YAF=SST-IT
bunda, YAF - yalpi foyda; SST- sotishdan olingan sof tushum; IT - sotilgan mahsulotning ishlab chikarish tannarhi; asosiy faoliyatdan ko'rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr harajatlari o'rtasidagi tafovut, va plus asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshka daromadlar yoki minus boshka zararlar sifatida aniklanadi:
АFF = YAF-DХ+BD-BZ
bunda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX-davr xarajatlari; BD-asosiy faoliyatdan olingan boshka daromadlar; BZ-asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshka zararlar. Xo'jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan ko'rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chikiladi:
UF = АFF + МD – МХ
bunda, UF - umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat harajatlari. Soliq to'langungacha olingan foyda, u umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda plus favkulodda (ko'zda tutilmagan) vaziyatlardan ko'rilgan foyda va minus zarar sifatida aniklanadi:
STF=UF+FF-FZ
bunda, STF - soliq to'langungacha olingan foyda; FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ - favqulodda vaziyatlardan ko'rilgan zarar. Yilning sof foydasi, u soliq to'langandan keyin xo'jalik yurituvchi sub'ekt ixtiyorida qoladi, o'zida daromad (foyda)dan to'lanadigan soliqni va minus konun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to'lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to'langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF= STF-DS-BS
bunda, SF - sof foyda; DS - daromad (foyda) dan to'lanadigan soliq; BS - boshqa soliqlar va to'lovlar. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va harajatlar qatoriga korxonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy munosatlardagi ishtirokidan olinadigan daromadlari, erkin almashtiriladigan valyuta resurslarini boshqarishdan oladigan daromadlari, korxonaning moliyaviy faoliyatidan kelib chiqadigan turli xarajatlar kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmog’i so'nggi yillarda tobora oshib bormoqda.
Favqulodda kutilmagan holatlardan daromadlar va xarajatlar qatoriga korxonining asosiy va moliyaviy faoliyatidan tashqari, tasodifiy holatlar bo'yicha oladigan daromad va xarajatlari kiritiladi. Ularning tarkibiga kiritiladigan aniq ko'rsatkichlar yangi Nizomda ifoda etilmagan. Faqat ularning farqlanishiga ta'rif berilgan xolos. Bu tarif esa yuqorida bayon etilgan edi. Ya'ni, korxona uchun yaqin uch yillik oraliqda odatiy hol yoki faoliyat turi hisoblanmagan holatlardan oladigan darmadlari yoki yo'qotishlar ushbu qatorga kiritiladi. Shuningdek, tasodifiy holatlar ham. Moliyaviy natijalarning shakllanish bo'yicha tahlilni quyidagi jadval malumotlari asosida berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |