Xulosa va takliflar
Xulosa qiladigan bo’lsak, mustaqilikka erishganidan so'ng Respublikamizning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omil, ishlab chiqarish hajmining o’sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o’sishni ta’minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarni xo’jalik sub’ekti sifatida rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Kurs ishining yuqoridagi aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish va moliyaviy ahvolining hozirgi holati, bu boradagi kamchiliklar, ularni bartaraf etishning imkoniyatlari ko'rsatib o'tildi Ushbu ishlarining maqsadi – korxonalarda ishlab chiqarish va moliyaviy holati bo’yicha tahlil qilish, shuningdek, korxonalar faoliyati samaradorligiga baho berish hamda moliyaviy-xo`jalik faoliyatining samaradorligini oshirishning kelajakdagi yo`lini belgilashdan iborat.
Faoliyati samaradorligini oshirishga nisbatan quyidagi takliflarni berib o`tdik:
Birinchidan, samaradorlik ko’satkichlari tizimini shakllantirishimiz kerak. Respulika miqyosida oladigan bo’lsak, qishloq xo’jaligimizda yetishtirilayotgan xom-ashyo sanoatga yetkazib beriladi. O’z navbatida sanoat xom-ashyoni qayta ishlab tayyor mahsulot shakliga keltiradi va bu mahsulot yalpi ichki mahsulotimizni tashkil etadi. Shu o’rinda aytish kerakki, mahsulot yalpi ichki mahsulotimizni hammasi ham tovarga aylanmayapti ya’ni bozorga olib chiqilmayapti, sababi mahsulot yalpi ichki mahsulotimizni ma’lum qismi qishloq xo’jaligi va sanoatni o’ziga sarflanadi.
Bizning hisobot yilimiz 1-yanvardan 31-dekabrgacha qilib belgilangan. Mana shu muddatni ma’lum bir daqiqaga, soatga surilsa, natijaga albatta qanchadir salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu masala yuzasidan respublikamizda buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standarlari qabul qilingan. Aslida biz buni statistika 82 milliy hisoblar tizimi fanida o’rganamiz. O’ylaymanki, ushbu tizimni shakllantira olsak bizning kata yutug’imiz bo’lardi.
Ikkinchidan, Respublikamizda oxirgi 10 yil ichida yalpi ichki mahsulotimizning o’sish surati 8% dan tushmay kelyapti. Lekin ushbu muddat ichida YaIMmiz bilan birga inflyatsiya ham 6-7% ni tashkil etib etayabdi. Misol uchun biz o’tgan yili 100 dona mahsulot ishlab chiqarish uchun 10000 sum xarajat qilib, uni 12000 sotib 2000 foyda olganmiz. Hisobot yilida esa 108 dona ishlab chiqarish uchun 11000 xarajat qilayapmiz va 12000 sotib 1000 sum foydaga erishayapmiz. Lekin biz 8 dona ko’p ishlab chiqarganimiz uchun 2160 sum foyda olishimiz kerak edi. Biz e’tirof etmoqchi bo’gan narsa foydani oshirish uchun mahsulot hajmini oshirish emas balki, tannarxni kamaytirish kerak. Bu esa hozirda muommolardan biri bo’lib to’ribdi.
Uchinchidan, respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yana bir muammolaridan biri bu solishtirma bahosini aniqlash bo’lib turibdi. Biz bilamizki mahsulotni bahosini bugungi joriy qiymatda va solishtirma qiymatlarda baholaymiz. Joriy qiymat (Q1P1) bu bozor belgilanadigan biz unga ta’sir ko’rsata olmaydigan baho hisoblanadi. Solishtirma qiymat (Q1P0) ni esa uzimiz aniqlaymiz. Bu yerdagi muammo P1 bilan bog’liq. Ya’ni bunga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatayapti: - inflyatsiya - soliq - boj to’ovlari bundan tashqari xarajatlarni kalkulyatsiya qilayotganda FIFO, LIFO, AVEKO usullarini ham to’g’ri qo’llash kerak.
To’rtinchidan, biz korxonada asosiy vositalarimizni muntazam ravishda yangilab borishimiz kerak. Ko’p energiya talab qiladigan, ko’p yoqilg’i sarflaydigan asosiy vositalarni o’rniga yangi kam chiqitli va kam xarajatli asosiy vositalarga almashtirib borishimiz kerak. Bu masalalar yuzasidan quyidagi ishlarni olib boorish kerak dib o’ylayman:
asosiy vositalarni texnik auditini tashkil qilish;
asosiy vositalarni lizinga va kreditga xaridini manzilli amalga oshirish;
soliq imtiyozlariga alohida e’tibor berishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |