4.2. O’zbek modeli
.
“O`zbek modeli”ga hamohang ravishda istiqbolli vazifalar
belgilab olindi. Islom Karimov “Biz kelajagimizni o`z qo`limiz
bilan quramiz” asarida qayd etganidek, respublikada iqtisodiy islohotlar va
yangilanishlar dasturini amalga oshirishning dastlabki kunlaridan boshlaboq,
asosiy e'tibor iqtisodiyot tuzilmasini muayyan ravishda yaxshilash, uning bir
tomonlama, xom ashyo bazasi sifatidagi yo`nalishidan voz kechishga qaratildi va
hozir ham shunday qilinmoqda. Mustaqillikka erishgunga qadar O`zbekiston
totalitar, mustabid tuzumning paxta bazasi hisoblanar va ana shu xom ashyoni
53
boshqa mintaqalarga ham yetkazib berardi. Turmush darajasi esa nihoyatda past
edi: 1990 yilda O`zbekistonda umumiy daromadlari yashash minimumidan past
bo`lganlar aholining 70 foizini tashkil etardi, boshqa respublikalarda esa bu
ko`rsatkich 30 foizdan ko`p emasdi. Mavjud korxonalar ichki bozor ehtiyojlari
uchun emas, balki olib chiqib ketilishi uchun mahsulot ishlab chiqarardi. Shu bilan
birgalikda, agar o`sha payt xaritasiga nazar tashlansa, ishlab chiqarilayotgan sanoat
mahsulotining 50 foizi faqat Toshkent shahri va Toshkent viloyatining, qolgan 50
foizi esa boshqa viloyatlarning hissasiga to`g‘ri kelardi.
— Sobiq tuzum shu qadar mafkuralashgan ediki, xo`jalik yurituvchi
sub'ektlarning faoliyati iqtisodiyot qonunlariga emas, dogmalarga bo`ysunardi, —
deydi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qoshidagi O`zbekistonning eng yangi
tarixi masalalari bo`yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi direktori
o`rinbosari Muhsinjon Xolmuhamedov.
— O`sha paytda yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi, bor-
yo`g‘i, 14 foizga yaqin edi, xolos. Bir vaqtning o`zida sobiq markaz juda katta
miqdordagi moliyaviy mablag‘larni o`z g‘oyalarini Afrika yoki Amerika
qit'alaridagi mamlakatlarga singdirish uchun yo`naltirardi. Yangi maktablar
qurishga esa mablag‘ topilmasdi. XX asrning so`nggi o`n yilliklarida ana shunday
sharoitlarda yashagan odamlar ishlab chiqarishda, sog‘liqni saqlash va boshqa
sohalarda yuzaga kelgan turg‘unlikni ko`rib, kelajakka bo`lgan ishonchni
yo`qotgan edilar.
Boshqacha aytganda, mafkuraviy dogmalardan xoli shunday yangicha
tafakkurni shakllantirish zarurati paydo bo`ldi, toki u butun jahon tamadduni va har
bir alohida mamlakatning sifat jihatidan yangi bosqichga o`tishi uchun turli yo`llar
mavjudligini ko`rsatib bersin. O`zbekistonda uzoq vaqt davomida yuzaga kelgan
muammolarni hal etish uchun tamomila yangi yondashuv ishlab chiqildi. U
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning har bir bosqichida maqsad va ustuvor
vazifalarni aniqlashtirish, ularni bajarish uchun zarur bo`lgan mexanizmlarni
yaratish, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta'minlashni o`z ichiga oldi. Muhimi, bu
54
ishlar ko`zbo`yamachilik, o`z-o`zini aldash va yutuqlardan esankirashlarsiz,
vazminlik bilan olib borildi, aynan shuning uchun ham samarali bo`ldi.
Yuqorida nomi keltirilgan L. Levitinning yozishicha, O`zbekiston qulay
geografik joylashuvga ega bo`lib, mintaqaning transport, energetika va suv
tizimlari markazida joylashgan. U aholi soni jihatidan ham, ilmiy-texnik salohiyati,
noyob tabiiy-iqlim sharoitlari, qadimiy dehqonchilik madaniyati va mineral-xom
ashyo zaxiralari bilan ham o`z qo`shnilari orasida ustun turadi. Bu esa o`zini o`zi
oziq-ovqat bilan ta'minlashga, qishloq xo`jaligi ekinlarining qimmatli texnik
turlarini yetishtirish va eksport qilishga imkon yaratadi. Mamlakatda ekologik
jihatdan xavfsiz va jahon bozorida raqobatdosh meva-sabzavot mahsulotlarini
ishlab chiqarish uchun barcha shart-sharoit mavjud.
Mutaxassislar
fikricha,
bozor
iqtisodiyotini
totalitar,
ma'muriy-
buyruqbozlik asosida shakllantirib bo`lmaydi. Bu ikki tizim umumiy jihatlarga ega
emas, shuning uchun ham mustaqillikka erishgan paytda mavjud xo`jalik
mexanizmini takomillashtirish emas, balki butunlay yangisini yaratish zarur bo`ldi.
“O`zbek modeli” asosida bir holatdan boshqa holatga o`tildi.
Yangi sharoitga o`tish xalqning qo`llab-quvvatlashi tufayli kelgusi
taraqqiyot va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga mustahkam poydevor yaratdi.
Bu monolitning hayotiyligi keyin ham bir necha bor sinovdan o`tdi. Masalan,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida respublikamiz o`z vaqtida ko`rilgan
chora-tadbirlar dasturi asosida inqirozni salbiy oqibatlarsiz yengib o`tdi.
Aniq iqtisodiy hisob-kitoblar shuni ko`rsatadiki, bozor iqtisodiyotiga
uning barcha qoidasi va talablarini joriy etgan holda o`tish oson kechmaydi. Lekin
mustaqillik ilgari mavjud bo`lmagan astoydil mehnat qilish va buning uchun
moddiy rag‘bat olish imkoniyatini taqdim etdi.
Bozor
munosabatlari
sharoitida
xalqimiz
o`zining
tadbirkorlik
qobiliyatlarini ishga solgan holda, qo`shimcha daromad manbaini topdi. Bozor
iqtisodiyotiga o`tish, shuningdek, odamlar ongu tafakkurini o`zgartirish uchun
zamin yaratdi. Aholi orasida tashabbuskorlik, o`z kuchiga ishonish hissi
shakllandi. Negaki, bozor munosabatlari odamlarni yangiliklarga befarq
55
qaramaslikka, fan va texnikaning so`nggi yutuqlarini dadil joriy etishga, kasbiy
mahoratni munosib baholashga, qisqasi, iqtisodiyot ustidan markazlashgan
boshqaruv sharoitida erishish mumkin bo`lmagan yutuqlarni qo`lga kiritishga
chorlaydi. Bozor iqtisodiyotida madaniy an'analar takomiliga yetkaziladi, ayniqsa,
u yoki bu sohada afzallikka ega bo`lgan an'analar rivojlantiriladi. Bozor
munosabatlari, bir tomondan, ishlab chiqarish quvvatlarining salohiyatidan
samarali foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, boqimandalikdan qutulib,
tashabbuskorlik va omilkorlikni rivojlantirish, mulkka egalik hissini qayta tiklash
va nihoyat, ishlab chiqaruvchining buyruqbozligidan voz kechib, uning iste'molchi
manfaatlariga xizmat qilishini ta'minlaydi.
O`z navbatida, mazkur jarayonning pirovard xulosasi Islom Karimovning
“O`zbekiston mulkdorlar mamlakatiga aylanishi kerak!” degan so`zlarida yaqqol
ifoda etildi. Respublikaning yangi taraqqiyot yo`liga va tanlab olgan modeliga
sodiqligi haqidagi fikrlar nafaqat mamlakatimiz, balki global miqyosda yangray
boshladi. Birinchi Prezidentimiz Yevropa davlatlaridan biriga safari chog‘ida
mamlakatimizda kichik va o`rta mulkdorlar sinfi paydo bo`lgan taqdirdagina
jamiyatimiz taraqqiyot va demokratiya sari dadil odim tashlay olishini ishonch
bilan ta'kidlagandilar.
Shunda mulkka munosabatni tubdan yangilash maqsadida o`zgarishlar
qadamma-qadam amalga oshirila boshlandi. Uning mohiyati mulkni davlat
tasarrufidan
chiqarish,
xususiy
tadbirkorlikni
qo`llab-quvvatlash,
qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish g‘oyasiga asoslanardi. Bu esa iqtisodiyotni
bosqichma-bosqich yangilashda poydevor bo`ldi va uning samaradorligi jahon
hamjamiyati tomonidan alohida e'tirof etildi.
Ishbilarmon doiralar hamda tahlilchilar fikricha, oqilona va uzoqni
ko`zlagan siyosat bugungi kunda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchil
davom ettirilmoqda, amalga oshirilayotgan islohotlar esa nafaqat samarali, balki
O`zbekiston singari bozor iqtisodiyotini rivojlantirish sari yuz tutgan boshqa
davlatlarga amaliy o`rnak bo`la oladi.
56
Aytish kerakki, mustaqillik tufayli xususiy sektor beqiyos imkoniyatlarni
qo`lga kiritdi. 50 ga yaqin me'yoriy-huquqiy hujjatlar qayta ko`rib chiqildi va
ishbilarmonlik
muhitini
yaxshilash
maqsadida
to`ldirildi.
Jahon
banki
ma'lumotlariga ko`ra, agar bundan o`n yil avval o`z ishini yo`lga qo`yish uchun
tadbirkorga 276 kun kerak bo`lgan bo`lsa, ayni paytda bu jarayon O`zbekistonda
bir haftadan kam muddatni talab etadi va yuqori daromadli mamlakatlar
ko`rsatkichiga mos keladi. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan bunday
ishlar xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning reytingida aks etmoqda. Misol uchun,
qisqa davr ichida mamlakatimiz deyarli 70 band bo`yicha ko`rsatkichlarni
yaxshilagan.
Izchil amalga oshirilayotgan siyosat tufayli bugun O`zbekistonda
tadbirkorlik
faoliyatidan
olinayotgan
daromad
MDH
mamlakatlaridagi
ko`rsatkichlardan yuqori. Yangi mingyillikka o`tish bo`sag‘asida kichik biznesning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizni tashkil etgan bo`lsa, bugungi kunda,
Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida keltirilganidek, 56,9 foizga
yetgan. Agrar sohadagi tub burilishlar natijasida qishloq mehnatkashlarining
qarashlari ham o`zgardi. Har bir fermer va dehqon o`zini yerning haqiqiy egasidek
his eta boshladi. Aynan egasidek, xo`jayinidek emas — buning katta farqi bor.
O`zini va oilasini boqayotgan yerning holatiga, uni qayta ishlashga mas'uliyat bilan
yondashadigan, hosildorlikni oshirish va mahsulotni saqlash uchun jon
kuydiradigan, boshqacha aytganda, natijadorlikka va o`z qobiliyatini to`la
namoyon etishga intiladigan bo`ldi.
Ayni paytda O`zbekistonda ish bilan band aholining to`rtdan uch
qismidan ko`prog‘i xususiy sektorda mehnat qiladi. Ularga xom ashyoni
zamonaviy texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash hajmini ko`paytirish,
tayyor mahsulotni eksport qilishni oshirish, xizmat ko`rsatish sohasini
rivojlantirish vazifalari ham yuklatilgan. Bundan chorak asr muqaddam umuman
mavjud bo`lmagan mulkdorlar va tadbirkorlar bugun iqtisodiyotning yetakchi
kuchiga aylandi. Aholini sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, yuqori qo`shimcha
57
qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish, zamonaviy xizmatlar ko`rsatish,
yangi ish o`rinlari yaratish masalalarida ular asosiy rol' o`ynamoqda.
Samaradorligi
tan
olingan,
chuqur
o`ylangan
chora-tadbirlar,
O`zbekistonni ishbilarmonlik muhitini isloh etish bo`yicha jahondagi kuchli
o`ntalikka kiritgan Jahon banki e'tirof etganidek, izchil davom ettirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 5 oktyabrdagi xususiy sektor rivojida
yangi sifat bosqichini boshlab bergan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal
rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va
ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-
tadbirlar to`g‘risida”gi Farmoni ishbilarmonlar doirasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Davlatning qo`llab-quvvatlashidan ilhomlangan tadbirkorlar safi o`tgan yil
davomida yana 32 mingta ko`paydi.
— O`zbekiston rahbariyati balandparvoz siyosiy bayonotlar bermaydi,
siyosiy oldi-qochdi bilan shug‘ullanmaydi, — deb qayd etgan edi “Mir govorit”
gazetasining bosh muharriri Viktor Matyashov (Rossiya). — U iqtisodiyotni yo`lga
qo`yish, -davlat qurilishi borasida aniq ishlarni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |