Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

 
4.3. 
Dunyo nigohidagi ko`rsatkichlar. O`zbekistonning iqtisodiy
mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan strategiya asoslari.
 
Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlaboq 
O`zbekistonning har bir sa'y-harakati uzoq va yaqin qo`shnilar 
tomonidan sinchiklab kuzatildi. Qulay geografik sharoitlar, 
tabiiy boyliklar va kadrlar salohiyatiga ega yosh davlat bilan aloqalarni o`rnatishga 
bo`lgan ishtiyoq yildan-yilga kuchayib borardi. Ammo ular har safar hamkorlikni 
taklif etish oldidan barqarorlikka ishonch hosil qilish uchun mamlakatimizdagi 
vaziyatni chuqur o`rgandi. Chunki investorga uning qo`yilmalari foyda keltirishi 
juda muhim: biznes, bu — biznes. 
Shunday ekan, statistik hisobotlar, prognoz parametrlari, OAVdagi 
materiallar va boshqa manbalar juda puxta, ta'bir joiz bo`lsa, lupa orqali tahlil 
etilardi. Diqqat bilan tanishgandan so`ng esa hamkorlar to`plangan dalillarni 
qoniqish bilan qayd etardi: O`zbekiston sobiq sovet respublikalari orasida 1997 


58 
yildayoq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1990 yildagiga nisbatan 12,7 
foiz oshira olgan yagona mamlakat edi. Boshqa ko`pgina mustaqil davlatlar bir 
necha yil o`tgandan keyin ham bu ko`rsatkichni, hatto 1990 yoki 1991 yil 
darajasiga yaqinlashtira olmagan edilar. 
Bunday natijalarga iqtisodiy islohotlarni asosiy maqsad qilib qo`ymagan 
holda erishildi. Bu islohotlar dastlabki davrda, avvalo, odamlarga, ularning eng 
zarur kundalik ehtiyojlarini qondirishga yo`naltirildi. Keyinchalik esa ularning o`z 
qobiliyatlarini namoyon etishi uchun sharoit yaratishga qaratildi. Buni teran 
anglagan dono xalqimiz mustaqil davlatning har bir qadamini mamnuniyat bilan 
qarshi oldi. 
O`sha yillarda ommaviy axborot vositalaridagi tendentsiyani ko`pchilik 
yaxshi eslaydi. Televidenie va gazetalar MDH mamlakatlarida ish haqi o`z vaqtida 
berilmayotgani haqidagi xabarlar bilan to`lib-toshgan edi. 1998 yildan keyin 
“rel'slar jangi” tushunchasi qo`llanila boshlandi: ya'ni o`shanda ko`mir qazib 
chiqaruvchi mintaqalarda yetti oylab maoshini ololmasdan sillasi qurigan konchilar 
asosiy transport magistrallarini to`sib qo`yishardi. Pensionerlarning ahvoli ham 
havas qilarli emasdi. Xorijlik sotsiolog Leonid Gordon ta'biri bilan aytganda, ular 
uyda o`z muammolari bilan yolg‘iz qolishdan ko`ra, namoyishga chiqishni afzal 
ko`rishardi. Ayni paytda bu davlatlarda aholining besh foizga yaqini shu qadar 
boyib ketgan ediki, ularning daromadi qashshoq qatlam vakillarinikidan 25 — 40 
baravar ortiq edi. 
“O`zbek modeli” asosida past va o`rta daromadli aholi qatlamlarining 
turmush darajasini ko`tarish bo`yicha puxta o`ylangan siyosatni amalga oshirish 
asnosida jamiyatda keskin tabaqalanishga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rildi. 
Yurtimizda 10 foiz ta'minlangan va 10 foiz yetarlicha ta'minlanmagan aholi 
daromadlari o`rtasidagi tafovut, ya'ni “detsil koeffitsienti” deb ataluvchi 
ko`rsatkich 2015 yilda 7,7 foizni tashkil etdi. Xalqaro e'tirof etilgan Jini indeksi, 
ya'ni aholining tabaqalanishi ko`rsatkichi 0,280 ni tashkil etdi va bu ko`pgina 
rivojlangan hamda rivojlanayotgan davlatlarnikidan ancha past edi. 


59 
Shu ma'noda, quyidagi raqamlar e'tiborni tortadi: 2016 yilda aholining real 
daromadlari 11 foiz o`sdi, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foiz, 
pensiya va ijtimoiy nafaqalar — 12,1 foiz oshirildi. Bu raqamlar jahonda davom 
etayotgan moliyaviy inqiroz sababli qator davlatlarda ijtimoiy to`lovlar qisqarib 
borayotgan bir sharoitda bizning davlatimiz o`z fuqarolariga qanchalik g‘amxo`rlik 
ko`rsatayotganidan dalolat beradi. 
Barqarorlik, yuqorida sanab o`tilgan omillar, shuningdek, tobora 
takomillashayotgan transport sohasi, jozibador investitsiya muhiti, xalqaro 
reytinglardagi yuqori o`rinlar — bularning hammasi O`zbekiston bilan hamkorlik 
qilishga 
tayyor 
bo`lgan 
yangidan-yangi 
investorlarni 
jalb 
etmoqda. 
Iqtisodiyotimizga, asosan, sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
yangilash loyihalarini amalga oshirish uchun kiritilayotgan sarmoyalar faqat 2016 
yilda deyarli 10 foiz ortdi va 16,6 milliard dollarni tashkil etdi. Jahon 
iqtisodiyotiga integratsiyalashayotgan O`zbekiston hududida bugun besh mingdan 
ziyod chet el kapitali ishtirokida o`zaro manfaatli hamkorlik asosida tuzilgan 
korxonalar faoliyat yuritmoqda. “O`zbek modeli” asosida amalga oshirilgan 
islohotlar ekspertlar tomonidan hamisha yuqori baholanib kelinmoqda. Xususan, 
Jahon iqtisodiy forumi O`zbekistonni eng tez rivojlanayotgan beshta davlat 
qatoriga kiritdi. 
Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik 
bo`yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigulening fikricha, O`zbekiston o`z taraqqiyot 
yo`lini bundan 25 yil avval qanday holatda boshlaganini hisobga olsak, mamlakat 
mustaqillik yillarida aqlbovar qilmas yutuqlarga erishgan. 
— Bugun O`zbekiston barcha sohada ildam rivojlanishni namoyish 
etmoqda. U o`z fuqarolarining xavfsizligini ta'minlashga, ularning moddiy 
farovonligini 
va 
ijtimoiy 
himoyasini 
yaxshilashga, 
turli 
xizmatlardan 
foydalanishlari uchun imkon yaratishga alohida e'tibor qaratadigan davlatga 
aylandi, — deydi parlament a'zosi. 
Keng ko`lamli islohotlar natijasida O`zbekiston iqtisodiyoti bir necha 
barobar o`sdi, aholi nufusi bir yarim marta ko`paygan bo`lsa-da, jon boshiga 


60 
daromad ko`rsatkichlari sezilarli darajada ortdi. Shaharu qishloqlarimiz qiyofasi 
tubdan o`zgardi, zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma vujudga 
keldi. Bularning barchasi taraqqiyotning “o`zbek modeli” hayotga muvaffaqiyatli 
tatbiq etilayotganining, mamlakat hamda uning har bir fuqarosi farovonligi yo`lida 
-davom ettirilayotgan islohotlar siyosatining amaliy ifodasidir. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish