3-rasm. Foydani shakllanishi
Foyda mulk shaklidan qat'iy nazar barcha korxonalar faoliyatini baholash ko'rsatkichi va rag’batlantirish manbaidir. Shu tufayli faoliyatni ob'ektiv baholash uchun foyda tarkibi, tuzilishi, uni tashkil etuvchi elementlarini dinamik tarzda chuqur o'rganmoq lozim. Foyda nafaqat mahsulot birligi uchun qilingan xarajatlarni qisqartirish, balki mahsulot sotish hajmini belgilangan assortimentda ortishi, talab va ehtiyojni hisobga olgan holda yuqori rentabellikka ega mahsulot turlarini ko'proq ishlab chiqarishga erishishga ham boqliqdir. Shu bois korxona faoliyatining barcha tomonlarini ifodalovchi ko'rsatkichlar bilan uzviy bog’langan holda foyda kompleks tarzda tahlil etilishi maqsadga muvofiqdir. Foyda miqdorini tahlil etishda gorizontal va vertikal tahlil metodlari muhim o'rin tutadi.
1-jadval
“Foydaning gorizontal tahlili”
Gorizontal tahlil natijalari asosidagi xulosalar:
- tushumning o'sish sur'ati (1,174) ni balans aktivining kamayish sur'ati (-0,4) ga nisbatan past bo'lishi balans aktivi aylanishining sekinlashishiga, samaradorligini ortishiga olib kelgan;
- sof foyda (2,621)ni, yalpi foyda (1,194) ga nisbatan o'sish sur'atini yuqori bo'lishi korhonada soliq siyosati ratsional tarzda tashkil etilganligini ifodalaydi;
- sotishdan kelgan tushumning (1,174) o'sish sur'atini yalpi foyda (1,194) ga nisbatan past darajada bo'lishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamayishiga olib kelgan; - sotishdan kelgan tushumning davr xarajatlariga nisbatan yuqori sur'atlarda o'sishi davr harajatlaridan nisbiy iqtisodga 739937,9 ming.so'm (8738823- 8073902* 1,174) olib kelgan.
Vertikal tahlil orqali foyda turlari tarkibidagi strukturaviy o'zgarishlarga baho beriladi. Foyda solig’i to'lagunga qadar foydaga nisbatan yalpi foyda, davr xarajatlari, asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan ko'rilgan daromad, asosiy faoliyatning foydasi, moliyaviy faoliyat bo'yicha daromad va xarajatlar, umumxo'jalik faoliyatining foydasi, favqulodda foyda va zararlarning tutgan ulushlari o'tgan yildagi ma'lumotlar bilan taqqoslanadi va tegishli xulosa qilinadi. Bugungi iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida respublikamizdagi amaldagi huquqiy me'yorlarga muvofiq xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy natijalarini shakllanishi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 1999 yil 5-fevralda tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to'g’risida”gi Nizomga asosan belgilanadi. Mazkur Nizomga muvofiq moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot (ish, xizmat) lar sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija;
2. Asosiy faoliyatning yalpi moliyaviy natijasi;
3. Moliyaviy faoliyatdan ko'rilgan natija;
4. Umumxo'jalik faoliyatidan olingan yalpi moliyaviy natija;
5. Favqulodda kutilmagan holatlardan natija;
6. Soliq to'langungacha bo'lgan yalpi moliyaviy natija;
7. Yilning sof foydasi (zarari). Moliyaviy natijalarning bu tarkib turkumlanishini halqaro hisob andozalariga nisbatan berilgan deyish mumkin.
Bunda asosiy faoliyat moliyaviy natijalar qatoriga korxonaning mahsulot sotishdan oladigan natijasi, asosiy vositalarni sotishdan oladigan natijasi va boshqa aktivlarni sotishdan oladigan moliyaviy natijasi aks etadi. Davr xarjatlari ulardan chegiriluvchi qator sifatida olinadi. Nizomda keltirilgan xarajatlar tasnifi eng avvalo buxgalteriya hisobida xarajatlarni to'g’ri va to'liq aks ettirishga, shuningdek xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy hisobotini tuzish uchun uning faoliyati moliyaviy natijalarini (foyda yoki zararni) aniqlashga yo'naltirilgandir. Xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi: mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |