150
1990 -yil Quvada ya’na tekshirish ishlari boshlandi. Buyuk ipak
yo‘lida joylashgan shaharning savdo sotiqqa ta’luqli manbalari,
hunarmandchlik sohasiga ta’luqli manbalar ko‘plab topildi. 1996-1999
yil O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya
instituti maxsus guruh
tuzib, Quva shahrida arxeologik tadqiqotlar olib borganlar.
Quva atamasi haqida bir necha qarashlar bor. Etnografik
yondashib,Quba xudosi bo‘lib ular bu xudo nomiga otlarni qurbonlik
qilganlar. Samoviy otlar Davan, Marhamat, Aravon,
Asaka atrofida
mashhur bo‘lgan Quva esa qushni hudud bo‘lgan va Quvada yerlar
serhosil bo‘lib, otlar uchun yem hashak ya’ni beda shu yerlarda
yetishtirilgan degan xabarlar uchraydi.
Arxeologik ma’lumotlarda 8 metr chuqurliklarda V-VI asrlarga
oid mudofa devorlari topilgan. Kulolchilik charxisiz qo‘lda yasalgan,
ostki qismi yumaloq idishlar va kulolchilik
charxida qilingan
silliqlangan idishlar topilgan.
Yozma manbalarda Quva (Qubo) nomi VIII asrda birinchi marta
tilga olingan.
Arab tarixchisi at-Tabariyning (839-923) xabar berishicha,
xalifalikning Xurosondagi noibi Nasr ibn Sayyor Shoshda o‘z
g‘animlarini yengib bitim tuzgandan so‘ng 738-739 yillarda Farg‘ona
tomon birinchi yurish qiladi. Quva shahri aholisi ularga keskin
qarshilik qiladi. Hatto quvaliklar bosqinchilar qo‘liga tushmasin deb
oziq-ovqatni
yashirib, yem hashaklarni yoqib yuboradilar. Kuchlar
etishmasdan Farg‘ona taslim bo‘ladi va arablarga har yiliga 600 kg.dan
ziyod kumush va mingalab qullar yetkazib berish majburiyatini oladi.
VIII asr oxirlariga ta’luqli tangalar topilgan va Quvada pul
zarbxonasi bo‘lgan, shahar iqtisodiy jihatdan vodiyning eng yirik
shaharlaridan bo‘lgan.VII-VIII asrlarda shahar dahalarga (kvartallarga)
ga bo‘lingan. Har bir dahada umumiy odamlar yig‘iladigan maydon va
diniy marosimlar uchun maxsus xonalar mavjud bo‘lgan va maxsus
devor bilan o‘rab olingan.
X asrdan boshlab Quva to‘g‘risida ko‘p malumotlar uchraydi.
Quva
shahri uch qismdan iborat, ark-hokim qarorgohi, shahriston-ichki
shahar, aholi yashaydigan va tirikchilik qiladigan joy va savdo-sotiq,
hunarmandchilik, bog‘-rog‘lar rabod-tashqi shaharda joylashgan.
Aholi dahalarda uy xo‘jaliklariga bo‘lingan. Ma’lum qismi
hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Sharqiy tomonida shisha ishlab
chiqarilgan, g‘arbiy tomonida simob ko‘zacha ishlab chiqariadiga
151
ustaxona bo‘lgan. Shahristonda oddiy aholi tor ko‘chalar bo‘ylab
yashagan. Dahalarda alohida uy xo‘jaliklari bo‘lib,
oila er-xotin va
bolalari yashagan. Yashaydigan uyning o‘ng tomonida ovqat
tayyorlaydigan o‘choq joylashgan.
X-XII asrlarda shahar aholisining uylari devorlarining qalinligi 1,5
metr, balandligi 2 metr bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: