foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tuzilgan.
5
I
BOB
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IQTISODIY
BILIMDONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY
ASOSLARI
I.1. O‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish dolzarb pedagogik
muammo sifatida
Bugungi kunda jamiyat a`zolari oldiga qo‘yilgan ulkan maqsadlarga erishish
uchun ta‘lim jarayonida davr talablariga javob bera oladigan, zukko, ma`rifatli,
insonparvar, mustaqil fikrlaydigan, izlanuvchan, tadbirkor, yangilikka intiluvchi,
millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan yoshlarni ta`lim jarayonida
shakllantirish zaruriyati vujudga keldi. Bu zaruriyat, o‘z navbatida, shaxsning4
jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni anglashi, chuqur
idrok qilishi lozimligini talab qilmoqda. Chunki, yosh avlodning ma`naviy
qiyofasini jamiyat hayoti, unda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqeliklar
belgilaydi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlari shakllanib kelayotgan bir
vaqtda iqtisodiyotning mohiyati, vazifasi va maqsadlarini o‘rganish har bir
o‘quvchi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi haqida O‘zbekiston Respublikasi 1-
Prezidenti I.A.Karimov «Bunyodkorlik yo‘lidan» asarida quyidagilarni ta`kidlab
o‘tgan: «Biz yosh avlodni bolalar bog‘chasiga qatnayotgan davrdan boshlab
xalqimizning asrlar davomida shakllangan Sharq pedagogikasi, umumbashariy
qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz lozim. Bozor munosabatlariga o‘tish davrida
talabalarga iqtisodiy bilimlarni, marketing, menejment, biznes sohasida, bizning
iqtisodiy rivojlanishimizda bu tushunchalarning mohiyati va roli borasida ko‘proq
bilim berishimiz maqsadga muvofiqdir»1§
Boshlang‘ich ta`lim oldiga qo‘ygan vazifalarning to‘laqonli bajarilishini
nazorat qilish ta`lim bo‘yicha davlat ta`lim standarti talablari asosida amalga
oshiriladi, ya`ni bunda integratsiya asosidagi takomillashtirilgan boshlang‘ich
6
ta`limga o‘tish ta`minlanadi. Boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy tushunchalarni
o‘quv fanlari mazmuniga singdirish pedagogik va metodik g‘oyalarning
rivojlanishi va takomillashishini ta`minlaydi, ta`lim mazmunini integratsiya qiladi,
shu bilan birga o‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantiradi.
1.1 -chizma
Iqtisodiy tushunchalarni o‘quv fanlari mazmunida
integratsiyalashuvi quyidagicha
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishdan
maqsad shuki, ular jamiyat hayotida ro‘y berayotgan voqelikni birdaniga ilg‘ab
olishga qiynaladi qolaversa, ularning yosh xususiyatlari va taraqqiyot darajalari
bunga monelik qiladi. Agar jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni
ta`lim jarayoni o‘zida aks ettirmasa, o‘quvchi rivojlanishda davr talablaridan
orqada qoladi. Chunonchi, biz har kuni duch keladigan iqtisodiy tushunchalar
darsliklarda o‘z ifodasini topmasa, o‘qituvchi dars jarayonida ularning ma`nosini
izohlamasa, o‘quvchilar mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatini anglab
yetolmaydi.
Ma‘lumki, iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatida odamlarning ishlab
chiqarish va iste‘mol ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda vujudga keladi. Inson va
Iqtisodiy tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: