1-rasm. Korxonalarning moddiy resurslar tahlilning asosiy vazifalari
2-rasm.Korxonada moddiy resurslarni tahlil etishning axborot manbalari Iqtisodiy adabiyotlarning ko’pchiligida moliyaviy mustahkamlikka (barqarorlikkka) va balans likvidligiga bir xil ta’rif berishadi va aniqdanayotgan ko’rsatkichni yoki moliyaviy mustahkamlik yoki balans likvidligi, ya’ni korxonalarning olingan qarzlarni qaytarib berish qobiliyatiga egalik deb tushuniladi.
Moliyaviy mustahkamlik va balans likvidligi — bu o’z mazmuniga ega bo’lgan ikki xil moliyaviy ko’rsatkichlar bo’lib, korxonalar moliyaviy faoliyatini har xil nuqtai nazardan ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik ko’rsatkichi kompleks sifatidagi ko’rsatkich bo’lib:
• korxonalarning murakkab bozor munosabatlari davrida ishlab chiqarishni saqlanib qolish imkoniyatini;
• korxona mablag’laridan erkin ravishda foydalanish imkoniyati borligini;
• ishlab chiqarishni to’xtatmasdan, mahsulot sotish imkoniyati borligini;
• korxonalar faoliyatining umumiy mustahkamliligini;
• korxonalar faoliyatiga to’g’ri boshqaruvlik qilinayotganligi;
• korxonalarda mavjud moliyaviy resurslarni bozor munosabatlarining talablariga javob berishligini;
• korxonalarning zahira va xarajatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qoplovchi manbalar borligi darajasini ko’rsatadi.
Demak, moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga korxonalarning butun xo’jalik, ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo’nalishlari ta’sir ko’rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi. Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatitimiz mumkin:
• korxonada ishlab chiqarishining barqarorligi;
• ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• ishlab chiqarishni boshqarish;
• korxona ustav jamg’armasining hajmi.
Bundan tashqari korxonada majburiyatlarning o’z mablag’lariga nisbatan ulushining pasayganligini ham ijobiy baholamoq lozim, ya’ni bu korxona majburiyatlarining qisqarganligidan dalolatdir. Mablag’lar harakatchanligi esa yil boshiga nisbatan yil oxirida o’sgan. Bu esa korxonada aylanma mablag’larga bo’lgan talabni yanada to’laroq qondirib borish imkonini beradi. Umuman olganda korxona ma’lumotlari asosida uning moliyaviy koeffitsentlari o’rganilganda, ushbu koeffitsentlarning o’zgarishi ijobiy bo’lgan. Korxonalar ko’p turdagi iqtisodiy aloqalarni, jumladan, xom ashyo va materiallar sotib olish, tayyor mahsulotlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan hisobkitoblarni bajaradi.