1-masala. Fermer bozorga 300 kg kartoshka, 200 kg sabzi olib kelib,
kartoshkaning 1 kilogrammini 125 so‘mdan, sabzining 1 kilogrammini 80 so‘mdan
sotdi. Kechqurun kun bo‘yi savdo qilib topgan pulni hisoblab ko‘rganda 48250
so‘m chiqdi. Agar fermer shu kuni 150 kg sabzi sotgan bo‘lsa, kun bo‘yi necha
kilogramm kartoshka sotgan?
Yechilishi:
1 savol. Fermer kun bo‘yi necha so‘mlik sabzi sotgan?
150 x 80 = 12000 (so‘mlik)
2 savol. Fermer necha so‘mlik kartoshka sotgan?
48250 - 12000 = 36250
3- savol. Fermer kun bo‘yi necha kilogramm kartoshka sotgan?
36250 : 125 = 290 (kg) Javob: 290 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |