Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti iqtisodiy ta


Forte Hotels Group mehmonxona zanjiri



Download 0,71 Mb.
bet8/11
Sana23.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#577750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O

Forte Hotels Group mehmonxona zanjiri.

Buyuk Britaniyaning va Yevropaning eng yaxshi mehmonxona zanjiridan biri. (dunyoning 60 dan ortiq mehmonxonalarida 500 dan ortiq mehmonxonalari mavjud). Bir necha yillar oldin Granada Group Pic ulkan operatoriga egalik qilar edi. 1996 yilga kelib bankrotlikka uchrab barcha brendlarni sotishni boshladi.

1995 yil “Le Meridien” kompaniyasiga egalik qilishni boshladi. Bu bilan kompaniya uchun Osiyo – Tinch okeani regioni bozoriga yo’l ochhildi.

LE MERIDIEN HOTELS & RESORTS – 130 ta luks mehmonxonalari dunyoning eng katta, kurort zonali 60 dan ortiq davlatlarda joylashgan. Le Meridien arxitekturasi Yevropa stili bo’yicha qurilgan. 2005 yilda Starwood Hmehmonxonas and Resorts Worldwide kompaniyasi tomonidan sotib olingan.Dunyoning eng yaxshi 100 ta mehmonxonalari o’rtasida shu guruh mehmonxonalari ko’pchiligi kiradi.




2.4. Starwood Hotels and Resorts Worldwide mehmonxona zanjiri.

Starwood Hmehmonxonas and Resorts Worldwide – xususiylashtirilgan bo’lib,mehmonnavozlik va menejmentga asoslangan kompaniyadir. Starwood Hmehmonxonas and Resorts Worldwide kompaniyasi dunyodagi eng katta mehmonxonalar kompaniyasi hisoblanadi. Bu kompaniya tarkibiga to’qqiz ta xususiylashtirilgan brendlari mavjud. Shu to’qqizta kompaniya orqali xusuiylash, faoliyatlar olib borish, franshizalash va boshqarish, kurort va spalar xizmatini, xonalarni ijaraga berish va barcha turizm bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatadi. 1969 yil REIT nomi bilan tashkil etilib 1980 yilda korporatsiyaga aylandi. - 2009 yil 31 dekabr ma’lumotiga ko’ra Starwood Hmehmonxonas and Resorts Worldwide kompaniyasi tarkibidagi xususiylashtirilgan, boshqariladigan va franshizalangan obyektlar soni 992 taga yetgan va ish bilan 145000 kishi ta’minlangandir.

Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasi soliqlar imtiyoziga ega bo’lish uchun Starwood Capital investitsiya kompaniyasi tomonidan yaratilgandir. O’sha vaqtda kompaniya Starwood Lodging nomi bilan mashhurdir ya’ni (Starwood ijara berish kompaniyasi). Boshida Starwood kompaniyasi AQSHning shimolidagi bir qancha har xil mehmonxonalarni xususiylashtirdi. Keyinchalik 1994 yil Yaponiyaning Aoki Corporation korporatsiyasidan The Westin Hmehmonxona kompaniyasini sotib oldi. 1998 yilda Starwood ITT Sheraton kompaniyasining Sheraton, Four points by Sheraton and The Luxury Collection brendalarini o’zlashtirdi.1999 yil Starwood “W Hotels” brendini yaratdi.Bu brendning yuqori darajadagi mehmonxonalari asosan biznesmen sayohatchilar uchun qurildi.

2012-yilga borib bunday brenddagi mehmonxonalar 500 taga yetishini ma’lum qilgan.2005- yilda Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasi tomonidan sotib oligan “Le Meridien” mehmonxona zanjiri Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasining Yevropa bozoriga bemalol faoliyat yuritishini ta’minladi.

Endi Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasining quyidagi brendlari mavjud:

Westin Hotels – Bu Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasining eng katta yuqori darajadagi mehmonxona va kurortlaridir. Bu brend Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasi tomonidan 1994 yil sotib olingan bo’lib, eng eski brendlardan biri hisoblanadi. 1930 yilda tashkil topgan.

Sheraton - Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasining eng asosiy mehmonxona zanjiri bo’lib hisoblanadi. 1937 yilda ish boshlagan bo’lib 1998 yilda Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasi tomonidan sotib olingan. Sheraton mehmonxona zanjiri mehmonxonalari luks darajadagi mehmonxonalardir.

Four Points by Sheraton –ITT Sheraton tomonidan tashkil etilgan o’rta darajadagi mehmonxonalar bo’lib hisoblanadi. Boshida bu brend “Inn” nomi bilan tashkil etilib keyinchalik esa, Sheraton nomiga o’xshatilib Four Points by Sheraton deb nomlandi. Bu brend Starwood Hmehmonxonas and Resorts Worldwide kompaniyasi tomonidan 1998 yilda o’zlashtirildi.

The Luxury Collection – ITT Sheraton tomonidan 1994 yil CIGA (Compagnia Italiana Grandi Alberghi, yoki Italian Grand Hmehmonxonas Company) Italiya mehmonxona zanjirini sotib olinishidan keyin vujudga keldi.Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasi Sheratonni sotib olgandan keyin bu brenddagi mehmonxonalar katta e’tibor berishni boshladi. Bu brenddagi mehmonxonalar oldingi faoliyati vaqtidagi belgisi St.Mark avliyosining 4 ta oti edi. Hozirgi kunda har bir mehmonxona o’zi xohlagan belgini ishlatish huquqiga ega bo’ldi.

W Hotels - Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasining eng dabdabali butik darajasidagi mehmonxonalar brendi hisoblanadi. 1998 yil birinchi “W Hmehmonxonas” mehmonxonasi New Yorkda ochildi. Keyinchalik esa xalqaro mehmonxonalari Meksika, Seul, va Istanbulda ochildi. Yevropada birinchi mehmonxonasi Ispaniyaning Barselona shahrida “W Barcelona” nomi bilan ochildi. 2010 yilda Holywoodda, Texas, Taipei, Taivan, Bali, Koh Samui shaharlarida ochilgan. Yaqinda 2011 yil 14 fevralda Marokash, Guanjou, Bankok, Parij, Afina, Sankt – Peterburg va Londonda shaharlarida keying mehmonxonalari ochildi. Kelajakda 2012 yil Singapur, Milan, Ommon, Abu Dabi 2013 yil Santa Fe da, 2016 yil Qohirada qurish rejalashtirilgan. Verbier shahridagi mehmonxonasi esa 2012 yilda va 2014 yil Riveyra shahridagi mehmonxonasa kengaytirilishga rejalashtirilgan.

St. Regis – eng asosiy luks darajasidagi brendlaridan biri. 1999 yilda tashkil etilgan. Bu nom Nyu Yorkda 1904 yil eng yetakchi mehmonxonalar nomi bilan ataldi. John Jacob Astor IV tomonidan qurilgan, u yana Astoria mehmonxonasini (hozirgi nomi Waldorf - Astoria) va u mashhur Titanik kemasida bo’lib dunyodan o’tgan.

Le Méridien – 1972 yilda Air France aeroport kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo’lib 2005 yilda Starwood Hotels and Resorts Worldwide kompaniyasiga sotilgan. Dunyo bo’yicha 130 dan ortiq mehmonxonalari bo’lib, birinchimehmonxona Fransiyada Le Méridien Etoile nomi bilan ochilgan.

Aloft – O’rta darajadagi mehmonxonalar bo’lib 2005 yilda tashkil etilgan.

Element by Westin – 2006 yilda birinchi mehmonxona Leksington shahrida ochildi. Bunday mehmonxonalar tabiatan toza, ekologik mehmonxonalar bo’lib hozir bunday mehmonxonalarga talab ko’paymoqda.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish