Buxoro davlat universiteti pedagogika va psixologiya


«Mening bolaligim» mashqi



Download 491 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana20.03.2022
Hajmi491 Kb.
#503852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TRENINGLAR O\'TKAZISH. Qurbonova Gulchexra

«Mening bolaligim» mashqi 

Mashq maqsadi: O`qituvchilarda bolalik xotiralarini faollashtirish.


Guruh aylana shaklida o`tiradi. psixolog ishtirokchilardan 
bolalikdagi eng quvonchli va eng hafa bo`lgan tasuroti haqida gapirishni 
so`raydi. Guruhiy muhokama bolalikda boshdan kechirilgan voqea 
tufayli 
psixotrammaolgan 
o`qituvchilarga 
psixologik 
yordam 
ko`psatishga qaratilgan. Ma`lum bo`lishicha, yoshlikda boshdan 
kechirilgan qattiq grammatik hodisa o`qituvchini o`quvchilarga 
munosabatiga ta`sir qiladi. Guruhda bolalikdagi taassurotlarni 
muhokama qilish va guruhni qo`llab - qo`vatlash tufayli o`qituvchi 
o`zining salbiy xotiralaridan foriTo`g`ri bo`ladi.
«Mening birinchi o`qituvchim» mashqi 
Mashq maqsadi: O`qituvchilarda pedagogik refleksiya qobiliyatini 
rivojlantirish, shaxsiy tarbiyaviy ta`sir oqibatlarini baholash va tahlil 
qilish. Psixolog guruh ishtirokchilariga o`zining birinchi o`qituvchisi 
bolalarga qanday munosabatda bo`lgan, darsni qanday tushuntirganligi 
haqida gapirib berishini so`raydi. 
Umumiy muhokamada psixologik guruh ishtirokchilari e`tiborini 
o`z faoliyatlarida birinchi o`qituvchisining uslubi va muhokamasini 
takrorlashga yoki bolalarga munosabatda adolatli va muloyimroq, 
nimadadir unga nisbatan yaxshi bo`lishga intilishga qaratish lozim.
O`qituvchilarda shaxsiy bolalik xotiralarini qayta esga tushirish 
negizida bolalarni his qila olishni rivojlantirish muhim.
15 


«Mening eng qiyin o`quvchim» mashqi 
Mashq maqsadi: O`qituvchilarda bolalarga nisbatan hissiy ijobiy 
munosabatini rivojlantirish, qiyin o`quvchilar bilan muloqat buyicha 
tajubga almashinuvchi tashkil etish.
Guruh ishtirokchilari aylana bo`lib joylashishadi va o`zlarining 
qiyin o`quvchilari haqida, uning tashqi ko`rinishi, darslarda o`zini tutishi 
o`qish, u bilan qanday qiyin vaziyatlar vujudga kelgani va hakozolar 
haqida fikr almashadilar. Hikoya qiluvchi qiyin o`quvchiga ta`sir qilish 
yo`llari haqida gapiradi. Guruh o`z amaliy tajribasidan kelib chiqib, 
ta`sir ko`rsatishning mahsuldor vositalarini topishga yordamlashadi. 
«Intonastiya» (ohang) mashqi 
Mashq maqsadi: o`qituvchilarning komunikativ imkoniyatlari 
diapozonini kengaytirish.
Guruhning har bir a`zosiga qandaydir, o`quvchiga qaratilgan 
maqtov so`zlarni aytish taklif qilinadi. Masalan: «balli! Senda hamma 
narsa yaxshi bo`ladi» kabi so`zlarni aytish mumkin. Bunda aytilgan 
so`zlar ishtirokchi tomonidan 5 martta turli ohangda takrorlanadi. Guruh 
qaysi ifoda yaxshi aytilganini muhokama qiladi. Psixolog har-bir 
o`qituvchiga o`quvchilar bilan muloqat uchun ifodaliroq ohangni 
topishga yordamlashadi.
«Oyna» mashqi 
Mashq maqsadi: o`qituvchilarning komunikativ imkoniyatlarini 
rivojlantirish.
Guruh ishtirokchilari juft - juft bo`lib oladilar. Har bir juvtlikda bir 
boshlovchi tanlanadi, ikkinchisi uning oynasi bo`ladi. Boshlovchi quli 
bilan kutilmagan harakatlarni amalga oshirishlari kerak. Ikkinchi 
ishtirokchi bu harakatlarni sinxron ravishda oynadan aksini takrorlashi 
kerak. 
O`yinchilar orasidagi so`zsiz komunikasiyada vujudga keladigan 
qiyinchiliklar muhokama qilinadi. Psixolog ishtirokchilar e`tiborini 
odamlar orasida qanday individual- dinamik farqlar mavjudligiga, uni 
to`gri tushuntirish va his qilish uchun suhbatdoshga moslashish 
qanchalik mhimligiga qaratadi. Bu o`quvchilarni tushunishda muhim 
hisoblanadi. 16 


«MEN-O`QUVCHI» SIIKLI
«Muammo» mashqi 
Mashq maqsadi: guruh ishtirokchilari shaxsiy muammolarining 
sub`ektiv 
ahamiyatliligini 
pasaytirish. 
psixolog 
o`qituvchilarga 
ko`zlarini yumib, bushatishlarini taklif etadi. Keyin bu quyidagi 
so`zlarni aytadi. «So`nggi vaqtlarda siz uchun muhim va dolzarb bo`lgan 
shaxsiy muammoingiz haqida o`ylang. Muammoingizni ichingizda 
aytish mumkin bo`lgan bir necha so`zlar orqali ifodalang.
Endi sizning muammoingiz haqida yaqinda suhbatlashgan insonni 
ko`z oldingizga keltiring. uning sizga nima degani va siz nima deb javob 
qaytarganingizni aniqroq eslashga harakat qiling. U bilan qanday 
vaziyatda suhbatlashganingizni eslash, siz suhbatlashgan xonani, tevarak 
atrofdagi narsalarni eslashga harakat qiling. Endi o`sha harakatga, 
suhbatdoshingizga va o`zingizga chetdan, rasmga qaraganday qarang.
Bularning barini aniq ko`z oldingizga keltirishingizdan so`ng, 
mahallangizda yashaydigan insonlarni, yaqin qo`shnilaringiz haqida 
o`ylang. Siz yashaydigan mikrarayoon, shahar yoki qishloq haqida 
o`ylang. Vatanimizdagi barcha aholi haqida o`ylang.
Butun er sharini, unda yashaydigan oq. qora, sariq, qizil tanli 
insonlar, kambag`al va boy, baxtli va baxtsis insonlar haqida o`ylang. 
Quyosh sistemasi. uning tevaragida aylanuvchi planetalar haqida 
o`ylang. Kosmosning cheksizligi va abadiylik haqida o`ylang.
Psixolog 
umumiy 
muhokama 
o`tkazayotganda, 
shaxsiy 
muammosini bemalol o`ylashi mumkinligi, bunda uning sub`ektiv 
ahamiyatini kamaytirish mumkinligiga e`tibor qaratadi.
«Yaxshi yomon» mashqi 
Mashq maqasdi: guruh ishtirokchilarini yomon narsada - yaxshi 
narsani ko`rish, qayg`uli fikrlar va og`ir hissiyotlarga berilmaslikni 
o`rgatish.
Guruhning har bir a`zosi toza qog`oz va ruchka oladi. Psixolog 
hozirgi vaqtdagi shaxsiy muammoli vaziyat haqida o`ylashni taklif 
qiladi. Qog`oz ikkiga bo`linishini aytadi. Qog`ozning chap yoniga 
hayotiy muammoning ishtirokchi uchun 10 ta salbiy oqibati yozib 
17


chiqiladi. Keyin qog`ozning o`ng tarafiga mavjud vaziyatning 10 ta 
ijobiy tomonlari yozib chiqiladi. Masalan: ishtirokchilarning biri chap 
tomonga quyidagi so`zlarni yozadi: «Biz turmish o`rtog`im bilan 
ajrashdik». U o`ng tomonga: «Endi men mutloqo erkinman»- deb 
yozidi. Psixolog mashqni muhokama qilayotganda har bir hatto Eng 
qiyin hayotiy vaziyatda ham uning ijobiy tomonlarini topishga harakat 
qilishi zarur va buning hisobiga ruhiy barqorolik erishish mumkin.
«Bundan ham battar bo`lish mumkin edi» 
Mashq maqsadi: qiyin hayotiy vaziyatlarda o`zini «formada» 
ushlashga yordamlashadi, ichki zo`riqishni yo`qotishga va tinchlanishga 
yordam beradi.
Guruh ishtirokchilari joylariga o`tirib, tinchlanib. bo`shashadilar. 
Psixolog uyda va ishdagi mavjud qiyinchiliklar haqida o`ylang. Bu 
qanday qiyinchiliklar. Siz ularga qanday munosabattasiz? Siz nimani his 
qilayapsiz? 
Endi o`z hayotingizni tasavvur qiling, agar eng qo`rqinchli narsa 
sodir bo`lsa. (jimlik), bularning birchasi qanday boshdan kechirishingiz, 
bu hodisa hayotingizda qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o`ylang. 
Agar bu hodisa haqiqatdan ham sodir bo`lsa, nima bo`lishini to`liqroq 
o`ylang. Eng oxirida o`zingizning muammoingizni eslang.
Ishtirokchilarning haqiqatda mavjud qiyinchiliklarni ijobiy qabul 
qilishlari muhokama qilinadi.
«O`zingizga sizni yoqtiradiganlar ko`zi bilan qarang» mashqi 
Mashq maqsadi: O`qituvchilarda o`ziga ishonchni o`z shaxsiga 
ijobiy 
munosabatni 
faollashtirish, 
ichki 
go`zallikka 
enishish, 
depressiyani yo`qrtish.
Mashq meditastiya texnologiyasiga mos ravishda o`tkaziladi. 
Psixolog guruhga murojat qiladi: Sizni sevadigan yoki qochondir sevgan 
insonni aniqlash ichki haelingizda bu insonning xarakterini tashqi 
ko`rinishini aniqroq ko`z oldingizga keltiring. Tasavvur qildingizmi? 
Endi kuzatish yo`nalishini o`zgartiring. Siz hayolan bu insonnning 
ichiga kirib vaqtincha o`sha insonga aylanasiz.
Uning ichiga kirib, o`zingizni bu insonning sevuvchi ko`zlari bilan 
ko`rish qobiliyatiga ega bo`lasiz. Siz o`zingizda kamchilik deb
18


hissoblaydigan xislatlarni hma yutuq sifatida ko`ra boshlaysiz siz 
sivgiga yoqtirishlariga loyiq ekanligingizni, siz bilan faxrlanish 
mumkinligini sezasiz.
O`zingizga shunday ijobiy qarashni saqlagan holda, dastlabki 
holatga qaytasiz, yana o`zingizga ijobiy munosabatni saqlashga harakat 
qiling.
«O`QITUVCHI-OILA SIKLI» 
«Tarozi» mashqi 
Maktabdagi ish bilan bog`liq og`ir yuklamani muvaffaqiyatli 
bajarish uchun oilada o`zini tinch va himoyalangan his qilish kerak. 
Agar oila a`zolari bir-birlarini qo`llab-quvvatlasalar, inqiroz va 
muammolarni osonlik bilan hal qiladilar, o`z kuchlarini qayta tiklaydilar.
Mashq maqsadi: ichki barqarorlik holatini yaratish, oila azolariga 
ijobiy munosabatni faollashtirish.
Mashqni ayollar auditoriyasida o`tkazash tavsiya qilinadi.
Guruh a`zolari tinchlanib, meditastiyaga tayyor bo`lganliklaridan 
so`ng psixolog quyidagi so`zlarni aytadi: sizga yaqin inson, turmish 
o`rtog`ingiz yoki do`stingiz haqida o`ylang. Uning yuzuni, xarakterini, 
odatdagi harakatlarini va imo ishoralarini ko`z oldingizga keltiring. U 
qanday inson? 
Uning 
obrazini 
chizishda 
siz 
ko`proq 
kamchiliklardan 
foydalandingiz? Birinchi uchrahuvingizni eslang. Qanday vaziyatda siz 
uni birinchi marta ko`rgan edingiz? Uning ko`rinishi gapirishi, 
harakatlari qanday edi? Diqqatingizni tortadigan qanday asosiy 
xususiyati mavjud edi? Uning nimasi sizga yoqadi? Siz uchrashib 
yurgan kezlarni eslang. Sizga nisbatan To`g`ri amxo`rlik va mehribonlik 
ko`rsatgan, eng yaxshi daqiqalarni eslang.
Endi tarozini ko`z oldingizga keltiring. tarozining bir pallasiga yaqin 
kishingizning kamchiliklarini, ikkinchi pallasiga og`ir kelishi kerak. 
Yaqin kishilarga salbiy xislatlarga nisbatan ijobiy xislatlarni ko`proq 
tanishga intiling. Unga nisbatan yaxshi munosabatda bo`ling va uni 
ortiqcha tanqid qilmaslikka harakat qiling. 
19 


«Kelishuv» mashqi 
Mashq maqsadi: oilaviy vaziyatda qaror qabul qilishning 
komunikativ usullarini ishlab chiqarish, yaqin kishini tushunish, uning 
qiziqish va ehtiyojlarini hurmatlashga o`rganish.
Guruhda o`yin vaziyatini tashkil qilinadi. Hozirga ko`ra guruhdagi «er» 
va «xotin» rolini o`ynavchi, ikki aktiyor tanlanadi. Er-xotinlar oilada 
qaror qabul qilish bo`yicha qandaydir vaziyat muhokama qilinadigan 
o`yin vaziyatni taklif qilinadi. Masalan: yozgi ta`tilni qanday o`tkazish 
bo`yicha muhokama taklif qilinadi. «Er» bu masala bo`yicha o`z 
variantini, «xotin» Uz variantini taklif qiladi.
O`yin 4 bosqichda o`tkaziladi.
Birinchi bosqichda: «er» va «xotin» tomonidan taklif etilgan 
variantlar muhokama qilinadi.
Ikkinchi bosqichda: Psixolog «er xotinning stuliga, xotin erning 
stuliga» o`tiradi. Ular o`z pozistiyalarini o`zgartirib, muhokama 
o`tkaziladi. Er xotin nomidan gapiradi, Xotin bo`lsa er nomidan 
gapiradi.
Uchinchi bosqichda: suhbatdoshlar uchun yangi bo`lgan fikrlar 
muhokama qilinadi. Er o`yindagi xotinning ehtiyojlarini aniqroq 
tushunadi, xotin bo`lsa erning istaklarini yaxshiroq tushunadi.
To`rtinchi bosqichda: ikki oila a`zosining ham qiziqishlarini 
hisobga oladigan kelishuv qaror ishlab chiqiladi.
O`RTA VA YUQORI SINF O`QUTUVCHILARI UCHUN 
PEDAGOGIK TRENING 
( AMALIY MASHG`ULOTLAR DASTURI) 
O`rta va yuqori sinf o`qutivchilari uchun pedagogik trening, ularda 
komunikativ 
ko`nikmalarni 
rivojlantirishga, 
o`quvchilar 
bilan 
munosabatta shaxsiy tajribani rivojlantirishga, mahsuldor kasbiy o`z - 
o`zini boshqarish usullariga qaratilgan. 
20 


«O`QITUVCHI- MAKTAB» SIKLI 
«Pozistiya almashish» mashqi 
Mashq maqsadi: O`qituvchilarda ham kasblari bilan muloqlotga 
kommunikativ pozistiyani almashtirish jarayonida egiluvchanlikni 
shakllantirish.
Guruh aylana shaklida o`tiradi. Hohishga ko`ra bir ishtirokchi 
tanlanadi va u guruh ichida soat strelkasi bo`ylab harakat qiladi, bunda u 
guruhninig har bir a`zosi bilan qisqacha suhbatlashadi. Guruhning 
boshqa a`zolari suhbatini tinglaydi. qanday komunikativ vositalar 
qo`llaganligini, yaxshi suhbatdoshning individual xususiyatlaridan kelib 
chiqib, suhbat uslubi o`zgarganligini, boshlovchining kommunikativ 
pozistiyasi o`zgarganligini baholaydi.
Guruhiy muhokama ikki bosqichda olib boriladi. Birinchi 
bosqichda boshlovchi suhbatlashgan guruh a`zolarining taassurotlari 
tinglanadi.
Ikkinchi bosqichda har gal yangi suhbatdosh bilan suhbatlashishga 
kirishilganda, kommunikativ pozistiya o`zgarganda boshlovchining 
hissiyoti va taassurotlari tahlil qilinadi.
«Ko`prik» mashqi 
Mashq 
maqsadi: 
uyushgan 
pedagogik 
jamoani 
yaratish 
o`qituvchilarda bir-birini qo`llab-quvvatlash, bir-biriga yordam berishni 
shakillantirish, muloqotning noverbal vositalari treningni rivojlantirish. 
Ishtirokchilar aylana bo`lib joylashadilar. O`rtaga joylashgan 
psixolog bo`r bilan diagonal chiziq chizadi. O`yin shartini u quyidagicha 
tushuntiradi: «bu chiziqni tog`ri daryosidagi ko`prik deb deb tasavvur 
qiling. Ko`prikdan bir tomonda qarab, faqat bir kishi o`tishi mumkin. 
O`yindagi vazifa shundan iboratki bir-biriga qarama-qarshi yo`nalishda 
harakat qilayotgan ikki kishi ko`prikdan o`tishlari zarur. Kim urinib 
ko`rishni hohlaydi? Guruh ichida hohishga ko`ra ikki ishtirokchi 
chiqadi. Bu vazifaning echimi oldindan muhokama qlinmaydi, 
ishtirokchilar ko`prik bo`ylab, bir-biriga qarama-qarshi harakat qiladilar. 
Ular uchrashganda bir daqiqadan ortiq gaplashmasdan, eng kam so`z 
ishlatib, kelishlari zarur. 
21 


Natijalarni muhokama qilishda quyidagilarga e`tibor beriladi. 
Kommunikativ vazifani bajarishda kim tashabbusni namoyon qiladi, 
o`yin ishtirokchilari bir-birlariga yordam berdilarmi yoki aksincha, 
sherigi haqida o`ylamay faqat maqsadini amalga oshirishga urindimi? 
Bunday shartli hafli vaziyatda qanday vositalar vositali hisoblanadi.
«Karniz» mashqi 
Mashq maqsadi: pedagogik jamoada bir-biriga nisbatan ochiqlik, 
o`zaro yordam o`zaro, qo`llab-quvatlashni mustahkamlash. Guruh 
ishtirokchilari bir-birining orqasidan elkalari tegib turadi. Psixolog bo`r 
bilan chiziq chizadi va shunday deydi: «Bu chiziq ko`p qavatli uyning 
karnizini cheti. Guruhimizdagi bir kishi hohishiga ko`ra, pastga tushib 
ketmasdan karniz bo`ylab o`tishi zarur. Guruhning vazifasi unga 
yordamlashishdir. Qisqa gaplashish, jismoniy aloqa turidagi qo`llab-
quvatlashlar ruxsat etiladi. muhimi karnizdan o`tish.
Bunday o`yin mashqini bajarish ishtirokchini o`z taassurotlari 
haqida fikr almashadilar, yo`lning qaysi qismida qo`llab-quvvatlashni 
sezdi qaerda o`yin vazifasini bajarish qiyin bo`ldi. Guruh ishtirokchilari 
bir gal nima uchun qo`llab-quvvatlash muvoffaqiyatli chiqqani, boshqa 
gal nima uchun samarasiz bo`lganligi haqida fikr almashadilar.
«Navbat» mashqi 
Mashq maqsadi: O`qituvchilarda bevosita kommunikativ xulq 
atvorni rivojlantirish.
Guruhdan 8 kishi tanlab olinadi, ularning biri - boshlovchi. 
Etti kishi do`kondagidek, ketma-ket navbatda turadi, sakkizinchi 
do`konga navbatsiz keladi. U maqsadiga erishish uchun har bir 
ishtirokchi bilan gaplashadi. Navbatda turganlar uni xarid qilishga 
qo`ymasliklari zarur. 
Bu vaziyat o`ynayotganda guruhning boshqa a`zolari kuzatuvchi 
bo`ladilar. Keyin umumiy muhokama o`tkaziladi. O`yinnig har bir 
kommunikativ-mazmunli daqiqasi tahlil qilinadi, navbatda turganlardan 
kim zo`ravonni o`tkazib yubordi, kim o`tishga yo`l qo`ymadi qanday 
vositalar qo`llanilgan (iltimos, qo`rqish va hokazo) muhokama qilinadi.
23 


«Ikkimiz» mashqi 
Mashq maqsadi: fikr almashinuv jarayonida egiluvchanlikning 
ichki vositalarini shakllantirish. Psixolog guruh a`zolarini juft-juft bo`lib 
bo`lishni taklif qiladi. Mashq uch o`yin vaziyatidan tashkil topgan: 
sheriklar orqalarini tekizib o`tirishadi va 5 daqiqa davomida 
suhbatlashishadi, keyin yana 5 daqiqa gaplashishadi, bunda ularning biri 
o`tiradi, ikkinchisi uning oldida tik turadi, navbat bilan o`rinlarini 
almashtiradilar (o`tirgan tik turadi). So`ngra 10 daqiqa davomida bir-
biriga qarama-qarshi o`tirgan holda faqat ko`zlari bilan gaplashadilar. 
Har-bir vazifani bajarganlridan so`ng juftliklar taassurotlarni bo`lishib 
fikr almashadilar.
Eng oxirida umumiy jamoaviy muhokama tashkil qilinadi. 
O`yindagi qaysi vazifa engil va yoqimli bo`lgani, qachon muloqatda 
qiyinchilik vujudga kelgani, qaysi juftliklarda psixologik tushunish 
vujudga kelgan muhokama qilinadi.
«Akvarium» mashqi 
Mashq maqsadi: pedagogik faoliyatning mahsuldor individal stili 
vositalarini izlash. Guruh teng ikki guruhlarga bo`linadi. Ularning biri 
aylana markazida joylashadi, qolgani chetga bo`linadi. Akvariumga 
o`xshash, ikki - ichki va tashqi aylana hosil bo`ladi. Aylananing 
ichkarisida joylashgan ishtirokchilar psixologdan munozara uchun 
ma`lum mavzu oladi. maktab hayotidan olingan o`qituvchilar uchun 
dolzarb bo`lgan mavzular berilish mumkin: «O`quvchi darsni buzdi», 
«sinfda tartib saqlash qiyin», «Bolalar o`qishni hohlashmaydi» va 
hokozo. Mavzu «Bu erda va hozir» pirnstipi bo`yicha muhokama 
qilinadi. Bunda faqat aylana ichidan ishtirokchilar muhokamada ishtirok 
etadi. Aylana tashqarisida o`tirgan ishtirokchilarning vazifasi hech narsa 
demay, ikki aylanada o`tirgan bir kishini kuzatishdan iborat. Ular 
kuzatish obekti o`zini qanday tutish, qanday komunikativ vositalardan 
foydalanish muloqat bo`yicha sheriklarni qo`llab - quvvatlashlari, faoligi 
va passivligi, peshqadamlilikka intilishni kuzatib, ta`kidlaydilar.
Taxminan 15-20 daqiqidan so`ng ishtirokchilar o`rinlarini 
almashtiradilar. Psixolog yangi mavzuni tavsiya etishi yoki qiziqarli va 
mazmunli bahs yuzaga kelgan bo`lsa o`sha mavzuni davom etirishi 
mumkin.
24 


Umumiy muhokamada barcha ishtirokchilar aylana bo`lib o`tiradi 
va ishtirokchilar xulq-atvorining turli shakllarini tahlil qiladilar, 
mahsuldor kommunikativ vositalarni ajratib ko`rsatadilar.
«O`QITUVChI SINF» SIKLI 
Atmosfera mashqi 
Mashq maqsadi - kommunikativ vositalarni rivojlantirish 
sinfdaemostional iliqlik va ijobiy muhitni shakllantirish.
Guruh ishtirokchilari kreslolarga qulay joylashadi, qullarini erkin 
qo`yishadi va ko`zlarini berkitishadilar. Psixolog sokin va pastroq 
ovozda shunday deydi.
«Hozir siz bilan yaqin orada bo`lgan yoqimli voqeani eslang». Siz 
nimani 
his 
qilyapsiz? 
O`zingizni 
bo`u 
voqea 
hodisadagi 
hissiyotlaringizni aniqroq namoyon qiling: quvonch, qoniqish.
Hozir o`zingizni ichki quvonch holatingizni saqlashga harakat 
qilish va men hozir so`zma-so`z tasvirlaydigan har-bir kartinkani ijobiy 
hissiyotlar bilan to`ldiring.
Siz sinfga kirasiz: o`zingizda tetiklik va ishonch hosil qilasiz. Sinfga 
kirib, bolalar bilan so`rashgach, ularga kulib qarang, ichki shunday holat 
topingki, qatiqqo`llik va ochiq muloyimlik o`rtasida saqlashsin. Siz 
o`zingizni stolingiz yoniga kelasiz. Qaysi holatni o`zingizga tanlaysiz. 
Tasavvur qiling siz o`zingiz uchun qulay holatda o`tirib darsni 
boshlaysiz. Endi esa o`zingizni tasavvuringizda bo`shab yuring. Qulay 
yurishning tezligini topishga harakat qiling juda tez va juda sekin 
bo`lmasin. O`zingizda ichki temperamentni topishga harakat qilingki, u 
sizni sinf oldida mohir pedagogligingizni, obro`yingizni, o`zingizga 
ishonchingizni namoyon qilsin. Qanday yurayotganingizni tasavvur 
qiling? Qo`llaringiz orqadami?, yoki qo`llaringizni qovishtirilgan holda 
turibsizmi? O`zingizga qulay joyni tanlangki, bu sizda ozodlik va 
ishonchni uyTo`g`ri atsin.
Yodingizda saqlang, siz tanlagan holat sizni harakatlaringizga muomila 
usullaringizga mos tushadimi va o`zingizni yaxshi his qilishingizga va 
sinfda hissiy ijodiy muhitning hosil qilishga sharoit yaratadi. 
25


 Bu mashqni bajargandan so`ng o`qituvchilarni psixotexnik tajribalari 
haqida guruhiy bahs munozaraga o`tkaziladi, ularning har biri o`ziga 
qanday qilib xulq-atvorni optimal formasini topgan, maktabda real 
ishlashda qanday muammolarga duch kelasiz.
«Diqqat ko`lami mashqi» 
(K.S Stanislaviskiy bo`yicha)
Mashq maqsadi diqqat funkstiyalarini mashq qilish, ta`lim 
jarayonida diqqatni barqarorlashtirsh va konstentrastiyasi. 
Guruhdagi hohish bo`yicha bitta qatnashuvchi tanlanadi va 
quyidagi topshiriq beriladi. O`qituvchilar guruhi uni oldida kutilmagan 
tartibda turadilar. Olib boruvchi o`ziga ichki hissiyotni aniqlashi kerak, 
ular «kichik» «o`rta» «katta» diqqat ko`lamiga To`g`ri ri kelishlari 
kerak. Avval unga taklif qildinadi ko`z qarash yordamida guruhdan biror 
bir qatnashuvchiga diqqatni jamlash, keyin o`zi diqqatini «o`rta» guruh 
ko`lamiga kamaytiradi, unda 5-7 guruh qatnashchilari bo`ladi. Olib 
boruvchi qachonki, diqqati barqarorlashib borayotgani sezsa, «katta» 
guruhga o`tishi mumkin, unga hamma guruh a`zolari kiradi. Agar 
diqqati tarqalmayotgani sezsa, oldingi guruhga qaytadi va mashq 
takrorlanadi. Guruhda olib boruvchining hissiyoti tahlil qilinadi. U 
o`zining diqqati yuqoriligini saqlashga qanday ichki vositalardan 
foydalanibdi erishdi, bir diqqat ko`lamidan ikkinchisiga o`tishda qanday 
qiyinchiliklarga duch keldi.
«Ritmni buzish mashqi» 
Mashq maqsadi: Usmir va katta sinflarda boshqaruvchining 
mahsuldor vositalarini shakllantirish.
Bu o`yinni vaziyatda psixolog qatnashuvchiga o`qituvchi bo`lishni 
taklif qiladi, qanchalar o`smir katta sinf o`quvchilari rolini o`ynaydi. 
O`yin topshirig`i shundan iboratki, 1-2 davomida tezda sinfdagi baqirib 
gaplashayotgan 
tinch 
o`tiraolmayotgan 
o`smir 
bilan 
tartibni 
buzayotganlarni tinchlantirish kerak.
O`qituvchi ma`muriy choralarni qo`llashi mumkin, tanbeh berish 
yoki ovozini ko`tarishi mumkin. Ko`proq natija beruvchi vositalardan 
sinfga ta`sir qilish uchun foydalanish mumkin, bolalar diqqatini jalb 
qilish, eng faol liderlarni tenglashtirish psixotexnik tartibdagi vositalar. 
26


Bu o`yinni o`ynab bo`lgandan so`ng ta`sir qilish vositalari tahlil 
qilinadi. Ular ichidan eng mahsuldori ajratiladi. Guruh qatnashchilari 
o`rtasida kasbiy tajriba almashadi.
«Tashabbusni ushlab tur» mashqi 
Mashq maqsadi: O`qituvchi kasbiy imkoniyatlarining diapazonini 
kengaytirish ta`lim tarbiya jarayonida o`qituvchini olib boruvchi va 
boshqoruvchi pozistiyasini saqlab qolish.
Qatnashuvchilar guruhidan 2 ta aktyor tanlanadi, qachonlar 
kuzatuvchilar. Aktyorlar hamsuhbat rolini o`ynaydilar va biror 
muammoni echadilar. Quyidagi muammolar bo`lishi mumkin:
Eng yaxshi rassom. (Eng yaxshi qo`shiq, eng yaxshi dam olish). 
So`zlashuv bosqichlari ham beriladi: birinchi bosqichda bir suhbatdosh 
tanlab faol ikkinchisi passiv rol o`ynaydi, eshitadi. 
Ikkinchi bosqichda: passiv suhbatdosh tanlab uni o`z qo`liga oladi va 
o`zining fikrini o`tkazishga akat qiladi. Guruhiy tahlilda bunday 
holatlarda «kommunikativ muhitni tutib olish» vositalari tahlil qilinadi, 
yoki vaziyatni boshqarishga qaratilgan bo`ladi. Bu holatlarni pedagogik 
jarayonda tatqiq etish kerak. 
«Hissiyot» mashqi 
Mashq 
maqsadi: 
O`qituvchining 
kasbiy 
xususiyatlarini 
shakllantirish, pedagogik faoliyatda hissiyotdan foydalanish. 
O`qituvchilar guruhi doira bo`lib o`tiradilar Qatnashuvchilarning 
ayrimlariga psixolog kartichkalar tarqatadi ularda insoniy hissiyotlar 
tasvirlangan. Quyidagi kartochkalar to`plami beriladi: «quvonch, qahr, 
befarqlik, afsuslanish, hayronlik, qo`llab-quvvatlash, qiziquvchanlik». 
O`qituvchilar guruh oldida katta bo`lmagan bir ko`rinish tayyorlashlari 
kerak, unda o`smirlar va yuqori sinf o`quvchilari ta`lim tarbiyasi 
bo`ladigan holatlarni ko`rsatish kerak va hiissiyotlar pedagogik 
maqsadga muvofiq kelishi qolgan guruh a`zolari Xaar bir hamkablarini 
chiqishlarini to`ldiradi. 27


«O`QITUVCHI-O`QUVCHI» SIKLI 
«Pozistion muloqot o`yini» 
O`yinning 
maqsadi: 
O`qituvchining 
komunikativ 
vositalar 
diapazonini kengaytirish, o`rta va yuqori sinfda o`quvchilarga pedagogik 
muloqatni mahsuldor individual uslubini qidirish.
O`yin 3 bosqichdan iborat.
birinchi bosqich - psixolog 2 ta ishtirokchiga oddiy holatlardan biri 
bo`lgan o`qituvchi va o`quvchi o`smir yoki yuqori sinf munosabatini 
taklif qiladi. Qolgan o`qituvchilar kuzatuvchilar bo`ladi. Quyidagi 
holatlarni olish mumkin. 
«O`quvchi darsni buzdi va o`qituvchi uni maktabga suhbat uchun 
chaqirdi» «O`quvchi maktabda chekadi» tanlangan holat berilgan 
komunikativ pozistiya bo`yicha o`ynashadi ya`ni o`qituvchi - talabchan, 
o`quvchi o`zini oqlayotgan, indamasdan o`kituvchi gapini eshitadi. 
O`yin o`ynalgandan so`ng umumiy tahlil o`tkaziladi: o`quvchi bunday 
so`xbatdan so`ng qanday hislar va ta`sirotlar oldi, o`qituvchi o`zini 
qanday his qildi, guruhda ushbu sahna ko`rinishi qanday fikr va hislar 
uyg`otdi. Ko`p hollarda «o`quvchi» rolini o`ynayotgan o`qituvchi 
shunga iqror bo`lganki, o`qituvchi tomonidan qo`llanilgan ta`sir 
vositalari, o`quvchini adolatli jazolashi o`quvchida shunday hislarni erga 
urilgan passivlik yoki qahr g`azab uyg`otadi. Guruh ishtirokchilari 
shundan xulosa qilishadiki, o`smirlar bilan yuqori sinf o`quvchilari 
munosabatida avtoritar vositalardan foydalanish kam natija beradi.
Ikkinchi bosqich - o`qituvchi va o`quvchi munosabati o`ynashadi 
likin aktiyorlar o`zgaradi va komunikativ pozistiyani topshirish 
o`zgaradi.
O`qituvchi rolini o`ynayotgan ishtirokchilar guruhi ikkinchi 
tomonga o`tish taklif qilinadi. Yuqori sinf o`quvchisi o`zini yuqori va 
mag`rur tutadi. Guruhiy tahlil natijalari shunga bag`ishlanadiki, qanday 
sabablarga ko`ra o`qituvchi o`quvchiga bog`liq bo`lib qolishini tahlil 
qilish.
Uchinchi bosqichda - guruhiy qidiruv ishi tashkil qilinadiki unda 
o`qituvchi munosabatini to`liq psixologik iqlimni hqlishga yordam 
beruvchi vosita va qo`llanmalar ishlab topiladi. Guruh o`qituvchini 
qanday qlib o`quvchi bilan gaplashishini o`tirishi qanday jumlani 
qachon aytishni, bunday suhbat atmosferasi va kayfiyatini va 
boshqalarni tahlil qiladi. 28 



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish