139
M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoylarning bolalarbop asarlari
yuqoridagi darsliklardan joy olgandi.
Albatta, o’zbek ziyolilari ham rus - tuzem maktablari uchun darsliklar yarata
boshladilar. Ammo bunday darsliklar o’zbek tilida yozilgan bo’lsada, milliyligimizni
to’lasincha aks eta olmas edi. Rus - tuzem maktablari uchun yozilgan darsliklar jumlasiga
Saidrasul Saidazizovning S.M.Gromenitskiy tavsiyasi bilan 1902 yilda yozgan “Ustozi
avval” nomli o’zbek tilidagi darsligi misol bo’la oladi. Bu darslikdagi materiallar
bolalarning yoshlik xususiyatlariga moslashtirilgan bo’lib, unda tarbiyaviy holatlar ham
ifoda etilgan. Bu kitobdagi ko’p materiallar rus adiblarining bolalarbop asarlaridan
tarjima qilgandir. Jumladan, darslikda L.N.Tolstoyning “Bola va otasi”, A.I.Krilovning
“Tulki va uzum”, M.Oraqulovning “Rus vatani”, M.Grimenitskiyning “Yolg’onchi
cho’pon” kabi asarlari aynan tarjima qilingandir. Shu bilan birga S.Saidazizov o’z
darsligida o’quvchilarni axloqiy jihatdan tarbiyalashga yordam beradigan ba’zi bir xalq
maqollaridan ham o’rinli foydalangan. Masalan “Dunyoning yorug’ligi
ilm birla”, “Ilmsiz aql engsiz kiyim”, “Ko’p bil, oz so’zla”, “O’ylamay so’zlagan
og’rimay ulur”, “Tilingni saqla, o’zingni chaqmasin”, “Har kimni o’zidan ulug’ ko’rmoq
lug’likka etkarur”, “Kishi birovga xizmat qilsa, anga ham xizmat qilurlar”, “Nodon
qo’lida tillo tuproqdir” va hokazolar.
2
Muallif darsligining bir bo’limida hatto Qur’oni
karim to’g’risida ham fikrlar bildirib o’tgan.
Rus - tuzem maktablari uchun o’zbek tilida yozilgan boshqa darsliklarga
N.A.Badinovning “Sullami avval”, Mulla Rustambek ibn Yusufbekning “Ta’limi avval”,
Ali Asqar Qalininning “Muallimi soniy”, Mulla Muhammadrasul Rasuliyning “Rahbari
forsiy”, “Bolalar bog’chasi” kabi darsliklari misol bo’la oladi.
Rus - tuzem maktablarida foydalanilgan o’zbek tilidagi darsliklar o’lkadagi
pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga samarali ta’sir etsada, ularda mahalliy xalq
bolalariga, ayniqsa mehnatkashlarning bolalariga, ayniqsa mehnatkashlarning bolalariga
ta’lim - tarbiya berish to’g’risida hech bir fikr bayon etilmagandir. Buni o’sha davr
darsliklariniatroflicha tahlil etgan Yo’ldosh Abdullaevning bergan ma’lumotlaridan ham
ko’rish mumkin: Masalan u kishi S.Saidazizovning “Ustozi avval” darsligi to’g’risida
shunday deydi: “... u mehnatkashlar ommasining qanday og’ir hayot kechirganlagi,
mehnatkashlarning bolalari o’qishi uchun imkoniyat yo’qligi haqida churq etmaydi”.
Rus - tuzem maktablaridagi ta’lim - tarbiya ishlari mahalliy xalq manfaatlarini
namoyon etmaganligi o’z navbatida Turkiston o’lkasidagi siyosiy qarama - qarshiliklarni
kelib chiqshiga olib keldi. Rus gubernatorlarining bosqinchilik siyosatini anglab etgan
mahalliy xalq orasida milliy ozodlik harakati boshlab yuborildi.
Rus - tuzem maktablaridagi ta’lim mazmuni mahalliy aholini o’ziga jalb eta
olmaganligiga qaramasdan, eski diniy maktablardan har tomonlam afzal bo’lgan ta’lim -
tarbiya usullarining ruslar tomonidan o’lkada qo’llanila boshlashi hamda rus - tuzem
maktablari uchun dastlabki o’zbek tilidagi darsliklarning yaratilishi va o’qitish jarayonida
ta’lim berishning qadimiy bo’g’in (hijo) uslubidan tovush uslubiga o’tilishi jkda katta
ahamiyatga ega bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: