Buxoro Davlat universiteti 9



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana24.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#578422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qobilova Nasiba

bakteriyalar o’z dushmani viruslarga qarshi kurashish uchun 
yaratgan. 
Rekombinant molekulalarni konstruksiya qilish uchun restruksion 
endonukleazalardan foydalanishini birinchi bo’lib, 1972-yili Amerika 
olimlari Stenli Koj va Gerbert Boyer kashf etdilar. 
Bu olimlar u vaqtgacha o’zlarining plazmidlart ustidagi tadqiqotlari 
bilan mashhur edilar. Koj va Boyer g’oyasiga muvofiq, plazmidani 
restriktazalarning biri yordamida kesib, DNK fragmentlarida bir 
zanjirli uchlar hosil qilinadi. DNK ning bu erkin uchlari yopishqoq 
uchlar deyiladi, chunki bu uchlarda to’latilmagan bir chiziqli 
nukleotidlar qatori bor. Shu restriktazaning o’zi bilan donor DNK ham 
fragmentlarga bo’linadi. Ularning birida bizni qizqtiradigan genni 
saqlaydigan uchastka ham bo’ladi. Endi mana shu fragmentlarni 
kesilgan plazmidalar 
bilan aralashtirilsa
, DNK molekulasining bir 
zanjiri ichida restriktazalar yordamida hosil bo’lgan nukleotidlar 
qatori, plazmidalarning yopishqoq uchlariga komplimentlar 
bo’lganidan ula bilan tegishli megazalar ishtirokida kovalent bog’ 
orqali ulanadi. DNK xo’jayin DNK siga ulanib o’qilib ketmaydi. Buning 
uchun vositachi vector ishtirok etishi zarur. 
Rekombinant molekulalarini yaratish uchun avvalo, zarur genning 
hujayra DNK sidagi o’rnini aniqlab, uni kesib olish kerak. Endi kesib 
olingan DNK fragmentini klonirlash va vektorga bog’lash kerak. DNK 
ni klonirlash turli manbalardan ajratib olingan DNK fragmentlarini 
plazmidiy yoki virusga kiritib so’ngra bu genetik elementlarni 
bakteriya yoki achitqi hujayralarida ko’paytirish usulidir. Shu usul 
bilan DNK ning fragmenti vektorga bog’lanadi. Vektorning asosiy 
xossasi shundan iboratki, u tegishli xo’jayinda avtonom repmisirlanish 
xususiyatiga ega. Mana shu usulda olingan ekombinirlangan 
molekula klonirlash uchun juda qulaydir, u resipient hujayrada 
bemalol ekspressiya qilinadi. Navbatdagi bosqichda plazmidiy yoki 
virus genomiga ulangan DNK molekulasi bakteriya yoki achitqi 
hujayrasiga kiritiladi. Bunday sintetik genomda bizni qiziqtirgan gen 
vector DNK sining ahamiyati kam ma’lum uchastkasini almashtirgan 
bo’ladi. Bakteriya hujayrasi tez bo’linib ko’payganidan, rekombinant 
DNK ham shu qadar ko’paydi va tegishli oqsil sintezini ko’p martalab 
tezlatadi va uni sanoat miqyosida olish imkonini beradi. Gen 


injenerligi yo’li bilan bir qancha zarur garmonlar, immun tanalar 
(insulin, o’sish garmoni, interferon immunoglobulinlar), turli dorilar 
muvaffaqqiyat bilan olinmoqda. Molekulyar biologiya va gen 
injenerligining turli tarmoqlari nihoyatda dadillik bilan 
rivojlanmoqda. Lekin hali hal qilinmagan fundamental ilmiy 
muammolar, amaliyot uchun juda muhim vazifalar ko’p. Ular orasida 
birinchi 
darajali ahamiyatga ega masala
, insonning jismoniy va ruxiy 
holati, funksiyasi, imkoniyati boshqarilishining molekulyar asosini 
tushunishdilar. Endi shubha yoqki, bu sirlarning kaliti uning 
genomida. Mana shuning ham AQSHdagi va rivojlangan boshqa 
mamlakatlarda, bizning mamlakatimizda ham inson genomining to’la 
nukleotid qatorini o’rganishni maqsad qilib qoygan inson genomi 
nomli uzoq muddatga mo’ljallangan, juda qimmat turadigan 
favqulotda buyuk loyihani ishlashga kirishildi. Lekin bu ulkan vazifani 
bajarib bo’larmikin? 
Ma’lumki inson genomi butun bir dunyo, uning moddiy asosini 3 mlrd. 
nukleotid qoldig’idan iborat va mingdan ortiq gen tashkil qiladi. Lekin 
shunday bo’lsa ham, molekulyar biologiya va gen injinerligining 
bugungi kundagi xollari: metodik va tajribasi. Bu vazifani hal qilishga 
qurbi yetadi, deb ishonsa bo’ladi. 
Keying yillarda butun xromosomalar va ularning juda katta 
fragmentlarini genlardagi elektroferoz usulida ajratib olish va katta 
DNK molekulalarining strukturasini tez aniqlash 
usullari ishlab 
chiqildi
, millionlab asosga ega bo’lgan gigant DNK larni eukariotlar 
hujayrasida klonirlashga erishildi. 
Shuni aytib o’tish ham o’rinli: tarix shuni ko’rsatadi, insoniyat o’z 
oldiga doimo hal qilishi mumkin bo’lgan vazifani qo’yib kelgan. 
 
 
Shubha yoqki, “odam genomi” dek mislsiz loyihani o’z oldiga qo’ygan 
molekulyar biologiya va gen injenerligi hujayradagi har bir genning 
tuzilishi, funksiyasini, xromosomada aniq joylashgan o’rnini tayinlash; 
ularga bog’liq belgilar, xossalar, buzg’unliklarni aniqlash asosida irsiy 
kasalliklar (genom kasalliklari)ning (aniqlash asosida) oldini olish va 
davolash turli oqsillar, 
fermentlar
, garmonlar, vaksina va 


antitelalarni ishlab chiqarishh, mikroorganizmlarning yangi turlarini 
yaratish, o’simlik va hayvon genomiga odamlar uchun foydali 
xususiyat beradigan genlarni kiritish va boshqa muammolarni 
muvaffaqqiyatli hal qiladi (4-rasm). 
 
4-rasm. Rekombinant DNK olish sxemasi. 
 
REKOMBINANT DNK OLISH USULLARI 
Sun’iy sharoitda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 
1972 yilda AQSh olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga 
oshirilgan. Bu olimlar E.coli bakteriyasining xromosoma DNK siga va 
shu bakteriya plazmidasiga alohida idishlarda EcoRI restriktaza 
fermenti bilan ishlov berganlar. Plazmida tarkibida faqat 1 
dona EcoRI restriktaza fermenta tanib kesadigan maxsus nukleotidlar 
ketma- ketligi bo’lganligi sababli ferment plazmidaning halqasimon 
DNK qo’sh zanjirini 
faqat bir joydan kesib
, plazmidani «yopishqoq« 
uchli ochiq holatga o’tkazadi. Xromosoma DNK 
molekulasida EcoRI restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus 
nukleotidlar ketma-ketligi qancha bo’lsa, bu molekula shuncha 
bo’lakka bo’linadi. 
Turli xil o’lchamga ega bo’lgan DNK molekulasi elektroforez uslubi 
yordamida ajratib olinadi. Ajratib olingan «yopishqoq» uchli 
xromosoma DNK si bo’lagi ochik xolatdagi “yopishqoq” uchli plazmida 
DNK si bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tikiladi 
(ulanadi). Natijada plazmida tarkibiga xromosoma DNK bo’lagi 
kiritiladi. Shu boisdan rekombinant DNK ga quyidagicha tarif berish 
mumkin: har sanday tirik organizm irsiy molekulasining istalgan 
bo’lagini vektor molekulalariga birikishdan hosil bo’lgan sun’iy DNK - 
rekombinant DNK deyiladi. 
Rekombinant DNK olishning uchta usuli mavjud: 
 
 



 
Konnektor usuli; 

 
restriktaza-ligaza; 

 
linker molekulalaridan foydalanish usuli. 
 
Konnektor usulida - rekombinatsiyada ishtirok etuvchi DNK 
bo’lagining 3' uchiga dezoksinukleotidil-transferaza fermenti 
yordamida ma’lum uzunlikdagi oligo (dA) - segmenti ulanadi. Ikkinchi 
uchiga = esa ' oligo (dT) - segmenti ulanadi. Bu DNK buo’laklari 
aralashtirilganda dA va dT segmentlarning vodorod bog’lari asosida 
komplementar birikishi tufayli halqasimon DNK sttrukturasi hosil 
bo’ladi. Hosil bo’lgan DNK bog’i bir zanjirli bo’sh joylar DNK-
polimeraza I fermenti yordamida to’ldiriladi. 
Restriktaza-ligaza usuli - rekombinant DNK olishning eng sodda va 
oson usuli hisoblanadi. Bu usulda DNK molekulasi va vektor plazmida 
«yopishqoq» uchlar hosil qiluvchi restriktaza bilan qirqiladi va 
aralashtirilgan holda ma’lum sharoitda reassotsiatsiya qilinadi. 
Komplementarlik xususiyatiga ko’ra DNK molekulalari o’zaro vodorod 
bog’lari yordamida birikib halqasimon struktura hosil qiladi va DNK 
zanjirining birikmagan joylari DNK-ligaza fermenti yordamida 
ulanadi. 
Linker molekulalaridan foydalanish usulida - DNK molekulasiga va 
vektor plazmidaga T4 fag DNK-ligaza fermenti yordamida maxsus 
nukleotid ketma-ketligiga ega bo’lgan linker molekula ulanadi. 
Olingan ikki turdagi DNK molekulasi restriktaza fermenti yordamida 
qirqilib, aralashtirilgan holda qaytadan assotsiatsiya silinadi. DNK va 
vektor plazmida molekulalarining birikmagan joylari DNK-ligaza 
fermenti yordamida ulanadi. SHu yo’sinda rekombinant DNK 
molekulasi hosil bo’ladi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish