birinchidan
, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va
umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish.
Ikkinchidan
, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va
umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash.
Uchinchidan
, yoshlarda otashin
vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash.
To‘rtinchidan
, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash
ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik,
rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash.
Beshinchidan
, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va
20
jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida
tarbiyalash.
O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining
xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta
hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va
insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati
benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga
tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib
xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va
anglab yetmog‘imiz lozimdir.
Mahmudxo‘ja Behbudiy “Turkiston tarixi kerak” nomli maqolasida yozadi:
“Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l
ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul
etib, oxiri munqariz bo‘lib (tugab-bitib) ketganin o‘qub mundan ham istifoda
etmak mumkindir”
Nushiravon Yovushev esa “Turkiston tarixi” nomli maqolasida tarixga
quyidagicha baho beradi: “O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan
... bir bolaga o‘xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy
hayotidur”.
Tarix – xalq ma’naviyatining asosi, unda milliy g’oya, siyosat, iqtisod, madaniyat,
ma’naviyat, eng muhimi ota-bobolar o’tmishi mujassam. Bugun axborot
texnologiyalari yuksak rivoj topib, yer yuzining olis burchagida yuz bergan voqea
butun dunyoda aks-sado berayotir. Globallashuv jarayonlari kechayotgan pallada
muhtaram Prezidentimiz aytmish, “havas qilsa arziydigan ulug’ tariximiz, buyuk
ajdodlarimiz” haqidagi noyob tarixiy ma’lumotlarni dunyo ahliga faxr va g’urur
ila, baralla yetkazish imkoniyatimiz kengaydi. Qolaversa, xalqimizning taqdirida
ro’y bergan, tariximizdan o’rin olgan goh shonli, goh tushkun va fojiali hodisalar
Vatanini sevuvchi har bir insonni befarq qoldirmaydi. Tarix – faqat shu fan
sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Bu haqiqatni
chuqur anglash fursati allaqachon yetgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z
21
ma’ruzalarida ana shu muhim omilni tez-tez esga oladi. Masalan, o’tgan yilning
noyabrь oyidagi uchrashuvda davlatimiz rahbari harbiylarimizning tarix haqidagi
bilimlari bilan qiziqdi:
– Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin,
xolisona aytaylik, ulug’ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o’qigan? –
Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida
hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g’alabalari,
strategiya va taktikalarini dunyodagi ko’plab harbiy maktab va akademiyalarda
bugun ham o’rganishadi. Davlatimiz rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan
oldin albatta O’zbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi
kerakligini ta’kidladi. Ilg’or harbiy qismlarga ulug’ sarkardalarimizning nomini
berish, mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish, badiiy
kitoblar, kinolar yaratish to’g’risida ko’rsatma berdi.
Darhaqiqat, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan buyuk
ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ammo ochig’ini aytganda,
olamshumul zotlar haqidagi bilimlarimiz ko’pincha shu faxrlanish bilangina
tugashi sir emas. Masalan, tibbiyotchilarimiz stolida Abu Ali ibn Sinoning “Tib
qonunlari” turadimi? Harbiylar, umuman rahbar xodimlarning necha foizi “Temur
tuzuklari”dan xabardor? Astronomlar “Ziji Jadidiy Ko’ragoniy” asarini xuddi karra
jadvalidek bilishadimi? Al-Xorazmiyning “Al jabr val muqobala” asarini, Abu
Rayhon Beruniy asarlarini har bir maktab o’quvchisi yaxshi bilishi uchun nimalar
qilishimiz kerak?
Prezident SHavkat Mirziyoyev o’z suhbatlarida ushbu haqiqatni bot-bot
tilga oladi, bugungi islohotlar jarayonida tarixni chuqur bilishning ahamiyatini
ta’kidlaydi: “Suvorov maktabini Temurbeklar deb o’zgartirdik. Gap nomda emas,
g’oyada, mafkurada, g’ururda! Bog’chadayoq bolalarimiz Vatanni, tarixni,
madhiyani, bayroqni, Amir Temurni, Birinchi Prezidentimizni… yaxshi
o’rganishsin…”
Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining
Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutidagi beshta mustaqil
22
fondlarda jami 25 ming atrofida qo’lyozmalar, 40 mingdan ortiq toshbosmalar,
5000dan ortiq tarixiy hujjatlar ko’z qorachig’idek asrab-avaylab kelinadi. Ularda
jami 300 mingdan ziyod asarlar nusxalari mavjud, deyiladi. Ushbu institut
YUNESKOning insoniyat milliy-madaniy va moddiy boyliklari ro’yxatiga
kiritilgan. Ushbu beqiyos boyliklarimiz sinchiklab o’rganilsa, qanchalab tarixiy
filьmlar, ko’rsatuvlar uchun dastur bo’lishi mumkin! SHu o’rinda Nobelь mukofoti
sohibi, fizik olim Pyer Kyurining mana bu so’zlari esga tushadi:
«Musulmonlarning Andalusiyasidan bizga 30 ta kitob qoldi. O’sha kitoblarni
o’qib, atomni parchalashga erishdik. Agar biz yoqib yuborgan ana o’sha buyuk
Islom tsivilizasiyasiga tegishli yarim million kitoblar ham qolganida nima
bo’lardi? Darhaqiqat, agar o’sha kitoblarni yoqib yubormaganimizda, hozir
fazodagi galaktikalar orasida sayr qilib yurgan bo’lardik».
Islom tamadduniga ulkan hissa qo’shgan allomalarning juda ko’pchiligi
bizning ajdodlarimiz – Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy,
xorazmiylar, nasafiylar, buxoriylar, termiziylar, shoshiylar ekanini nazarda tutsak,
G’arb olimining fikri haqligi hamda biz qanchalik ulkan xazina sohibi ekanimiz
ayon bo’ladi. Masalan, Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro’yxatining o’ziyoq,
agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqlik kitobcha hosil bo’lar ekan!
Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino
stipendiyalari ta’sis etilishi aslo bejiz emas.
Qarorda, “buyuk vatandoshlarimiz — olimlar, mutafakkirlar va aziz-
avliyolar, shoir va yozuvchilar, sarkardalar, davlat arboblarining bebaho merosini
keng ko’lamda o’rganish va ommalashtirish maqsadida ularning hayot yo’li va
qahramonligi to’g’risida, shuningdek, dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston
eng yangi tarixining g’oyat yorqin va unutilmas sahifalari haqida hikoya qiluvchi
ilmiy-ommabop dasturlar va hujjatli filьmlar turkumlarini yaratish, «O’zbekiston
tarixi» telekanali faoliyatining asosiy vazifalari va yo’nalishlari etib belgilangan.
«O’zbekiston tarixi» telekanalining tashkil etilishi – yurtimizda
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviyat targ’iboti, turizm va
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli
23
ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi. O’tgan yili Yurtboshimiz Xorazm viloyatida
bo’lganida bu haqda quyidagi fikrlarni bildirgan edi: «Biz chet ellik turistlarni
qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin
Xorazmning, Xivaning tarixi to’liq o’rganilmagan, uni tanishtirish bo’yicha tizim
ham yo’q. SHuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan boshlab yilma-yil
o’rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo’lga qo’yish kerak. Muhim
davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo’yicha shourumlar tashkil etib, sayyoh-
larni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu
yerda ko’proq qolib, vaqtini mazmunli o’tkazsin…”
Darhaqiqat, ko’hna va tarixiy shaharlarimiz haqida deylik, “SHarif
shahar – Buxoro”, “Mardlar shahri – Termiz”, “Allomalar shahri Kesh”, “Er
yuzining sayqali Samarqand”, “Toshkentnoma”, “Xo’qandi Latif”… kabi turkum
ko’rsatuvlar, tarix kitoblari yaratilsa, qanday ulug’ ish bo’lar edi! Bu filьm va
kitoblardan faqat o’zimiz emas, balki butun jahon ahli qiziqib, havas qilib sotib
olishi uchun turli tillarga tarjima qilinsa, ayni muddao.
Bu boradagi xayrli ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Prezident
topshirig’iga muvofiq 2017 yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash va
tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo’yicha katta ishlar boshlandi.
«Axsikent» arxeologiya merosi ob’ektini muhofaza qilish va tadqiq etish
direktsiyasi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Tarixiy manbalarda, xususan,
«Boburnoma»da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko’p yozilgan. Qadimdan
bu yerda yer osti suv inshooti bo’lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan. Bu
yerda o’z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi
hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yilga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar
vayron bo’lgan. Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib
qolgan bo’lib, Farg’ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir.
Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumanida joylashgan SHohruhiya
shahri ham ana shunday mashhur tarixiy joylardan biri sanaladi. Bu manzilda
mashhur sarkarda Temur Malik va Chingizxon qo’shini o’rtasida qattiq janglar
kechgan. Bugun sokin tepaliklar ko’rinishini olgan SHohruhiyada otlarning
24
kishnashi, qilichlar jarangi, jangchilarning “urho-ur” degan hayqiriqlari bexos
qulog’ingizga chalingandek bo’ladi. Yoki SHahrisabzning Tanxoz daryosi
bo’yidagi mashhur “Navoiytepa”da qanchalar sir-sinoat yashirin! Xalq ichida
saqlangan rivoyatlarga ko’ra, bu tepalikda keshliklar Samarqandga tahsilga
borayotgan yosh Alisher Navoiyni kutib olishgan ekan. Yurtimizda bu kabi sirli,
tarixiy manzillar juda ko’p. Qamashi tumanidagi “Boburtepa”, Yakkabog’dagi
“Qirq qizlar”, yosh Temurbek poyga o’ynagan tepalik, G’uzor tumanidagi “Tohir
va Zuhra” ziyoratgohi kabi manzillarni juda uzoq sanash mumkin. Bu sirli joylar
haqida “Tarix telekanali” uchun turkum ko’rsatuvlar, hatto seriallar tayyorlash
mumkin. Asosiysi – “Tarix telekanali”ning reytingini yuksakka ko’tarish, uni
nafaqat yurtimizda, balki uzoq-yaqin yurtlarda ham mashhur qilish uchun
imkoniyatlar bisyor. Bugungi kunda kompьyuter vositasida jonlantirish
(animatsiya) imkoniyatlari yuksak taraqqiy etgan. Oqsaroy, Ko’ksaroy,
Bostonsaroy kabi mashhur qasrlarni, umuman, ko’hna shaharlar qiyofasini “qayta
tiklash”, ulkan jang manzaralarini aks ettirish mumkin. Binobarin, efir vaqtini
boshqa kanallardagi kabi reklamalar va tarjima qilingan xorijiy filmlar bilan
to’ldirish aslo shart emas. Qarorda aytilganidek, “Vatanimizning qadimiy va boy
tarixini chuqur o’rganish, ushbu yo’nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini
faollashtirish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi
asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va o’z xalqi bilan g’ururlanish
tuyg’usini shakllantirish asosida milliy o’zlikni anglash hissini mustahkamlash va
vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish”dek xayrli maqsadlarni ko’zlagan
“O’zbekiston tarixi” telekanalida buning uchun juda katta imkoniyatlar mavjud.
Muxlislar faxr-g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi maroqli dasturlarni
hozirdanoq kutishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |