Buxoro davlat universiteti utayeva feruza xolmamatovna



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/102
Sana25.05.2023
Hajmi2,15 Mb.
#943371
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Xo‘jand 
- shahar, Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati 
Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida, Sirdaryo bo‘yida joylashgan. 
Xo‘jand O‘rta Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan bo‘lib, mil. av.1-
ming 
-yillikda 
vujudga 
kelgan. 
Arxeologik 
qazishmalar 
natijasida shahar hududidan mil.av. VI-IV asrlarga oid tarixiy ashyolar 
topilgan. Mil. av. 329 -yilda shaharni Aleksandr Makedoniyalik 
egallagan.Tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha shahar VII asrning 2-yarmida 
Xo‘jand nomi bilan mashhur bo‘lgan. Xo‘jandda ipakchilik  
rivojlangan.
Shahar savdo va hunarmandchilik markazi sifatida Buyuk ipak 
yo‘lining chorrahasida O‘rta Osiyoni Hindiston, Eron, Yaqin Sharq, 
Xitoy va O‘rta dengiz havzasidagi mamlakatlar bilan bog‘lab turishda 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Shahar aholisi hunarmandchilik mahsulotlarini qushni davlatlarga 
chiqarganlar. VIII asrda arab xalifaligi davrida shahar aholisining 
hayoti biro z qiyin kechgan. Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati ham 
kamaygan, shunday bo‘lishiga qaramasdan aholi savdo-sotiq bilan 
shug‘ullangan.
XIII asrda mo‘g‘ullar imperiyasi davrida shahar qudratini 
yo‘qotgan. XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida buyuk ipak yo‘lining 
shuhrati ortganligi shahar hayotini o‘zgartirib yubordi, XVI asrda 
Shayboniylar, so‘ngra Qo‘qon xonligi tasarrufida bo‘lgan. 1866 -
yilning 24 mayida shaharni podsho Rossiyasi qo‘shinlari bosib oddi.
Xo‘jand 1924 -yilda O‘rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi 
o‘tkazilgandan so‘ng O‘zbekiston tarkibiga kirgan, 1929 -yildan 
Tojikiston tarkibiga o‘tkazilgan.
Qo‘qon 
Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri 
hisoblanadi. Uning tarixi haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan 
oldingi II asrning boshlarida bu yerga kelgan xitoy sayyohi Chjyan 
Szyan manbalarida uchraydi. Davan davlati borligi, bu davlatning 
markazi, ulug‘vor shahar mavjudligi xususida yozib qoldirgan. 
Qadimshunoslar olib borgan tadqiqotlari asosida Davan davlati 
Qo‘qon shahri o‘rnida bo‘lganligini aniqladilar. 


153 
Keyingi -yillarda arxeolog olimlar Qo‘qon shahri va unga yaqin 
joylarda olib borgan qazishma ishlari natijasida shahar ostida olis 
tarixga oid madaniy qatlamlarni topdilar. Bularning hammasi 
shaharning yoshi 2 ming -yildan kam emasligini ko‘rsatdi. Qo‘qon 
shahri tarixi haqidagi yozma ma’lumotlar arab manbalarida ham 
uchraydi.
X asr sayyohi al-Istaxriy “Kitob al-masalik” asarida “So‘x va 
Xuvaqand, Xuvaqand va Axsikent oralig‘i bir kunlik yo‘l”, deb 
belgilaydi. Muallifi noma’lum “Hudud ul olam” asarida Xavokand
Rishton ekinzorlari ko‘p, gavjum shaharchalar, deb tilga olinadi.
Shaharning keyingi davrlar tarixi xususida Jamol Qarshi, Muhammad 
Vafo Karminagiy va XVII asr muarrixlari asarlarida ko‘p ma’lumotlar 
mavjud. Shaharning nomi kelib chiqishi to‘g‘risida olimlar turli xil 
fikrlar bildiradilar. Ba’zilari u “Xurkant” tepalikdagi shahar 
mazmunini bildiradi desa, boshqalari “Xo‘qan” kichik ko‘za 
ma’nosini anglatadi, deydi. Ayrim tadqiqotchilar esa “Xo‘kand” 
yoqimli, xushmanzara joy, latif shahar mazmunidan kelib chiqqan, 
deb baholaydilar.

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish