Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Rentabellik ko’rsatkichlari va ularning omilli tahlili



Download 332,09 Kb.
bet9/12
Sana08.07.2022
Hajmi332,09 Kb.
#756075
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Foyda va rentabellik (2)

Rentabellik ko’rsatkichlari va ularning omilli tahlili

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida rentabellikning quyidagi turlari aniqlanadi:

  1. Ishlab chiqarish xarajtalariga nisbatan rentabellik;


Ushbu ko'rsatkich bir so'mlik ishlab chiqarish harajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi. Asosiy vositalar rentabelligi. Asosiy vositalar rentabelligi har bir so'mlik yoki ming so'mlik asosiy vosita hisobiga to'g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko'rsatkich sof foyda so’mmasini asosiy vositalarning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish asosida aniqlanadi.

Sotish bo'yicha rentabellik. Sotish bo'yicha rentabellik sotilgan mahsulotlarning foydalik darajasini harakterlaydi. Ushbu ko'rsatkich sotishdan olingan yalpi foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan tushumga bo'lish asosida aniqlanadi. Ya'ni

Oborot aktivlar rentabelligi. Ushbu ko'rsatkich oborot aktivlarning har bir sumiga to'g’ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi. Oborot aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini oborot aktivlarning o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish asosida aniqlanadi.

Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko'rsatkich korxona mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Bu ko'rsatkich har bir so'mlik mulkka to'g’ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.

O'z mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko'rsatkich korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan mablag’larning foydalilik darajasini harakterlaydi. Korxona sof foydasini uning o'zlik mablag’lari manbaiga bo'lish asosida o'zlik kapitalining foydalilik darajasi o'rganiladi.

Qarz mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko'rsatkich korxona sof foydasini qarzga olingan mablag’lariga nisbati asosida aniqlanadi. Bu ko'rsatkich har bir so'mlik qarz mablag’iga to'g’ri keladigan foyda summasini ifodalaydi.

Asosiy vositalar va moddiy oborot mablag’lari rentabelligi. Ushbu ko'rsatkich sof foyda summasini korxona asosiy vositalari va moddiy oborot mablag’lari o'rtacha yillik qiymatiga bo'lish asosida aniqlanadi. U har bir so'mlik asosiy va oborot mablag’iga to'g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi.

Daromadlik yoki balans aktivining xarajatliligi; xususiy va qarz kapitali; sof aktiv, investitsiya, sotish, xarajat va boshqa ko'rsatkichlardan foydalanishni umumlashtiruvchi sifat ko'rsatkichlari daromad, xarajat va moliyaviy natijalarga asoslangan holda hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi. Yuqorida nomlari keltirilgan daromadlik (d) ko'rsatkichlarini hisoblash uchun jami daromad summalari, umumiy aktiv qiymati, sof aktiv, hususiy kapital va qarz kapitaliga nisbatan aniqlanadi.



Daromadlik ko'rsatkichlarini sotish hajmining har so'miga, ishlab chiqarish tannarxiga hamda daromadlikni umumlashtiruvchi ko'rsatkich-korxonaning jami daromadlarini uning xarajatlariga nisbat ko'rinishida ham aniqlash mumkin.

Jami daromad so’mmasini jami xarajatdan yuqori bo'lishi korxonaning sof foydasini ifodalaydi.

Bu ko’rsatkichlarni aksi bo’yicha ham hisob – kitob ishlarini amalga oshirish tavsiya etiladi.

Jami xarajatlarni jami daromaddan yuqori bo'lishi korxona faoliyatini zarar bilan yakunlaganligini ifodalaydi. Daromadlikning umumiy ko'rsatkichlari qatori korxona daromadi va xarajatlari bo'yicha yakka koeffisientlarini ham aniqlash maqsadga muvofiqdir. -sotishdan ko'rilgan daromadni jami daromaddagi ulushi:

- sotilgan mahsulot tannarxini jami xarajatdagi ulushi:

- jami to'liq xarajatni sotishdan kelgan tushumdagi ulushi: Sotishdan kelgan tushumning har so'miga to'g’ri keladigan xarajat

Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asosga va “Asosiy xo'jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMS da belgilanishiga, daromadlar, hisobot davri mobaynida, aktivlarning ko'payishi yoki majburiyatlarini qisqarishi ko'rinishida iqtisodiy foydalarning ko'payishidir, ular o'z kapitalining ko'payishiga olib keladi, bundan o'z kapitali egalari tomonidan qo'yilmalar bilan boqliq ko'payishlar mustasno.
Daromadlar turli aktivlarning ko'payishi ko'rinishida yuzaga keladi; bular nafaqat pul mablag’lari, balki, realizasiya qilinayotgan tovarlar va qizmatlarning o'rniga olingan tovarlar va xizmatlar ham bo'lishi mumkin; agar tovarlar va xizmatlar haqi xaridor tomonidan to'liq to'lanmagan bo'lsa, bunday hollarda, debitorlik qarzlari ham bo'lishi mumkin. Daromadlar, shuningdek, majburiyatlarni kamaytirish ko'rinishida olinishi mumkin, bu esa korxonaning kapitaliga aktivlarning ko'payishi kabi ta'sir ko'rsatadi. Korxonaning daromadlari va xarajatlari hisobi, moliyaviy natijalarni shakllantirish va ulardan foydalanish hisobvaraqlar rejasining so'nggi, to'qqizinchi bo'limida, 9000-9900- son hisobvaraqlarda amalga oshiriladi.
Mazkur hisobvaraqlar tranzit (vaqtinchalik) hisob varaqlardir, hisobot oyining oxiriga borib ularning barchasi (bundan 92 - hisobvaraq mustasno) yakuniy moliyaviy natijani aniqlash 9910 - hisobvaraq bilan yopiladi, uning saldosi keyin 8710 - “hisobot davrining taqsimlangan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvarag’iga o'tkaziladi. Buxgalteriya hisobotida aks etgan quyidagi xarajat ma'lumotlariga e'tibor qaratilmog’i lozim. Hisobotlarda odatdagi xo'jalik faoliyatining borishi chog’ida yuzaga keluvchi xarajatlardan tashqari, kelgusida biror bir iqtisodiy manfaatlarni hosil qilmaydigan xarajatlardan tashkil topgan zararlar ham bo'lishi mumkin.
Ularga quyidagi uchchala mezonlardan biriga javob beruvchi xarajatlar kiritiladi:
- kelgusida ma'lum bir daromadlarni keltirib chiqarmaydigan;
- aktivlar sifatida tan olib bo'lmaydigan (kelgusi davrlar daromadlari yoki oldindan to'langan boshqa xarajatlarga o'xshash);
- tashkilot balansida mol-mulkning o'sishiga kiritish mumkin bo'lmagan.
Daromadlik, foydalilik bir xil ma'noga ega emas. Ayrim iqtisodga oid manbalarda daromadlik, foydalilik mazmun jihatdan bir deb qaraladi. Masalan, korxonaning ma'lum davrdagi jami daromadi, sof foydasini balans aktiviga nisbati bir xilda nomlanmaydi.

Download 332,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish