dunyoga mashhur bo‘lgan. 
XIII asrda Axsikent mo‘g‘ullar tomonidan butunlay vayron qilindi. 
Yer osti suv quvurlari, jome masjidlar buzib tashlandi, mashhur 
hunarmand ustalar Mo‘g‘ilistonga olib ketildi. Oradan ma’lum vaqt 


149 
o‘tgach, Axsikent shahri yangi yerda, Eski Axsi yodgorligidan 5-6 
kilometr shimoli-g‘arbda, hozirgi Yakkayigit qishlog‘i o‘rnida qad 
ko‘tardi. Bu shaharning xarobalari hozir xalq orasida Yangi Axsi deb 
yuritiladi. 
IX-XII asrlarda jahon sivilisatsiyasining markazi Osiyo va O‘rta 
Osiyo hududlariga ko‘chganligi qulay imkoniyatlarni yaratib berdi. 
Ilm-fan va madaniyat ivojlandi. Matematika, astronomiya, falsafa, tarix 
va 
ilohiyot 
fanlarining 
rivojlanishiga 
o‘zbekistonlik buyuk 
ajdodlarimizning xizmatlari katta. Farg‘onalik Ahmad al- Farg‘oniy, 
Burhoniddin al-Marg‘iloniy, aka-uka Axsikentiy va boshqalarning 
o‘ziga xos o‘rni bor. Ahmad al- Farg‘oniyning “Samoviy harakatlar 
haqida kitob va yulduzlar haqidagi bilimlar majmuasi” degan mashhur 
asarni yozgan. Bu asar XII asrda lotin va boshqa tillarga tarjima qilindi.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish