140
bo’linib ketdi. “Qadimiylar” nomini olgan diniy ulamolar har qanday ilg’or usulga qarshi
chiqishib, eskicha o’qitish g’oyalarini targ’ib etishardi. Bunday ulamolarga Ahmadxo’ja
Eshon (Turkiston madrasi mudarrisi), Fayzullo Vahobqori (Qo’qonlik ruhoniy) va
Muftizoda (Buxorolik ruhoniy) boshchilik qilishardi.
Ikkinchi toifa ziyolilar proletar inqilobi tarafdorlari hisoblanib, ularning eng ko’zga
ko’ringan namoyondalari H.H.Niyoziy, Zavqiy, Mirmuhsin Shermuhammedovlar edi.
Ziyolilarning uchinchi guruhi “.usuli savtiya”ning jonkuyar a’zolari, o’z
ma’rifatparvarlik faoliyatlarini maorif va madaniyat sohalarida islohat qilish orqali
Turkiston xalqlarining milliy - madaniy ongini va ijtimoiy - siyosiy tafakkurini
o’stirishga bag’ishlangan jadidchilik harakatining tarafdorlari edi.
2
Proletar inqilobi tarafdorlarining maktab va maorif to’g’risidagi qarashlirini
H.H.Niyoziy, Abdulqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy va Mirzo Xayrullo
Quqoniylarning faoliyatlari bilan tanishgan holda bayon qilinishi lozim deb topdik.
Rusiya o’lkasidagi ma’rifatparvarlik va pedagogik g’oyalar ostida shakllangan
Hamza Hakimzoda Niyoziy eng avvalo o’lkada rus pedagogik g’oyalarini targ’ib
qiluvchi inqilob kuychisi sifatida maydonga keldi. Hamzaning pedagogik qarashlari
proletar madaniyati manfaatini ifoda etishiga ham o’lkadagi rus olimlari A.A.semyonov,
V.N.Nalivkin, M.Andreev, S.Gromenitskiy, A.Orlov va boshqalar sabab bo’lishdi. Rus
olimlarining ta’sirida bo’lgan H.H.Niyoziy 1911 yilda mahalliy millat bolalari tahsil
oladigan maktab ochadi. Ammo uning bu maktabida proletar inqilobi targ’ib qilingani
uchun ham tez oradi, ya’ni 1913 yildayoq maktab yopib qo’yiladi. Shundan so’ng ham
H.H.Niyoziy o’z g’oyaviy qarashlaridan voz kechmay, qisqa muddatda “Dorilyatem”,
ya’ni tarbiya uyini ochadi. hamza o’zi ochgan maktablarda o’zining “Engil adabiyot”,
“O’qish kitobi” va “Qiroat kitobi” kabi darsliklaridan foydalanadi. Hamza yozgan bu
darsliklar bolalarni yosh xususiyatlariga, tiliga mos ravishda ifoda etilgandir. Bundan
tashqari, Hamzaning darsliklari o’quvchilarni axloqiy tarbiyalashda ham katta ahamiyat
kasb etardi. Jumladan, uning darsliklarida o’quvchilarni halollik, rostgo’ylik ruhida
tarbiyalash, ochko’zlikva shuhratparastlikka nafrat ko’zi bilan qarash, ojizlarni qo’llab -
quvvatlash, saxiylik, muloyimlik va o’z ishiga sadoqat, Vatanga muhabbat, ota - onani
hurmat qilish, mardlik, mehnatni olqishlash ruhida tarbiyalash masalalari joy olgan.
H.H.Niyoziy e’tiboridan oila tarbiyasi ham chetda qolmagan. U oila tarbiyasi
masalalariga ham o’z davriga nisbatan yangicha yondashadi. Hamza oilada ota - ona bola
shaxsini hurmat qilishi, unga jismoniy jazo bermasliklari lozimligini uqtirib “Jismoniy
jazo bola qalbini yo razil, yo qaysar, yo jahldor qilib qo’yadi”
Do'stlaringiz bilan baham: