18
Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar
tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda
tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy,
qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar.
Shu o‘rinda, Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu
shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joizdir: “Millatni yo‘q
qilish
uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas,
tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”.
Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga
nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR
Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfiylikda ishlab
chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix
darslarida
o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki
xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e’tiborni faqat
podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “.
Shuning uchun ham o‘tgan chorakam bir asrlik kommunistik mustamlaka
davrida O‘zbekiston tarixi tahqirlandi, soxtalashtirildi, xalq ta’limi
sohasida
o‘qitiladigan fanlar tizimiga fan sifatida kiritilmadi. Faqat, maktabning 5-
sinflaridagina “O‘zbekiston tarixidan hikoyalar” degan ”hikoyalar” predmeti
o‘qitildi. Bundan asosiy maqsad xalqimizda o‘z o‘tmishiga nisbatan nafrat ruhini
tarbiyalash va teskari tarixiy xotirani shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Bu mash’um
siyosatning “samarasi” o‘laroq muborak istiqlolning dastlabki yillarida ayrim
kommunistik mafkuraga berilgan katta tarixchi olimlar O‘zbekiston tarixini oliy
o‘quv yurtlarida o‘qitilishiga har xil bahonalar bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Bu
antiqa “qarshilik” to 1993-yilning sentabrigacha davom etdi. Mana shu o‘quv
yilidan boshlab Vatanimiz tarixi tarixda birinchi bor oliy o‘quv yurtlarida
o‘qitiladigan fanlarning orasida o‘zining qonuniy o‘rni va nufuziga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston hukumati mustaqillikdan so‘ng
Vatan tarixi haqida odilona
siyosat yuritdi. Uning millat ma’naviyati va mafkurasi, xalq ta’limida tutgan
19
o‘rniga yuksak baho berib, uni davlat siyosatining ustivor yo‘nalishlaridan biri
darajasiga ko‘tardi.
O‘zbekiston tarixi - hozirgi buyuk va muqaddas istiqlolimiz ila bir yarim
asrlik mustamlakachilik g‘aflat uyqusidan ko‘z ochib uyg‘ongan xalqimiz
istiqbolimizni
belgilashda, zamonaviy mutaxassis kadrlarni tayyorlashda eng
zaruriy dasturilamaldir.
Umuman, Ona tarixni o‘qitish va o‘rganish hozirda avj olib rivojlanayotgan
islohotchilik va yangilanish harakati davrida ijtimoiy zaruriyatgina emas, balki
hayotiy ehtiyojga aylangan. Bu ehtiyoj milliy ma’naviy-mafkuraviy uyg‘onish,
madaniy va iqtisodiy yuksalishlarga bo‘lgan ehtiyojlarning bosh mezoni
hisoblanadi. Tarixga bo‘lgan millat ehtiyojining qondirilishi taraqqiyot va milliy
uyg‘onishning asosidir.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish
shuning uchun ham
kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy
g‘oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Vatan tarixini o‘qitish va
o‘rganish yana shuning uchun ham zarurki, xalqimiz undan ruhiy quvvat olib,
dushmanga bosh egmaslik, qayta mustamlaka
qopqoniga tushmaslik, boshqalarga
bo‘ysinmaslik, begona g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar ta’siriga berilmaslik
ma’naviyatiga ega bo‘ladi. Tarixni mukammal bilish, uning mazmun va mohiyati,
falsafasini teran anglash millat uchun yuksak fazilat.
O‘zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir:
Do'stlaringiz bilan baham: