7
jamiyat hayoti bilan bog‘liq tarzda vujudga kelgan iqtisodning o‘zi esa uning
shaxs sifatida rivojlanishi va shakllanishiga ta`sir ko‘rsatgan va ko‘rsatadi.
O‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish jamiyatda tobora
barqarorlashayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan holda amalga
oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy ta`lim tushunchasi O‘zbekiston
Respublikasi umumiy o‘rta ta`lim maktablarida amalga oshiriladigan ta`lim
mazmuni tarkibiga mustaqillik yillarida kiritilgan bo‘lib, bu atama pedagogika fani
uchun ham yangidir. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlar nihoyatda
dolzarb bo‘lib, u birinchi navbatda, ta‘lim amaliyotini rivojlantirishga
qaratilgandir. Jumladan, o‘quv dasturlar va darsliklar o‘quvchilarning iqtisodiy
bilimdonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan matn, mashq, masala va topshiriqlar
hamda iqtisodiy tushunchalar bilan boyitilib o‘quvchilarning iqtisodiy
savodxonligini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda boshlang‘ich
sinflardan boshlab o‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga e`tibor
berish nihoyatda muhimdir. Chunki inson tabiat va jamiyat, undagi shaxslararo
muloqot muhitidan tashqarida yashay olmaydi. Shunday ekan, jamiyatdagi
iqtisodiy munosabatlarni anglab yetish ham uning birinchi darajali ehtiyojidir. U
mehnati bilan tabiatdagi barcha narsalarni (yer, suv, o‘simlik, foydali qazilmalar
va boshqalar) o‘z ehtiyojini qondirish uchun o‘zlashtiradi. Inson o‘zini o‘rab
turgan narsalarning bir-biridan farqi nimada, ular qayerdan keladi, qayerga ketadi
degan savolga javobni o‘zi paydo bo‘lgandan beri izlaydi. Iqtisodiy bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lmasdan esa, bu savollarga javob topish juda qiyin. O‘z
hayotiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida odamlar faqatgina atrof-muhit bilan
emas, balki o‘zaro ham muloqotga kirishadi. Iqtisodiy munosabatlarga kirishish
shaxslararo muntazamlik kasb etadi. Bu munosabatlar o‘z tarkibiga qanday
muloqot ko‘rinishlarini qamrab olishini har doim ham to‘la idrok eta olmaymiz.
Iqtisodiy munosabatlar insonlar orasida ishlab chiqarish, taqsimot,
ayirboshlash, pul va boyliklarga erishish sohasida vujudga keladigan aloqalardir.
Kezi kelganda shuni ham ta`kidlab o‘tish kerakki, ishbilarmon, tadbirkor inson
8
uchun faqatgina haloliik , rostgo‘ylik, odamlar bilan tez muloqot qila olish
xususiyatlarning o‘zigina yetarli emas. U bunday xususiyatlardan tashqari yana
iqtisodiy bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak. Masalan, narx-navo nima? U nima
uchun va qanday o‘zgaradi? Tadbirkorlikda qanday qilib o‘z ishini boshlash va
inqirozga uchramaslik mumkin? degan savollarning javobini topish uchun
iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak.
Inson nafaqat moddiy boyliklarning yaratuvchisi va iste`molchisi, balki
ushbu jarayonda yangidan-yangi texnika va texnologiyalarni ishga soluvchi,
ulardan foydalanish usullarini aniqlovchi va belgilovchi yuqori intellektual shaxs
hamdir. Yangi ishlab chiqarish vositalari inson mehnati mahsuli bo‘lib, o‘z
navbatida mehnatning shakli va mohiyatini o‘zgartiradi, ularga kasbiy-malakaviy
sifat bag‘ishlaydi. O‘quvchilarga bozor iqtisodiyoti tushunchasi haqida dastlabki
ma`lumotlarni berishda, albatta moddiy boylik halol mehnat orqali shakllanishini
ularning ongiga singdirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: