Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

ABDUQODIR ShAKURIY (1875-1943)  Samarqand shahri yaqinidagi Rajabamin 
qishlog’ida  1901  yilda  yangi  usuldagi  maktabni  tashkil  qiladi.  Yangi  usuldagi  bu 
maktabda  arifmetika,  tabiatshunoslik  kabi  dunyoviy  fanlar  o’qitilardi.  Shakuriy  o’zi 
ochgan  yangi  usuldagi  maktabida  arab  tilining  qoidalari  va  harflarni  o’qitishga  jiddiy 
e’tibor  bergan  holda,  o’quvchilarni  so’z  bo’g’inlari  bilan  tanishtirar  va  shu  bo’g’inlar 
asosida bolalar uchun tushunarli sodda so’zlarni tuzardi. 
O’qishning  birinchi  kunidanoq  so’z  bo’g’inlarini  Shakuriy  daftarga  yozdirar  va 
ularni o’qish, yozishga o’rgatar edi. Keyin esa muallim bo’g’inlarni harflarga ajratar  va 
bu harflardan yangi bo’g’inlar tuzar edi. Shu, tarzda bola besh-olti oy davomida o’qish va 
yozishga  o’rgatilardi.  Keyin  esa  Shakuriyning  o’zi  tuzgan  «Rahnamoi  savod»  («Savod 
chiqarish  rahbari»)  va  uning  shogirdi  Ismatulla  Rahmatullaev  tomonidan  tovush-harf 
uslubi asosida tuzilgan «Alifbe ta’limi» darsligi o’qitilardi. 
Shakuriy  1907  yilda  bolalarning  yosh  xususiyatiga  muvofiq  tarzda  axloq,  odob  va 
turmush  qoidalaridan  dastlabki  ma’lumot  berish  maqsadida  «Jameul-hikoyat» 
(«Hikoyalar to’plami») nomli ikkinchi kitobini tuzadi. Bu kitob boshlang’ich maktabning 
II,  III  sinflari  uchun  terma  kitobdir.  Kitobdan  48  ta  kichik-kichik  odob-axloq 
mavzusidagi hikoyalar va 15 ta she’riy asarlar o’rin olgan. Uning uchinchi o’qish kitobi 
«Zub-datul ash’or» deb ataladi. Muallifning bu o’qish kitobini tuzishdan asosiy maqsadi 
o’quvchilarning olgan bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlash bilan birga ularda 
she’riyatni  o’rganishga  havas  uyg’otishga  va  ularni  (o’zbek,  tojik,  ozarbayjon)  klassik 
adabiyoti namunalari bilan tanishtirishdan iborat edi. 
Muallim  Shakuriy  o’z  o’quvchilari  uchun  yilda  bir  marta  umumiy  imtihon 
uyushtirar  edi.  Imtihonda  u  ota-onalar,  yangi  usul  maktabining  tarafdorlari  hamda 
dushmanlari  –  mullalar  va  boylar  oldida  olti  oy  davomida  o’z  o’quvchilari  egallagan 
bilimning  natijalarini  namoyish  qildirar  edi.  Maktabda  tashkil  qilingan  bu  ommaviy 
imtihonlar «Umumiy sud» shaklini olar edi. Imtihonga odamlar to’da-to’da bo’lib  kelar, 
qisqa  muddat  ichida  bolalarning  xat-savodli  bo’lishi,  hisob,  jo’g’rofiya  va  tabiiyot 
fanidan  ma’lumotga  ega  bo’lganliklarini  ko’rib,  hamma  hayratlanar  edi.  Natijada,  bu 
maktab  tarafdorlari  borgan  sari  ko’paya  bordi.  Shakuriyning  o’zi  bu  haqda  shunday 
yozadi: 
«Bir  kuni  shaharning  ko’zga  ko’ringan  ulamo,  ag’niyo  va  a’yonlari  hamda 
o’quvchilarning  otalarini  bolalarning  olti  oylik  o’qishi  bo’yicha  o’tkazilgan  imtihonga 
da’vat  etdim.  Bular  oldida  o’quvchilar  maktabda  olgan  olti  oylik  bilimlaridan  imtihon 
berdilar.  Odamlar  bu  o’qitish  usulining  afzalliklarini  ko’rib,  mendan  mamnun  bo’ldilar. 
Imtihondan  so’ng  odamlarning  qalbida  maktabga  nisbatan  muhabbat  paydo  bo’lib, 
chehralari ochildi»
102

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Shakuriy ochgan yangi usul maktabining dovrug’i 
va  u  yaratgan  darsliklarning  shuhrati  Hamza  Hakimzoda  Niyoziy,  Sadriddin  Ayniy, 
Mirzo  Abdulvohid  Munziy  va  boshqa  ma’rifatparvar  jadidchilarning  ham  diqqatini  jalb 
etdi.  1909  yilda  Hamza  Shakuriyning  maktabini  ko’rish  va  uning  imtihonlarida 
qatnashish  uchun  Samarqandga  keladi.  Bu  maktabdagi  o’qish-o’qitish  uslublari  va 
imtihon natijalari Hamza Hakimzoda Niyoziyda katta taassurot qoldirdi. 
A.Shakuriyning  o’qish-o’qitish  uslubidagi  yangilik-ning  ahamiyati  shundaki, 
birinchidan, u o’sha davrda mavjud bo’lgan eski o’qitish usullari va o’qish kitoblarining 
                                                
102
Қаранг: М.Фаттaeв. Атоқли педагогларимиз. Т.: «Ўқитувчи», 1988, 12- бет.
 


134 
 
hammasini  rad  qilib,  savod  chiqarishni  engillatish  maqsadida  dastlab  bo’g’in  usuli, 
keyinchalik  tovush-harf  uslublarini  qo’llaydi.  Bu  o’qitish  uslubining  qulayligi  natijasida 
o’quvchilar  ko’pi  bilan  6  oy  ichida  savodli  bo’lardi.  Ikkinchidan,  maktabda  kichik 
yoshdagi o’g’il va qiz bolalarni birga o’qitish uslubini joriy qildi. Uchinchidan, bolalarni 
avvalo  o’z  ona  tilisida  o’qitishga  qat’iy  rioya  qildi  va  shu  bilan  birga  bolalarni  o’zbek, 
tojik, arab va rus tillarini ham mukammal o’rganishga da’vat qildi. To’rtinchidan, yangi 
usul  maktablari  uchun  juda  sodda,  tushunarli  tilda  darsliklar  tuzib,  ularni  nashr  etdi. 
Beshinchidan,  Shakuriy  tomonidan  joriy  qilingan  dastlabki  yangilik  –  Samarqand 
maktablariga  mehnat  va  musiqa  darslarining  kiritilishi  bo’ldi.  U  o’z  o’quvchilarini 
qishloq  xo’jaligi  va  bog’dorchilikka  oid  ishlar  bilan  tanishtirishdan  tashqari, 
muqovachilik,  duradgorlik  va  boshqa  hunarlarni  ham  o’rgatar,  bu  mashg’ulotlar  uchun 
maktab dasturidan alohida soatlar ham ajratgan edi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish