II BOB
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI IQTISODGA OID BILIM,
TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRISH
MAZMUNIDAGI TEXNOLOGIYALAR
II.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini iqtisodga oid bilim tushunchalarini
rivojlantirish jarayonining mazmuni, usul va metodlari
O‘quv materialining maqsadga muvofiq tarzda tanlanganligi o‘quv-biluv
faoliyatini samarali tashkil etishni ta‘minlaydi . Mazkur o‘quv materiallarini
o‘zlashtirish natijasida o‘quvchilarda muayyan ko‘nikma va malakalar hosil
bo‘lsa, bu turdagi o‘quv materialining samaradorlik darajasi, didaktik qiymati
yuqori bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘quvchilarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va
malakalarini samarali rivojlantirishga erishishni tashkil etish maqsadida o‘quv
materiallarining yangidan-yangi modullarini tanlash lozim.
Modul lotincha «modulus» so‘zidan olingan bo‘lib, bu o‘rinda qism, bo‘lak,
ya‘ni, o‘quv materialining muayyan komponenti ma‘nosini bildiradi. Modulli
texnologiya modullarga asoslangan bo‘lib, o‘quvchining o‘z faoliyati, yutuq va
kamchiliklarini baholash jarayoniga tayanadi, bunda o‘quvchi individual reja
asosida to‘liq yoki qisman (kichik guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda)
mustaqil ishlaydi, uning harakati faollashadi, o‘quv jarayoni ijodiy tus oladi.
Modulli texnologiya o‘qitishning interfaol usullari sirasiga kiradi. Bunday
texnologiyadan foydalanish natijasida o‘quvchi o‘quv-biluv jarayonida ko‘zlangan
maqsadga mustaqil erishadi. Modulli texnologiya tayanch o‘quv reja tarkibidagi
o‘quv fanlari, dasturlar, amaliy tajribalar, bilim va ko‘nikmalarning yig‘indisi
hisoblanadi va o‘quvchilarning aniq faoliyat ko‘rsatishlariga yordam beradi.
Modulli texnologiya an’anaviy ta‘lim berish jarayoniga muqobil tarzda
vujudga kelgan, u pedagogika nazariyasi va amaliyotida to‘plangan barcha
tajribalar va ta‘lim jarayonida jadallashtiruvchi hamda rivojlantiruvchi metodlarni
o‘zida mujassamlashtiradi. An’anaviy ta‘lim jarayonining asosiy kamchiligi
16
o‘qituvchining o‘quvchi ustidan mutlaq hokimlik maqomiga ega bo‘lishidan
iboratdir. Ta‘lim berish hamda shaxsning rivojlanish qonuniyati esa o‘quv
jarayonini shunday tashkil etilishini talab qiladiki, unda o‘quvchi o‘zi mustaqil
ravishda bilim olishi, o‘qituvchi esa darsni tashkil qilishi, o‘quvchiga maslahat
berishi hamda uni nazorat qilib turishi lozim. Modulli texnologiya mana shu
vazifani bajaradi, ya‘ni o‘quv jarayonida subyekt-subyekt munosabatlariga keng
yo‘l ochadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek:
«Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta‘lim samarasi
past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil
fikrlash ham katta boylikdir».
Do'stlaringiz bilan baham: |