Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologiya va Xalq tabobati fakulteti talabalari ishtirokida mustaqillik bu inson qadr-qimmatining kafolatidir mavzusida o’tkazilgan tadbir bayonnomasi



Download 13,3 Mb.
bet1/3
Sana20.02.2023
Hajmi13,3 Mb.
#913033
  1   2   3
Bog'liq
Axborot soatlari umumiy


Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologiya va Xalq tabobati fakulteti talabalari ishtirokida MUSTAQILLIK - BU INSON QADR-QIMMATINING KAFOLATIDIR mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
6.09 .2022yil Buxoro shahar

Qatnashdilar

TP,TB va XT fakulteti MMIBDO‘ N.Sh.Fayzullayeva, tyutor: M.A.O`roqova, 172-271-272-261-262-263-guruh talabalari

Kun tartibi


1. Mustaqillik - buyuk ne’mat
2. “Yangi O‘zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi amalda
Kun tartibidagi masala yuzasidan tyutor M.A.O`roqova so`zga chiqib, Jonajon Vatanimiz - O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘ldi. Mustaqillik xalqimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ruyobga chiqarishining mustahkam zaminidir.
Mustaqil yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
Mustaqillik... bu so‘zning qadri naqadar baland, naqadar aziz! SHukrki, bugun hur va ozod yurtda yashayapmiz, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, osuda va farovon hayoti kafolatlangan. YUrtimiz tinch, xonadonlarimiz fayzli. Tongimiz ikki kaft orasidagi muborak duolar bilan boshlanadi. Xotirjam mehnat qilamiz, barakaga yo‘g‘rilgan har bir kunimizga beixtiyor shukrona aytamiz.
Bugun O‘zbekistonning o‘z yo‘li bor, maqsadi aniq, ertasi bugunidan-da, nurli. SHiddat bilan rivojlanayotgan mamlakatimiz ravnaqi har bir sohada o‘z aksini topmoqda. Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonda, ayniqsa, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
Mustaqillik chin ma’nodagi erkinlik va tinchlik, ozod va obod Vatanda farovon hayot kechirish baxtu - saodati. Demak, shunday ekan Vatan bu yuksakliklar sari etaklaydigan ilohiy kuch-qudrat manbai. Muqaddas boylik bo‘lmish tinchlik, yuksak fazilatlardan bag‘rikenglik, jahon ibrat olg‘usi buyuk tarix, pok iymon-e’tiqot, ilmga tayanib ish tutish va ulug‘ kelajakni yaratish kabi ma’naviy yuksalish g‘oyalari jannatmakon yurtimiz chin ma’nodagi saodat maskani ekanligidan dalolatdir.
Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga etkazish maqsadga muvofiqdir.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yanada kengroq yoyilmoqda.
“Mustaqil” va “islohot” tushunchalariga mushtarak so‘zlar sifatida qarashimiz tabiiy, albatta. CHunki, faqat mustaqil davlat va mustaqil jamiyatdagina islohotlarni amalga oshirish mumkin. Mustaqil ham, islohotlar ham insonning yaxshi yashashi, munosib turmush darajasiga erishishi uchun zarur sharoit yaratdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ruyobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Yangi O‘zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi amalda
Har bir davrda barcha rivojlangan davlat va jamiyatlar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda ma’lum bir maqsadlarga elituvchi strategiyani ishlab chiqadi. Misol uchun, dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Germaniyaning ham o‘z taraqqiyot strategiyasi mavjud. 2015 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030 yil kun tartibini qabul qilib, 17 ta Global Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG)ni e’lon qilgan bir paytda, Germaniya 13 yil oldin ilgari surgan Milliy barqaror rivojlanish strategiyasiga ega edi. U 2018 yilda qayta yangilandi.
SHuningdek, bundan besh yil oldin O‘zbekiston ham o‘z rivojlanish tarixida yangi bir davrga qadam qo‘ydi. Ushbu davrda boshlangan islohotlarni amalga oshirish uchun esa xalqimiz bilan bamaslahat tarzda ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi hayotga tatbiq etildi. O‘tgan davr mobaynida ushbu Strategiya asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Quvonarlisi, qisqa vaqt ichida Harakatlar strategiyasida ko‘zlangan maqsad va vazifalarga tahlil va raqamlar asosida emas, O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z turmush tarzida his qilgan o‘zgarishlar orqali to‘laqonli erishildi.
Ayni vaqtda ushbu yo‘nalishlarda boshlangan islohotlar izchillik bilan davom ettirilmoqda. Jumladan, yangi muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylangan SHavkat Mirziyoev tomonidan boshlagan demokratik islohotlar yo‘lini yanada qat’iy davom ettirishga qaratilgan, asosiy maqsadi “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish bo‘lgan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosidagi YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi e’lon qilindi.
Inson qadrini ulug‘lash maqsadi bilan 2022-2026 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan YAngi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi xalqimiz farovonligini belgilovchi quyidagi etti yo‘nalishi bilan ahamiyatga molik:
birinchisi, inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchisi, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
uchinchisi, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
to‘rtinchisi, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish;
beshinchisi, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
oltinchisi, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
ettinchisi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Markaziy idoralarning hududiy tuzilmalar bilan ishlash jarayoniga yangicha yondashuvlar joriy etilib, eskirgan byurokratik usullardan voz kechiladi. Bunda hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tezkorlik bilan mustaqil hal etish bo‘yicha vazirlik va idoralarning vakolatlari yanada kengaytiriladi.
SHu munosabat bilan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan da’vatga qo‘shimcha qilib aytganda: “Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil shakllanmoqda.
Har bir tarmoq va hudud bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan rahbarlarning hisobot berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. SHu bilan birga, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida 2017 yilda tashkil etilgan Xalq qabulxonalari faoliyati takomillashtirilib, tom ma’noda xalq ovozini, jamoatchilik fikrini ifoda etadigan tuzilmaga aylanishi uchun qo‘shimcha huquqiy asoslar yaratiladi.
Barchaga ma’lumki, Harakatlar strategiyasi doirasida Davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va qabul qilishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, 2019 yil 3 oktyabrdagi Prezident Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Taraqqiyot strategiyasida nazarda tutilayotgan ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimining joriy qilinishi natijasida bir-birining funksiyalarini takrorlaydigan vazirlik, tashkilot va idoralar faoliyati tartibga solinib, Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas’uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizimni yaratish belgilangan. Ushbu maqsadning hayotimizga tatbiq etilishi esa yuqorida ta’kidlangani kabi fuqarolarning nafaqat sarsongarchiligining oldi olinishiga shu bilan birga, vaqt va iqtisodiyotini tejashiga imkoniyat yaratib beradi.
YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ushbu yo‘nalishda boshlangan islohotlarni ham izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish jarayoniga yangicha, zamonaviy yondashuvlar joriy etish, kadrlarning davlat xizmatiga tanlov asosida qabul qilinishini yanada takomillashtirish, ular uchun uzluksiz malaka oshirish, natijadorlikni baholash va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish mezonlarini belgilash kabilar shular jumlasidandir.
O‘tgan besh yillikda Harakatlar strategiyasi doirasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishda xalq hokimiyatchiligi mexanizmlarini kuchaytirish, davlat hokimiyati tarmoqlari mustaqilligini ta’minlash va parlamentning rolini yanada oshirish borasida qilingan ishlar o‘z samarasini ko‘rsatdi. SHu boisdan YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda ham xalq vakillari bo‘lgan senator va deputatlar alohida muhim o‘rin tutadi.
Xususan, Oliy Majlis faoliyatini yanada takomillashtirish, xalqimiz kutayotgan, YAngi O‘zbekiston taraqqiyotini tezlashtirishga xizmat qiladigan qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, qonun ijodkorligi faoliyatini demokratlashtirish va ularning ijrosini ta’minlashga qaratilgan parlament nazoratini kuchaytirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Bu borada parlament tomonidan mamlakatimiz bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash holati nazoratga olinib, joylardagi ijro idorasi rahbarlari hisobotini eshitish va natijaga muvofiq, ularga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
YAna bir muhim masala — Xalq deputatlari mahalliy kengashlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilashga oid qonuniy asoslar shakllantiriladi. SHuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritishi, davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga ham ustuvor vazifa sifatida qaraladi.
Jamoatchilik nazorati, davlat boshqaruvi va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kuchaytirishga doir dolzarb vazifalar amalga oshiriladi.
Mamlakatda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish uchun so‘z va matbuot erkinligini, fuqarolarning axborot olish hamda uni tarqatish, o‘z fikru qarashlarini erkin bildirish huquqini ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar hayotga keng joriy etiladi.
Xulosa qilib aytganda, YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ushbu yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalarning hayotga tatbiq etilishi xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, jamiyat va davlat boshqaruvining har bir nuqtasida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash va davlat idoralarini, tom ma’noda, xalqqa xizmat qiladigan maskanga aylantirishda muhim rol o‘ynaydi. SHuningdek, unda nazarda tutilgan maqsadlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi, YAngi O‘zbekistonning har bir fuqarosi bugungi turmushidan mamnun bo‘lib, yurt taraqqiyoti va rivojidan o‘zida daxldorlik hissini tuyib yashashiga xizmat qiladi.



Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish