3.2. O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi.
O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.
80-yillar
oxiri
90-yillar
boshlarida
O’zbekistonda
mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish
shart-sharoitlari vujudga keldi. 1989 yil oktyabrda “Davlat tili to’g’risidagi
qonun”ning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga
oshirish maqsadida O’zbek tilini o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi
adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishga e’tibor
kuchaydi. 1990 yil bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Prezidentlik
lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi
bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlarga tavsiya
qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.
I.A.Karimov 1990 yil 14 martda O’zbekiston Oliy Kengashida
O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik
43
to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini
huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga
ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi
keng qo’llab-quvvatlandi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti
XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren
O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori
va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun
qabul qilindi hamda 1 sentyabr-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu
asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarni ko’rsatib berdi.
Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u
nafaqat butun davlat uchun, O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta
ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi.
Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana
bir mustaqil, teng huquqli davlat-O’zbekiston paydo bo’ldi. Jaxon hamjamiyati uni
tezda tan ola boshladi. Darhaqiqat, Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir-birini tan olish,
bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o’zaro munosabatida ham, davlatlar
o’rtasidagi aloqalarda ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy
mezonlar asosida yashash demakdir. Mustaqillik – jamiyatdan ajralmagan holda dunyo
muammolari va o’z taqdiri bilan bog’liq bo’lgan istiqlol haqida o’ylashdir. Mustaqillik
– erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil demokratik respublikaning tashkil topishi jahonshumul tarixiy
ahamiyatga ega bo’ldi. Xalqning asrlar davomidagi mustaqillik uchun kurashi
ro’yobga chiqib, mamlakatda huquqiy, demokratik jamiyat shakllanishiga shart-
sharoit yaratildi. O’zbekistonning boy imkoniyatlaridan xalq turmushini yaxshilash
uchun foydalanish mumkin bo’ldi.
Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishda har xil salbiy holatlar
tug’diradigan «falaj» yo’li bilan emas, asta-sekinlik bilan o’tish yo’lini tanladi.
Istiqlolga erishgan xalqimiz jaxon minbarida o’z manfaatlari haqida bor ovoz bilan
gapirish, xalqaro tashkilotlar ishida faol qatnashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Eng
44
asosiy natijalardan yana biri-xalqning tarixiy merosini o’rganish, ma’naviy
qadriyatlarni tiklash imkoni tug’ildi. O’zbekistonda mustaqil sharoitda siyosiy va
iqtisodiy qayta qurishlar amalga oshirila boshlandi, birinchi navbatda mustaqil
davlatning huquqiy asoslari yaratildi. 1991 yil 18 noyabrda Respublika Oliy Kengashi
VIII sessiyasi 1991 yil 29 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga va
Mustaqil g’oyasini butun xalqning muhokamasidan o’tkazish to’g’risida qaror qabul
qilindi. Saylov komissiyalari tashkil qilinib, ularga O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga saylovlar va referendum to’g’risidagi qonunning bajarilishini
ta’minlash, O’zbekiston fuqarolariga o’z xohishlarini erkin bildirish, Prezidentlikka
nomzodlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish vazifalari yuklandi. 29 dekabrda
muqobillik asosida o’tkazilgan saylovda Islom Abdug’aniyevich Karimov nomzodiga
saylov qatnashchilarining 86 foizdan ko’prog’i o’z ovozini berdi.
Markaziy Saylov komissiyasi okrug komissiyalari bayonnomalarni ko’rib siqib,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov haqidagi qonunning 35-moddasiga
asosan I.A.Karimov birinchi O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi to’g’risida
qaror qabul qilindi. I.A.Karimov 1991 yil 31 dekabrdan o’z vazifasini bajarishga
kirishdi. Prezidentlikka saylovlar bilan bir vaqtda «O’zbekiston Respublikasi davlat
mustaqilligini qo’llab-quvvatlaysizmi?» savoli bo’yicha referendum ham o’tkazildi.
Ovoz berishda ro’yxatga olinganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Qatnashganlarning 98,2
foizi mustaqillikni qo’llab ovoz berishdi.
Mustaqil O’zbekiston bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat
qurish uchun boy tabiiy resurslar va keng imkoniyatlarga egadir. O’zbekistonda
foydali qazilma boyliklarining 2.700 dan ortiqroq o’rni aniqlangan. Har yili
Respublika hududidan 5 mlrd. dollardan ortiqroq qimmatdagi foydali yer osti
boyliklari qazib olinmoqda. Respublika oltin zahirasi bo’yicha jahonda to’rtinchi,
qazib chiqarish bo’yicha jaxonda 7-8 o’rindadir. Rangli metallar, fosforitlar, tabiiy
gaz, neftь, ko’mir va boshqalarning zahira manbalari aniqlangan.
O’zbekiston yeri juda ham hosildor bo’lib, bu yerda paxta, don, sabzavot va
mevalardan yuqori hosil olish mumkin. Respublika energetikasi bugun 11 mln.
kilovatt-quvvatdan ko’proq kuchga ega bo’lgan, 37 issiqlik va gidroelektrostansiyani
45
o’z ichiga oladi. Transport yo’llari bo’yicha katta imkoniyatga ega. Respublikada
sanoatning 100 dan ortiq sohasiga oid 2 ming atrofida zavod va fabrikalar ishlab
turibdi. Mustaqil O’zbekiston moddiy boyliklar bilan birga katta ilmiy va ma’naviy
imkoniyatlarga ham ega.
Har bir mustaqillikka erishgan davlat o’z ramzlariga ega bo’lishi kerak. 1991 yil
18 noyabrda Respublika Oliy Kengashining VIII sessiyasida O’zbekiston davlat
bayrog’i tasdiqlandi. Uning belgilari mamlakatimiz hududidagi qadimda mavjud
bo’lgan yirik saltanatlarning tug’laridagi an’analarini davom ettiradi hamda xalqning
milliy va madaniy o’ziga xosligini, Respublika tabiiy sharoitini aks ettiradi.
O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining 1992 yildagi X sessiyasida O’zbekiston
Respublikaning davlat gerbi to’g’risidagi qonun, 1992 yil 10 dekabrdagi XI
sessiyasida O’zbekiston Respublikaning davlat madhiyasi to’g’risidagi qonun qabul
qilindi. O’zbekiston Respublikaning davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz
mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo’lib, buyuk kelajakning huquqiy
kafolatidir. Yangi Konstitutsiyani tayyorlash g’oyasi 1990 yilning mart oyida ilgari
surila boshlandi. Ko’p o’tmay, iyunь oyida Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida
I.A.Karimov boshchiligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya
mustaqillikning huquqiy asoslariniishlab chiqarish jarayonida xalqaro huquq
qoidalariga, Birlashagn Millatlar Tashkiloti hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlariga
Deklaratsiyasiga tayanadi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruvi va
adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi. Loyihaning dastlabki
nusxasi 1991 yil noyabrida tayyorlanib, har tomonlama ko’rib chiqildi va 1992 yilning
sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi.
Tuzatishlar va aniqlashlar - loyihaning 60 dan ortiq moddasiga kiritildi.
1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublika Oliy Kengashining XII chaqiriq XI
sessiyasida Mustaqillik Konstitutsiyasi qabul qilindi. Uning mohiyati Asosiy
qoidalar bo’limida bayon etilgan. Bu qoidalar: davlat suvereniteti; xalq hokimiyati;
fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish; shaxs va davlat birligini ta’minlash;
qonuniylik; jamiyatni ajratish; mahalliy o’z o’zini boshqarish; sud tizimi va odil
46
sudlovni tashkil qilish va boshqalardan iborat. Konstitutsiya preambula, 6 bo’lim,
26 bob, 128 moddadan iborat. Mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasi fuqarolarning
inson huquqlari demokratik partiyasi bo’lib, insonparvar huquqiy davlat
shakllantirishning strategik dasturidir. Uning qabul qilinishi g’oyat katta siyosiy,
huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi barcha
qonunlarning va boshqa davlat va jamoat tashkilotlari huquqiy hujjatlarining asosi
bo’lib xizmat qiladi. Jaxon sivilizatsiyasida alohida o’rin tutadigan,ko’p asrlik boy
tarixga ega O’zbekiston diyorida butun dunyoga nomi ketgan olimlar, davlat
arboblari voyaga yetgan. Buyuk zotlarni buyuk xalq, buyuk el yaratadi.
Xalqimizning ko’p yillar davomida olib borgan kurashi natijasida qaror topgan
mustaqil O’zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurish
stixiyali (ko’r-ko’rona) ravishda emas, balki ilm-fan yutuqlariga, jahon
taraqqiyotining, xususan, buyuk zaminimizda yaratilgan tarixiy tajribalarga
asoslangan g’oyalarga amal qilib ro’yobga chiqadi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq
davlatchilik poydevori yaratildi, hokimiyatning yangicha, o’zimizga xos va mos
bo’lgan ko’rinishlari paydo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati
organlarining ko’rinishi quyidagicha: Qonun chiqaruvchi; Ijro etuvchi; Sud
hokimiyati; Ommaviy axborot vositalari. O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashi
1994 yildan Oliy Majlis deb ataladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2004
yildan ikki palata: Senat va Qonunchilik palatasiga bo’lingan.
Asrlarga teng shu qisqa vaqtda erishilgan yutuqlar: mamlakatda o’rnatilgan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik, tarixiy, diniy qadriyatlarimizning tiklanishi
jamiyatda o’rnatilgan osoyishtalikni, mustaqil O’zbekiston Respublikasining xalqaro
jamiyatda tutgan o’rnining ortib borishini butun xalqimiz, jahonning yirik davlat
arboblari Islom Karimov nomi bilan bog’laydi.
Dunyo mamlakatlarida yangi jamiyat qurishning «O’zbek modeli» ga (o’zbek
yo’li) uning asoschisi va yo’lboshchisi I.A.Karimovning siyosiy chizmasiga qiziqish
ortib bormoqda. 1996 yili Venada (Avstriya) «XX asr xalqlar dohiylari» nomida bosib
chiqariladigan kitoblarning bir jildi O’zbekiston Prezidentiga bag’ishlangan. Kitob
mualliflaridan biri, garvard Universitetining professori Donald S. Karlayl «…Islom
47
Karimov kommunizmdan keyingi O’rta Osiyo mintaqasidagi eng buyuk davlat
arbobidir» deb tan beradi.
SSSRda, chunonchi O’zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har
tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to’lib-toshib turgan bir paytda
I.A.Karimovning, avvalo O’zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun,1989yil), keyin
Prezidentlik lavozimiga (mart,1990yil) tayinlanishi bejiz emas edi. Vaqti, soati yetgan,
lekin jon saqlash uchun o’zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan
mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun
sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib yetgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom
Karimovdek rahbar kerak edi.
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga
asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning
kundalik dasturini tashkil qiladi. Shuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida
O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so’nggi
talvasasi, og’ir sharoitlarda O’zbekiston hukumati tutgan yo’li (1989-1990 yillar)
haqida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlab
yozgan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko’rsatgan.
G’arb va Sharqning rivojlangan mamlakatlari ko’p yillik taraqqiyot yo’llarini, o’zbek
davlatchiligini ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o’rgangan holda yaratilgan
I.A.Karimov asarlarida mustaqil O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo’nalishlari, butun dunyoda
tan olingan bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari
to’g’risidagi ta’limot yaratildi. Istiqlolning, boshlang’ich bosqichida yorug’likka
chiqkan «O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston - bozor
munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» va boshqa asarlarida bayon etilgan
O’zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik «O’zbekiston XXI asrga
intilmoqda» asarlarida bayon etib berildi. Islom Karimov donoligining yana bir
ko’rinishi bozor munosabatlariga o’tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida
48
ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab
ko’rsatganligidadir.
Parchalangan Ittifoq o’rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida
ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning «Jamiyatimiz
mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin», «Donishmand
xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman» asarlarida, «Istiqlol va ma’naviyat»
(hujjatlar to’plami) kitobi va boshqa ko’plab maqolalarida bayon etilgan bo’lib,
ma’naviyat- kelajagi buyuk O’zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik
mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O’zbekiston xalqini
«O’zbekiston-vatanim manim» shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun
birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o’rni ko’rsatib beriladi. Ma’naviy-ma’rifiy,
mafkuraviy ishlarning yangi jamiyat qurishning zaruriy sharti sifatida qo’yilishi, o’ziga
xos,o’zbek modelining ustivor tamoyillaridan biridir. I.A.Karimov yangi jamiyat
qurishda milliy, diniy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga, shu maqsadda Vatanimiz
tarixini xolisona, yangicha yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Prezident istiqlolning
dastlabki kunlarida (1992 yil yanvar): «Tarixga, merosimizga bo’lgan munosabat
tubdan o’zgartirilishi lozim, yangi darsliklardan tortib oddiy kitoblargacha -
hammasiga haqiqat yozilishi shart», deb aniq vazifa qo’ydi.
Vatan tarixini o’rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o’rni,
ahamiyati masalalari I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (1998 yil
avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi. Yurtboshimiz haqqoniy tarix
millatining o’zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy
ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko’rsatadi.
I.A.Karimov har bir «siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo’lsa,
o’z xalqining tarixiy o’tmishini bilishi shart», deb vazifasini keskin qo’yadi. O’tmish
davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning
har xil usullarini ishlatishni, kerak bo’lsa qattiq qo’llikni talab qiladi. I.A.Karimov
shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo’llab ishlamoqda.
1992 yil Moskvaning «Komsomolьskaya pravda» gazetasi muxbiri:
«Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda», desa, unga javoban
49
I.A.Karimov «Ha, buni men yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib
ko’rsatishni juda hohlaydilar Tan olaman; ehtimol mening harakatlarimda
avtoritarizm nishonalari bordir. Amma men buni faqat bir narsa bilan izohlayman:
tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan paytda, ayniqsa
bir tizimdan ikkinchisiga o’tish davrida har holda kuchli jamiyat zarur. Qon
to’kilishiga va qarama-qarshilikka yo’l qo’ymaslik, mintaqada millatlararo va
fuqarolarning totuvligi, tinchligi va barqarorligini saqlash uchun shunday bo’lishi
zarur. Bu yo’lda men jonimni fido qilishga tayyorman», deb javob bergan edi.
O’zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug’i-mamlakatda
o’rnatilgan tinchlik, osoyishtalik tartib-intizomdir. Respublika aholisining mutloq
aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning yetakchiligida
erishildi deb hisoblaydi. I.A.Karimov yangi davrning jaxon miqyosidagi davlat arbobi.
O’zbekiston xalqining buyuk yo’lboshchisi, mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar
va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.
O’zbekiston Respublikasini juda ko’plab davlatlar tan oldi va jahonning ko’pgina
nufuzli tashkilotlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa sohalarda hamkorlik
qiladi. U o’z tashqi siyosatini olib borishda quyidagi tamoyillarga tayanadi:
1.
Davlat
milliy
manfaatlarining
ustunligi;
2. Xalqaro huquq normalarining davlat ichki huquq normalaridan ustunligi;
3.Boshqa
davlatlarning
ichki
ishlariga
aralashmaslik;
4.Terrorizm, narkobiznes va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
5.Bir davlatga yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik;
6. Tinchlik va mustaqillikka sodiqlik va h.k.
1992 yil fevral oyida YEXHT va shu yilning 2 martida BMTga a’zo bo’lib kirishi
uning siyosiy hayotida keskin burilish yasadi. Undan tashqari, O’zbekiston 1995 yil
iyul oyida esa NATOning “Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturiga a’zo bo’ldi, Xalqaro
Valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporotsiyasi Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki, YuNESKO va h.k.lar bilan mustahkam aloqalarni o’rnatdi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, O’zbekiston xalqi asriy orzusi – mustaqillikni
qo’lga kiritdi, shu davr ichida jahon xaritasidan munosib o’rinni egalladi. Bunyodkor
50
O`quv maqsadi
O`zbekistonning o`ziga taraqqiyot yo`li, “o`zbek modeli”
va iqtisodiy, ijtimoiy o`zgarishlarni o`rganish.
xalqimiz o’z salohiyati bilan davlat va jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shib
kelayotir. Har bir fuqaro o’z imkoniyatini to’liq yuzaga chiqarish uchun barcha
sharoitlar mavjud. Bu mustaqillikning buyuk ne’matidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |