Buxoro davlat tibbiyot instituti X. P. Kenjayeva


“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/126
Sana20.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#565276
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
O`zbekistonning eng yangi tarixi

1.2.“O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsad 
va vazifalari. 
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix 
yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilanishi 
o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun 
ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va obyekt masalasi asosiy masala bo‘lib 
hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning 
oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan 
farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni 
va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning 
rivojiga katta ta’sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obyekti hamda 
vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, 
birinchidan, o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq 
beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular 
yaratgan moddiy-madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. 


10 
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga 
nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va 
hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. 
Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy 
emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe 
bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va 
oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi. 
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-
ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini 
o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak 
avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir 
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro 
bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani, 
O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to 
hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va 
tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi 
jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik 
hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning 
yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish 
makoni-obyekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy obyekt (makon)ga nisbatan 
O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) 
doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-
biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi 
bilan farqlanadi. 
Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, 
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi 
voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana 


11 
shu bir butun obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlardan iboratdir.
O‘zbekiston eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, 
inson va millat, o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini o‘zi anglashi hamda kelajagini 
belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy 
hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o‘tmishini 
o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, madaniyat, maorif, iqtisodiyot 
va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo, boshqa fanlarning hammasi ham, 
tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarix fanlari ham tarix 
fanining o‘rganish obyekti va predmeti hisoblanadi. 
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va 
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani
adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni 
to‘la yoritib berolmaydilar. 
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning 
o‘rganish obyekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. Shuning 
uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga 
chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari 
rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa 
fanlarni, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa 
fanlarning hammasi ham tarix mahsulidir.
Xulosa shuki O‘zbekiston eng yangi tarixi fani ya’ni, Vatan tarixi millat va 
Vatan taqdirini ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati 
shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix 
fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita 
bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham 
shuncha yuksak darajada bo‘ladi. 
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri 
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, 


12 
kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Masalan, 
bundan bir asr oldin Rossiyadan chiqqan lenincha «bolshevoy» lar uchun 
kommunizm qurish g‘oyasi ishonch va e’tiqodga aylandi. Buning uchun esa, ular 
hokimiyatni bosib olib, katta qon to‘kish evaziga jamiyatni o‘zgartirdi. Oxir 
oqibatda esa, bu «sotsialistik jamiyat» inqirozga uchradi. Tarixda kommunistik 
g‘oya o‘z isbotini topmadi. Tarix uning xom – xayol – utopiyadan iborat ekanligini 
74 yil ichida isbotladi. Yana bir misol: Yevropa mamlakatlari hozir 
tarix saboqlari – falsafasidan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘tmishlari 
qanchalik o‘zaro qonli va qarama-qarshilarga boy bo‘lishiga 
qaramay, Yevroittifoqqa birlashish harakatida, yagona konstitutsiya qabul 
qilmoqchi. Bular tarix falsafasi to‘g‘ri anglashining hosilasidir.

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish