bilan xarakterlanadi. Albatta, tabiiy landshaftlarning hosil bo’lishi antropogen
22
landshaftlarga qaraganda sekin boradi. Uning shakllanishi uchun yillar, davrlar,
eralar kerak. Lekin, shu bilan birgalikda uning tarkibi komponentlarga boy,
chidamli hisoblanadi.
Landshaft tarkibini boyishi yoki uning keng arealga ega bo’lishini eng
avvalo uning tarkibini tashkil qilgan komponentlarning hayotchanligiga bog’liq
bo’lsa, ikkinchidan uning mahsuldorligiga bog’liq.
Sun’iy landshaftlarda ham shakllanish davridagi bir qancha qiyinchiliklarni
ko’rish mumkin.
Inson ta’sirida Farg’ona vodiysida saqlab qolingan qum zonasining deyarli
landshaftlari yo’qoldi. Qayroq suv ombori tashkil qilinishi evaziga Farg’ona
vodiysi g’arbiy qismi tabiiy landshafti yo’qolib, uning o’rniga sun’iy to’qayzorlar,
botqoqzorlar vujudga keldi. Inson ta’siri natijasida O’rta Osiyoda yagona O’sh
oblasti Oloy tog’ tizmasi shimolda Oq buyra daryosi yuqori qirg’og’ida
ninabarglilar, teraklar va qayinlardan tashkil topgan sun’iy o’rmon landshaftlari
tashkil qilindi. Keyingi vaqtlarda sanoat korxonalari chiqindilariga ma’lum
miqdorda bo’lsa ham qarshiligiga chidaydigan daraxt va butalardan tashkil topgan
sanoat landshaftlari tashkil qilinmoqda. Afsuski, bu borada mutaxassislar fikrlarini
ko’pincha hisobga olmaydilar. Maqsad sanoat va ishlab chiqarish korxonalari va
ular atrofidagi hududlarda kislorodga boy muhitni tashkil qilish. Shunday ekan bu
hududlarda keng bargli daraxt va butalardan foydalanish zarur.
Antropogen landshaftlarni tasnivlashda ularni qishloq xo’jaligi landshafti,
sanoat landshafti, subantropogen landshafti, o’rmon antropogen landshafti,
madaniy landshaftlar kabi tiplarga bo’lish maqsadga muvofiq. Bulardan:
1. Qishloq xo’jaligi landshaftlari kishilarning extiyojiga yarasha tez hosil qilingan
landshaftlar. Masalan, paxtazorlar, bug’doyzorlar, sabzavot ekinzorlar va ho kazo.
Lekin, inson ta’sirida qishloq xo’jaligi landshaftlarini yaratuvchi tuproq nihoyatda
eroziyaga uchraydi. Masalan, inson zamonaviy ilmiy texnikaviy qurollangan
bo’lib, qishloq xo’jaligiga kirib olgan va har xil noorganik o’g’itlar, zaharli
ximikatlar qo’llash evaziga tuproqda zaharli elementlar (qo’rg’oshin, simob, ftor)
ko’payib ketdi.
23
Hisobsiz hosil orqasidan quvish tuproqni ishdan chiqishiga, turlanishiga,
yemirilishiga olib keldi.
2. Sanoat landshaftlari, ayniqsa keyingi vaqtda urbanizatsiyaning kuchayishi
natijasida keng avj olib ketdi. Bu sohada bir qancha yaxshi ishlar qilgan Farg’ona
shahridagi al-Fargoniy tavalludi bilan amalga oshirilgan ishlar buning yaqqol
misoli. Lekin, bu sohada quyidagi ma’lumotlarni ham unutmaslik kerak. Hozirgi
vaqtda inson yer yuzidagi quruqlikning 55 % idan foydalanadi. Har yili qurulish
tog’ ishlar sababli 50-70 kv km. Yer yalang’och bo’lib turlanib kelmoqda.
Hozir 500.000 kimyoviy birikmalar qo’llaninmoqda. Shulardan 12 ming tasi
esa zaharli gazsimon, suyuq va qattiq moddalar bo’lib Atmosfera, Gidrosfera,
Litosferani ifloslantiradi.
3. Suv har xil sohalarda ishlatiladi. Masalan,
1 t bug’doy yetishtirish uchun 1,5 t suv sarflanadi;
1 t sholi yetishtirish uchun 12000 t suv sarflanadi;
1 t paxta yetishtirish uchun 5000-6000 t suv sarflanadi;
Hozirgi vaqtda aholi har yili taxminan 3000 km
3
ichimlik suvini iste’mol qiladi.
4. Madaniy landshaftlar. Ular ham ikki xil:
1. Madaniy-tabiiy antropogen landshaftlar; 2. Madaniy antropogen landshaftlar;