1-sinf ona tili darsida «Shaxsni va buyumlarni bildirgan so‘zlar»
yuzasidan 104-106-mashqlarni bajarishga muqobil tarzda
berilgan dars moduli
I. Darsning mavzusi: «Shaxsni va buyumlarni bildirgan so‘zlar»
(mustahkamlash)
II. Darsning turi: Modulli ta‘lim berish.
III. Modulning didaktik maqsadi: O‘quvchilarning shaxs va buyumlarni
bildirgan so‘zlar haqidagi bilimlarini mustahkamlash, shaxs va buyumlarni
bildirgan so‘zlarga so‘roq berishni o‘rgatish, ularda mulk, mulkdor, mulk turlari
haqida tushuncha hosil qilish, topqirlik, izlanuvchanlik, mustaqillilik xislatlarini
shakllantirish
IV. Darsning borishi ; O‘qituvchi, o‘quvchilarni modul dasturining didaktik
maqsadi bilan tanishtiradi, ularga modul dasturidagi topshiriqlarni bajarish
bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilib
turadi. O‘quvchilarni 1-, 3-, 5-kichik modullardagi topshiriqlarni mustaqil, 2-, 4-
kichik modullardagi topshiriqlarni esa guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda
bajarishga yo‘llaydi. Har bir kichik modul yakunida o‘quvchilar bilan savol-javob
o‘tkazadi, o‘quvchilar javoblaridagi kamchiliklarni to‘ldirib boradi. O‘qituvchi
17
o‘quvchilarga har bir kichik moduldagi javoblarini o‘zlari mustaqil baholash
vazifasini topshiradi. Dars yakunida ular qo‘ygan baholarini umumlashtiradi.
Modul dasturi 2.2-jadval
Ki
chik
mo
dul
Modulning didaktik
maqsadi
O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim
bo‘lgan o‘quv materiali yuzasidan
topshiriqlar
Topshiriqni
bajarish
yuzasidan
ko‘rsatmalar
B
a
h
o
1-
KM
O‘tgan
mavzular
yuzasidan
o‘quvchilar
bilimini
test
savollari
yordamida aniqlash va
baholash.
O‘quvchilarni
mustaqil
ishlashga
o‘rgatish, iqtisodga oid
bilimlarini tekshirish.
Berilgan testlarning to‘g‘ri javobini
belgilang.
1. Mahsulotlarni xarid qiluvchi
kishilar kim deyiladi?
A) Shifokor V) O‘qituvchi
B) Sotuvchi G) Xaridor
2. ”R” harfi qaysi qatorda
tushurib qoldirilgan?
A) Pu_, sotu_chi
B) Is_of, na_x
V) Iq_isod, halo_
3.
Kim?
so‘rog‘iga
javob
beruvchi so‘zlar qaysi qatorda
berilgan?
A) Bog‘bon, mahsulot
B) Sotuvchi, reklama
V) Oshpaz, tadbirkor
4. Mahsulotlarni sotish uchun
ularga nima qo‘yiladi?
A) Pul V) Narx
B) Ish xaqi G) Xomashyo
Test savollarini
diqqat
bilan
o‘qing
va
to‘g‘ri javobini
belgilang.
Individual
ishlang.
2-
KM
Mulk, mulkdorlar hamda
mulk
turlari
haqida
tushunchaga ega bo‘lish,
o‘quvchilarning og‘zaki
nutqini o‘stirish.
Quyidagi savollarga og‘zaki javob
toping.
1) Mulk deb nimaga aytiladi?
2) Kimlar mulk egasi bo‘la oladi?
3) Mulkdorlar qanday odamlar?
4) Mulkdor o‘z mulkidan qanday
foydalanishi mumkin?
5)Mulkning qanday turlari bor?
6) Shaxsiy mulk qanday mulk
hisoblanadi?
7) Sizning qanday shaxsiy
mulkingiz bor?
8) Davlat mulki qanday mulk
hisoblanadi?
9) Davlat mulkiga nimalar
kiradi?
10) Davlat mulkiga qanday
munosabatda bo‘lish kerak?
Tarqatma
materialda
berilgan
mavzuni diqqat
bilan
o‘qing.
Savollarga
guruhdagi
o‘quvchilar
bilan
hamkorlikda
og‘zaki
javob
izlang.
3-
Shaxs
va
buyumlarni Tarqatma
materialda
berilgan Topshiriqni
18
KM
bildirgan so‘zlarga so‘roq
berishni, chiroyli yozishni
o‘rgatish.
matndan nima? va nimalar?, kim?
va kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan
so‘zlarni topib yozing.
yozma,
mustaqil
bajaring.
Chiroyli yozing.
4-
KM
O‘quvchilarda
jamoa
bo‘lib harakat qilishni,
topqirlik, izlanuvchanlik
xislatlarini shakllantirish.
Krossvord
yechish
ko‘nikmasini hosil qilish.
Quyidagi krossvordni yeching.
1 2
3
4
1. Mahsulotning sotilish puli.
2. Mahsulot sotiladigan joy.
3. Mahsulot xarid qiluvchi kishi.
4. Mahsulot sotuvchi kishi.
Krossvord javobidan avval kim?,
so‘ng
nima?
so‘rog‘iga
javob
bo‘lgan so‘zlarni topib yozing.
Berilgan
krossvordni
guruhingiz-
dagilar bilan
birgalikda
yeching.
5-
KM
Modulni yakunlash.
Modul dasturi bo‘yicha
o‘quvchilar fikrini bilish.
Uyga vazifani
tushuntirish.
U y g a v a z i f a:
Quyidagi testlarning to‘g‘ri javobini
belgilang.
1. Odamlarning faqat
o‘zigagina tegishli bo‘lgan
narsalar qanday mulk
hisoblanadi?
A) Davlat mulki B) Xususiy mulk
2. Mulkka egalik qiluvchi inson
kim?
A) Sotuvchi. V) Mulkdor.
B) Iste’molchi. G) Xaridor.
3.
Qaysi
qatordagi
narsalar
xususiy mulk hisoblanadi?
A) Tramvay G) Bolalar bog‘chasi
B) O‘quvchining o‘quv qurollari.
V) Kasalxona D) Maktab
Uy vazifasini
mustaqil bajarib
keling.
1-KM. Birinchi kichik modulning didaktik maqsadi avval o‘tilgan mavzuni
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini test savollari yordamida
aniqlash va baholash hamda ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish, iqtisodga oid
olgan bilimlarini tekshirishdan iboratdir. Har bir o‘quvchiga alohida test savollari
tarqatiladi. O‘quvchilar mustaqil holda berilgan testlarning to‘g‘ri javobini
belgilashlari kerak bo‘ladi.
2-KM. Bu kichik modulning didaktik maqsadi o‘quvchilarda mulk va mulk
turlarini farqlay bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda mulkdorlar haqida
tushuncha hosil qilish, ularning og‘zaki nutiqni o‘stirishdan iborat. Topshiriqni
19
bajarishdan avval sinf o‘quvchilari guruhlarga ajratiladi. Yangi mavzu bo‘yicha
ularga tarqatma material berilib, modulning didaktik maqsadi bilan tanishtiriladi.
O‘quvchilar tarqatma materialda berilgan yangi mavzuni diqqat bilan o‘qib,
modulda berilgan savollarga guruhdagi o‘quvchilar bilan hamkorlikda javob
topishlari lozim. Har bir guruh a‘zo bilan alohida savol-javob o‘tkazilib,
o‘qituvchi o‘quvchilar javoblaridagi kamchiliklarni to‘ldiradi.
3-KM. Bu kichik modul o‘quvchilarga shaxs va buyumlarni bildirgan
so‘zlarga so‘roq berish va chiroyli yozishni o‘rgatish, yozma malakalarini oshirish,
ularda ijodiy fikrlashni takomillashtirishni o‘z ichiga maqsad qilib oladi.
O‘quvchilar tarqatma materialda berilgan matndan nima? nimalar?, kim? kimlar?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topib yozishlari kerak. O‘quvchilar bu
topshiriqni mustaqil bajarishlari lozimdir.
4-KM. Mazkur to‘rtinchi kichik modulning didaktik maqsadi o‘quvchilarda
jamoa bo‘lib harakat qilish, ularda topqirlik, izlanuvchanlik xislatlarini
shakllantirish, iqtisodiy mavzudagi krossvord yechish ko‘nikmasini hosil qilishdan
iboratdir. Guruhdagi o‘quvchilar hamkorlikda modulda berilgan iqtisodiy
mavzudagi krossvordni yechadi. Krossvord javobidan avval kim?, so‘ng nima?
so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni topib yozadilar. Krossvord yuzasidan sinf
o‘quvchilari o‘rtasida bahs-munozara o‘tkaziladi. O‘qituvchi o‘quvchilar
tomonidan yechilgan krossvordning kamchiliklarini to‘ldirib, tegishli ko‘rsatmalar
berib, ularni baholaydi.
5-KM. Yakunlovchi kichik modul. Bunda o‘quvchilar modul dasturi haqida
o‘z fikrlarini bayon etadi, chunonchi o‘quvchilar modulda ko‘zlangan maqsadga
qay darajada erishganliklari, dars ularga qanchalik yoqqanligi, darsda nimalarni
o‘rganganliklari, topshiriqlarni bajarishda ularga nima yordam berganligi va nima
xalaqit berganligi haqida o‘z fikrlarini bildiradilar va bahs- munozara qiladilar.
Modulning yakunida o‘quvchilarga uy vazifasi beriladi.
Bunday modulli darslardan foydalanish natijasida:
1. Dars jarayoninig samaradorlik darajasi ortadi.
2. Darsning barcha qismlariga vaqt to‘g‘ri taqsimlanadi.
20
3. O‘quvchilar tomonidan bajarilgan barcha topshiriqlar o‘z vaqtida baholanib
boriladi.
4. O‘quvchilar iqtisodiy bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.
5. O‘quvchilarning mustaqilligi va ijodkorligi oshadi.
6. O‘quvchilarda taqqoslash va farqlash ko‘nikmasi shakllanadi.
7. O‘quvchilarda o‘rtoqlari hamda o‘qituvchiga murojaat qilish malakasi
paydo bo‘ladi;
8. O‘quvchilar o‘zini boshqarishni, vaqtini to‘g‘ri taqsimlashni o‘rganadi;
9. O‘quvchilarning topqirlik va izlanuvchanlik xislatlari oshadi.
10. O‘quvchilarda bir-biriga hurmat va e’tibor hissi paydo bo‘ladi.
11. O‘quvchilarda jamoa bo‘lib harakat qilish ko‘nikmalari shakllanadi.
12. O‘quvchilar guruhdagi tengqurlarining javoblarini eshitishni, tahlil qilishni
hamda xato va kamchiliklarini tuzatishni o‘rganadi.
2-, 3- va 4-sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini oshirishga
qaratilgan modulli darslardan namunalar 4-ilovada berilgan.
O‘quvchilarga bilim shaklida taqdim qilingan ta‘lim modullari jamiyat
a‘zolarining ijtimoiy tajribasida sinovdan o‘tgan bilimlarga tayangan taqdirdagina
shaxsga nisbatan rivojlantiruvchi xarakter kasb eta oladi. Xuddi mana shunday
bilimlarni o‘zida mujassamlantirgan ta‘lim moduli muayyan bir pedagogik
texnologiyaning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga
iqtisodga
oid
bilim
berishga
yo‘naltirilgan
modulli
texnologiyalarning maqsadga muvofiq tarzda tanlanishi natijasida, iqtisodiy bilim,
atama va tushunchalarni turli-tuman shakldagi o‘quv-biluv jarayoniga taqdim etish
imkoniyati tug‘iladi. Bu esa iqtisodga oid bilim va tushunchalarni o‘quvchilar
tomonidan jadal o‘zlashtirilishini ta‘minlaydi hamda o‘quvchilarni o‘quv-biluv
jarayonini boshqaruvchi asosiy subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatishlariga imkon
beradi.
O‘quvchilarning jismoniy va aqliy rivojida kattalar bilan bo‘ladigan
muloqot, hamda o‘zaro munosabat muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
21
yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan tarzda olib borilgan darslarda o‘quvchi tengqurlari
orasida o‘zining alohida o‘rni bor ekanligini his eta boradi. Shu bilan bir qatorda u
iqtisodiy atama va ko‘nikmalarni sekin-astalik bilan egallab boradi.
Yangicha ta‘lim jarayonida o‘quv dasturlaridan keng o‘rin olayotgan
iqtisodiy ta‘lim berish, insonning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlar hamda jamiyat
talablarini qondirishga doir bilimlarini ko‘proq amaliy ishlar bilan bog‘lash
maqsadga muvofiqdir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida iqtisodiy ko‘nikma hosil qilish uchun dars davomida vaqtdan
unumli foydalanib, ularning zerikishi, chalg‘ishiga yo‘l qo‘ymasdan, har xil
metodlarni qo‘llagan holda nostandart vaziyatlarni vujudga keltirish yaxshi
natijalar beradi. Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nafaqat topqirligini
oshirish maqsadida, balki ularga muomala madaniyati, ya‘ni sotuvchi va
xaridorlarning bir-birlari bilan qo‘pollik qilmasdan, muloqotga kirishishlari
lozimligi, matematik hisob-kitob qilish hamda boshlang‘ich iqtisodiy atamalarni
o‘rgatish maqsadida o‘tkaziladi. Shu bilan bir qatorda tanlash imkoniyati, unda
nimalarga e’tibor berish lozimligi, o‘zgalarga yon bosish kabi haqiqiy sharqona
odatlar, ma‘naviyatimiz asoslari bilan ham tanishtirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |