Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

2
 
 
 
Mirzo  Xayrullo  o’zi  ochgan  maktabda  faat  o’g’il  bolalarga  bilim  berish  bilan 
cheklanib  qolmaydi.  U  sharoitning  og’irligiga  qaramasdan,  avvaliga  singlisi 
Saraposhshani  savodli  qilib,  so’ng  unga  o’zbek  qizlarini  o’qitish  uchun  maktab  ochib 
beradi.bu  haqda  Mirzo  Xayrulloning  turmush  o’rtog’i  Karomat  aya  shunday  hikoya 
qiladi:  “Men  kelin  bo’lib  tushgan  (1913-1914  yy.)  yillar  edi.  Saraposhsha  uyda  maktab 
ochib  otinbuvilik  qilar  edi.  Kechalari  domilladan  (Mirzodan)  ko’mak  olar  edi.  Uning 
yangi  usuldagi  qizlar  maktabi  borlig’idan  akasi  turli  kitoblar,  maslahatlar  berar,  yo’l  - 
yo’riqlar ko’rsatar edi”.
3
 
Hamza  bilan  hamkorlikda  ish  olib  borgan  Mirzo  Xayrullo  ham  o’zbek  bolalari  uchun 
darsliklar yozgan va turli tillardan asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. Uning darslik va 
tarjima asarlari jumlasiga “Tuhfatul atfol”, “Rahbarul tadiris” (1913 y.) “Rahbari alifbo” 
(1914  y.),  “Turki  avvali  ilm”,  “Imon  risolasi”,  “Ixtiyorat  qamar”,  “Mahdai  fani  nujum” 
(1916 y.) kabi kitoblarini kiritish mumkin. Mirzoning bu asarlari boshlang’ich sinflarga 
mo’ljallangan bo’lib, dars jarayonida axloqiy tarbiyani pand - nasihat yoki savol - javob 
yo’li  bilan  amalga  oshirishga  xizmat  etardi.  Shu  bilan  birga,  Mirzo  Xayrullo  yaratgan 
darsliklarda o’qituvchiga uslubiy ko’rsatmalar ham berilib borilgan. 
XIX asrning oxirida H.H.Niyoziyning maktablariga o’xshagan maktablar Turkiston 
o’lkasining  boshqa  joylarida  ham  ochila  boshladi.  Bunday  maktablar  jumlasiga 
samarqandlik Abduqodir Shakuriy  va  Saidahmad  Siddiqiylar  ochgan 


142 
 
“Tarjimon”  gazetasi,  A.Shakuriy  tomonidan  Samarqanddagi  rus  gimnaziyasida 
ta’lim  -  tarbiya  jarayonining  o’rganilishi  hamda  Qo’qon  shahridagi  bir  tatar 
o’qituvchisining yangi usuldagi maktab ochishi o’z navbatida Shakuriyni ham o’zbek va 
tojik  bolalari  uchun  maktab  ochishga  da’vat  etadi.  Shundan  so’ng  A.Shakuriy  1901 
yilning kuzida o’z qishlog’i Rajabaminda yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. Dastlabki 
paytlar u tatar tilida yozilgan darsliklardan foydalaniladi. 
Shakuriy  ochgan  maktabda  Qur’oni  karim  suralaridan  tashkil  topgan  “Huftiyak” 
asosiy o’qish kitoblaridan biri edi. Shu bilan birga, uning makabida arab tili qoidalari va 
alifbosiga ham katta e’tibor berilardi. 
Shakuriy maktabida o’quvchilar so’z bo’g’inlari bilan tanishtirilib borilishi bilan bir 
qatorda bu bo’g’inlarni o’z daftariga yozishar, keyin bo’g’inlarga harflarga ajratishar va 
harflardan yangi bo’g’inlar tuzishar edilar. Shu asosda bola 5-6 oy mobaynida o’qish va 
yozishni mukammal o’rganib olardi. 
Abdulqodir Shakuriy o’z o’quvchilarini yiliga bir marta imtihon qilar edi. Shakuriy 
oladigan  imtihonlarning  afzalligi  shunda  ediki,  bu  imtihonlarga  o’quvchilarning  ota  - 
oanlari  ham  ishtirok  etishar  va  bolalarning  o’z  ota  -  onalari  oldida  olgan  bilimlarini 
namoyish  etishardi.  Bu  haqda  pedagogning  o’zi  shunday  deb  yozadi:  “Bir  kuni 
shaharning  ko’zga  ko’ringan  ulamo,  agniyo  va  a’yonlarini  hamda  o’quvchilarning 
otalarini  bolalarning  olti  oylik  o’qishi  bo’yicha  o’tkazilgan  imtihonga  da’vat  etdim.  
Bular oldida o’qvchilar  maktabda olgan olti oylik bilimlarini imtihon berdilar. Odamlar 
bu  o’qitish  usulining  afzalliklarini  ko’rib,  mendan  mamnun  bo’ldilar.  Imtihondan  so’ng 
odamlarning qalbida maktabga nisbatan muhabbat paydo bo’lib, chehralari ochildi”. 
Shakuriy  bolalarning  yoshlik  xususiyatlariga  muvofiq  keluvchi  axloq,  odob  va 
turmush  qoidalarini  o’z  ichiga  olgan  darsliklar  yaratadi.  Uning  bunday  darsliklari 
qatoriga  “Rahnamoi  savod”  va  “Alifbe  ta’limi”  darsliklarini  kiritish  mumkin.  Bu 
darsliklarida  Shakuriy  o’quvchilarni  arab  yozuvining  qoidalari  bilan  tanishtirib  boradi 
hamda  har  bir  dars  uchun  kichik  tekstlar  berib,  ular  orqali  bolalarga  o’qish  jarayonida 
hayotiy zarur bilimlardan saboq berib boradi. Yuqorida aytib o’tilgan darsliklarda alifbe 
qismi  bilan  birga  xrestomatiya  qismi  ham  mavjud  edi.  Xrestomatiya  sodda,  she’rlardan 
iborat edi.  
Shakuriy tomonidan yozilgan  “Jameul-hikoyat” va  “Zubdatul atvor”  kitoblari tojik 
bolalari  uchun  mo’ljallangan  bo’lib,  bu  asarlardagi  asosiy  g’oya  o’quvchilarning  olgan 
bilimlarini  takomillashtirish  va  mustahkamlash,  ularda  sharq  poeziyasini  o’rganishga 
havas uyg’otish va ularni klassik adabiyot namunalari bilan tanishtirishga qaratilgan edi.  
Shu  bilan  birga,  Shakuriy  o’z  maktabida  mehnat  darsini  kiritib,  o’z  o’quvchilarini 
dehqonchilik va bog’dorchilikning ilg’or usullari bilan ham tanishtirib boradi. 
Hunarmand  oilasida  tug’ilgan  Saidahmad  Siddiqiy  1903  yilga  kelib  o’z  tug’ilib 
o’sgan qishlog’i Halvoyida dehqon va hunarmand bolalari uchun maktab ochadi. Bundan  
tashqari    u    katta  yoshlilarni    savodini    chiqarish  uchun  30      kishilikkechki  kurs  ham 
ochadi. Saidahmad Siddiqiy o’z maktabida darslarni qat’iy jadval asosida o’tkazar, ya’ni 
bir  kuni  rus  tili,  arifmetika,  jug’rofiya,  tarix,  tabiat  fanlaridan  dars  o’tkazsa,  ikkinchi  bu 
darslarning  o’tish  o’rnini  navbat  bilan  almashtirar  edi.  Siddiqiy  tashkil  etgan  maktabda 
o’zbek  tili  ham  o’rganilardi.  Bundan  tashqri  Siddiqiy  tabiyat  darslarini  asosan 
ekskursiyalar  orqali  o’tardi.  Siddiqiy  tashkil  etgan  maktabda  o’quvchilarning  nutqini 
o’stirishga alohida e’tibor berilardi, o’quvchilarga uy vazifalari berilmay, bolalar darsdan 
keyin mashg’ulot o’tkazishardi. 


143 
 
Shunday  bo’lishishag  qaramay,  S.  Siddiqiy  ham  H.H.Niyoziy  ,  A.Shakuriy  singari 
pedagoglar  safiga  kirar  edi  va  rus  adabiyoti  hamda  Rossiya  madaniyatiga  oid  bilimlar 
berib, ularni kommunistik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi. 
Albatta  XIX  asrning  oxirida  va  XX  asrning  boshlarida  faoliyat  ko’rsatgan 
pedagoglarimiz  orasida  o’zligimizni  anglash  uchun  kurash  olib  borgan,  xqiqiy 
vatanparvar ziyolilar ham mavjud edi. Bunday ziyolilar jadidchilik oqimi ostida birlashib, 
mahalliy millat bolalariga tamoman  mos  keladigan  “Usuli savtiya” maktablarini yuzaga 
keltirishdi. 

Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish