2.2. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati.
“Paxta ishi”, “O’zbek ishi” nomli kompaniyalar. Aholi turmush
tarzining og’irlashuvi. Orol fojeasi. Farg’ona voqealari.
Xalqimizning juda boy tarixi uning madaniyati, o’ziga xos
noyob xususiyatlarni bilmagan va bilishni ham xohlamagan
kelgindilar mahalliy xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildilar.
Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Milliy libos
kiyish qoloqlik deb baholandi. Milliy an’analar bo’yicha to’y qilgan, qarindosh
urug’larini milliy va diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi,
shavqatsiz jazolandi. Bu qadar xo’rlashlar xalqimizning sabr kosasini to’ldirib
bordi.
Siyosiy va mafkuraviy zug’umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o’zgara
boshladi. O’tmish va hozirgi zamon muammolari to’g’risida munozaralar, turli
qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo’ldi. Jamoatchilik paxta
yakkahokimligini tugatish, o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik
holatni sog’lomlashtirish kabi masalalarni ko’tara boshladilar.
9
N.Jo’rayev.SH.Karimov. O’zbekison tarixi.T. “Sharq” 2011-yil (II-kitob) 595-sahifa.
31
Mustabid tuzumning repressiv siyosati oqibatlari:
Ertangi kunga ishonchsizlikning ortishi
Ozgina uchqun chiqsa, lovullab yonib ketish mumkin bo’lgan vaziyat
Hukmron repressiv siyosat
Mustabid mafkura kuchning saqlanishi
Keng tarqalgan qo’rquv va vahima
Xalq kayfiyatdagi tushkunlik.
10
Mustabid tuzumdan qolgan og’ir meros:
Sog’liqni saqlash ishlarda o’ta ayanchli ahvol
Oddiy ichimlik suvi bilan taminlanmaganligi
9 million kishining daromadi eng zarur darajadan ham pastligi
60 foiz ijtmoiy infratuzilmaning nobopligi
Bir millionga yaqin ishsiz mavjudligi
“Paxta ishi”-tuxmat, tazyiq, taqib nohaq qamalishlar.
11
Xalqmizni o’z girdobiga olayotgan ijtimoiy-siyosiy hayotni isloh qilish o’z
o’rnini o’tab bo’lgan mustabit tuzumdan voz kechish, rivojlangan davlatlar
tajribasini har tomonlama o’rganish, millatimizning asriy qadriyatlarni urf-odat va
boy an’analarni yanada mustahkamlash zaruriy jarayon edi.
SSSR va O’zbekiston SSR siyosiy hayotida 1982-1985 yillarda ko’plab
o’zgarishlar roy berdi. SSSR ni qarib 18 yil boshqargan Leonid Brejnev 1982 yil
noyabrda vafot etdi. 1982-1984 yillarda Yuriy Andropov, 1984-1985 yillarda
Konstantin Chernenko sovet itifoqiga rahbarlik qildi. 1985-yil 11-martdan Mixail
Gorbachov mamlakatda qayta qurish siyosati boshlandi. 1983-yil oktayabrda
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekritari Sharof Rashidov
vafot etdi. U resbuplikani qarin cho’rak asr bo’shqargan edi. 1983-1988 yillarda
Imonjon Usmonxo’jayev, 1988-1989 yillarda Rafiq Nishonov O’zbekistonga
rahbarlik qildi.
10
A.SH.Bekmurodov va boshq. O’zbekiston mustaqillik erishish ostonasida kitobini o’rganish bo’yicha o’quv
uslubiy qo’llanma. “O’qituvchi” 2012. 100-sahifa
11
O’sh manba. 101-sahifa
32
XX asrning 80-yillariga kelganda sovet rejimi, unung siyosiy tuzumi va
xo’jalik yuritish usullari o’zning rivojlantirish imkoniyatlkarini yo’qata boshadi.
O’zbekiston SSr ning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo’lgan
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining XVI-plenumi mash’um rol
o’ynadi. Moskva ko’rsanmasi bilan plenumda qabul qilisngan hujjatlar
O’zbekistonda paxta ishi den nomlangan siyosiy qatog’onlarni bo’shlab berdi. SSSR
bosh prokurori huzurida maxsus tergovchilar guruhi tuzilib, ular T.X.Gidlayan va
N.V. Ivanov rahbarligida O’zbekistonga yuborildi. 1983-1987 yillarda Moskva,
Leningrad va boshda shaharlardan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekistonning
partiya, sovet, ma’muriy xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga
yuborilgan edi. 1985-1990 yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydurma
bo’yicha 40000 kish tergov qilindi, ulardan 5000 nafar kishi sohta ayblar bilan
jinoyiy javobgarlikka tortildi.
Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda O’zbek xalqi badnom etilib,
paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “o’zbeklar ishi” ga aylantirildi.
Markazdan yuborilgan komunistik amal parazlar o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni
avj olodirdilar. Qatag’on qilichi eng avallo Shaof Rashidov xotirasiga qarshi
ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan suniy ibora oylab topilib undan Sharof
Rashidovning o’limidan so’ng badnom qilish va shuxratini yerga urishga
foydalanildi. Xullas sovet rejimining paxta ishi oqibatida O’zbekistonda minglab
kishilar nohaq ravishda jazolandi.
Farg’ona fojiasi 1989 yilning may-iyun oylarida Farg’onada fojiali
voqealar
sodir bo’ldi. 45 yil muqqadam Stalin bedodligi natijasida o’z eridan
badarg’a qilingan mesxeti turklarini o’zbek xalqi o’z bag’riga olgan, ularga
mehribonlik qilgan edi.
Tub erli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog’lab, inoqlashib
yashardilar. Biroq 1989 yil 20 mayda Quvasoyda tub erli aholi bilan mesxeti
turklari guruhlari o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. Respublika rahbariyatining
voqeani to’g’ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko’rmaganligi
oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to’kilishiga olib
33
keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so’ng Marg’ilonning mesxeti turklari
zich yashaydigan «Komsomol» suv xo’jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit,
uylarga o’t qo’yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo’ldi. Keyingi kunlarda beboshlik
harakatlari Farg’ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat
korxonalariga, temir yo’l stantsiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga
hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana
shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 iyundan
boshlab komendantlik soati joriy etildi.
Farg’onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vazirligi ichki
qo’shinlarining 13 ming kishilik bo’linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7 iyun kuni yana
takrorlandi va tez orada Qo’qon shahriga, Rishton, O’zbekiston va Kirov (hozirgi
Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8 iyunda Qo’qonda aholining tinch namoyishi
SSSR ichki ishlar vazirligi qo’shinlari tomonidan o’qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi
halok
bo’ldi, 200 dan ortig’i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlar
natijasida jami 103 kishi xalok bo’ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo’ldi.
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qo’shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya
xodimi yarador bo’ldi, militsiya xodimlaridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat
binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma’muriy
organlar mesxeti turklarini Farg’onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda
Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga
shoshilinch ko’chiriladi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab
bo’lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg’ona viloyatidan Rossiyaning
Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko’chirib olib borib
joylashtirildi.
Farg’ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar
edi?
O’zbekiston Kompartiyasi MQning 1989 yil 23 iyunda bo’lgan XIV Plenumida
Farg’ona fojiasi bilan bog’liq masalalarni o’rganish uchun maxsus komissiyasi
34
tuzildi. Komissiyaning O’zbekiston kompartiyasi MQning 1989 yil 29
iyulda bo’lgan XV Plenumi tomonidan ma’qullangan axborotida fojiani keltirib
chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg’ona viloyati, shahar, tuman
Do'stlaringiz bilan baham: |