Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologiya va Xalq tabobati fakulteti talabalari ishtirokida mustaqillik bu inson qadr-qimmatining kafolatidir mavzusida o’tkazilgan tadbir bayonnomasi



Download 13,3 Mb.
bet3/3
Sana20.02.2023
Hajmi13,3 Mb.
#913033
1   2   3
Bog'liq
Axborot soatlari umumiy

Qaror qiladi.



  1. Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va vatanga bo`lgan mehrini yanada mustahkamlash

  2. Talabalar reydini tashkil qilish, sumka va mobil telefonlarini nazoratga olish.

Tyutor M.O`roqova







Buxoro davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika, Tibbiy biologiya va Xalq tabobati fakulteti talabalari ishtirokida “Buyuk ajdodlarga ehtirom” mavzusida o’tkazilgan tadbir

BAYONNOMASI
23.09 .2022yil Buxoro shahar

Qatnashdilar

TP,TB va XT fakulteti MMIBDO‘ N.Sh.Fayzullayeva, tyutor: M.A.O`roqova, 172-271-272-261-262-263-guruh talabalari

Kun tartibi



  1. Buyuk ajdodlarga ehtirom.




  1. O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti




  1. Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va vatanga bo`lgan mehrini yanada mustahkamlash


Eshitildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan M.A.O`roqova so`zga chiqib Buyuk ajdodlarga ehtirom haqida talabalarga ma`lumot berdi. Har qanday davr va har qanday jamiyatda ham olimu ulamolar, mutafakkiru donishmandlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Elu-yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda faxrlangan, ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g‘ururu iftixorga to‘lgan.
Allohning nazari tushgan yurtimiz – O‘zbekiston zaminidan azal-azaldan o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlai jahonga tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ular aql-zakovati, tafakkur dunyosi va yuksak ilmiy salohiyatining mahsuli bo‘lgan bebaho asarlariyu buyuk kashfiyotlari ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz, balki jahon ahlining qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanadi.
Taassuflar bo‘lsinki, sobiq tuzum davridagi buyuk allomalarimizga nisbatan bo‘lgan adolatsizliklar va nohaqliklar tufayli ular o‘z maqomlariga yarasha qadr-qimmat ko‘rmay, asarlari ham munosib bahosini topmagan edi. Binobarin, xalqimiz, keng jamoatchilik u zotlarning olamshumul ahamiyatga molik boy va qimmatli merosidan bebahra bo‘lib keldilar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xalqchil va dono siyosati tufayli, aytish mumkinki, bu buyuk zotlar o‘z yurti, o‘z xalqi bag‘riga qaytib, ilm-fan rivojidagi yuksak maqomlariga yarasha munosib hurmat-e’tiborni topib keldi. Ularning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganib, keng halq ommasiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Istiqlol yillarida bu muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha e’tiborga molik ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
2014 yil 15-16 may kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuidagi nufuzli xalqaro konferensiya bu yo‘nalishda amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulug‘vor ishlardan biri bo‘ldi desak, hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoning ellikka yaqin mamlakatlaridan taniqli olimlar, mutaxassislar, ekspertlar va ilmiy markazlarning rahbarlari qatnashgan ushbu anjumanda, alohida ta’kidlanganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liq. Bunda esa, tabiiyki, buyuk ajdodlarimiz faoliyati, hayoti, o‘lmas merosi yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ahamiyatga molik merosini izchil o‘rganish va uni yanada kelajakda rivoj toptirish masalasiga to‘xtalib, Birinchi Prezidentimiz: “Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytgan edi. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!”, degan g‘oyatda purma’no so‘zlari barcha ilm ahllari uchun ayniqsa, yoshlarimiz uchun asosiy dasturulamal bo‘lmog‘i davr talabidir.
Bu yilning 28-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo renessansi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining abadiy tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, mamlakat va jahon jamoatchiligini o‘zbek mutafakkirlarining aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar va dunyoning yetakchi olimlarini ularning ishlari va kashfiyotlarini har tomonlama o‘rganishga jalb etish, ushbu beqiyos intellektual boylikni ko‘z qorachig‘idek asrash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Mazkur konferensiya 2014 yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ilmiy konferensiyaning mantiqiy davomi ekani qayd etish lozim. Konferensiyada IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining tarkibiy qismlaridan bo‘lgan islom ilmlari bo‘yicha boy meros ham muhokama qilindi.
Konferensiya ishida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud az-Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy va boshqalarning, shuningdek, Imom al-Buxoriy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Imom Iso at-Termiziy, Abu Mansur Moturidiy kabi diniy ulamolarning ilmiy merosi tahliliga alohida e’tibor qaratildi.
Mutafakkir olimlarning ilmiy faoliyati tahliliga bag‘ishlangan mamlakatimiz va xorijdagi yetakchi tadqiqotchilarning ma’ruzalarida Markaziy Osiyoda IX-XII va XIV-XV asrlarda ro‘y bergan ilmiy madaniy uyg‘onishning turli jihatlari keng yoritildi.
Darhaqiqat, benazir allomalarimizning dahosi, shaxsiyati, ibratomuz faoliyati behad ulug‘vordir. Shu ma’noda, yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida ularning muborak nomlarini tiklash, qadrlash, asarlarini qunt bilan o‘rganish maqsadida olamshumul ishlar amalga oshirildi. Xususan, bir paytlar Imom Buxoriyning abgor ahvolda yotgan so‘nggi manzili bugun dunyoga ko‘z-ko‘z etsa arziydigan ziyoratgohga aylangan. Xuddi shuningdek, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Mahmud Zamaxshariy kabi o‘nlab fozillarning tavallud sanalari bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazildi. Bularning barchasi ulug‘larga ehtirom ko‘rsatish, ulardan har tomonlama saboq olishga qaratilgan oqilona siyosat tufaylidir.
— Bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga loyiq, — deydi Ispaniyadagi San-Pablo Madrid universiteti professori Rikardo Ruiz de la Serna. — Negaki, men ushbu anjumanga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida birgina shu yilning o‘zida davlatingiz rahbari tomonidan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar qabul qilingani bilan tanishib, hayratlandim. Bunday ehtirom ulug‘ olimlar va ularning ilmiy asarlarini o‘rganishga katta turtki berishi, shubhasiz. Ushbu anjumanda “Markaziy Osiyo musulmon Renessansi merosi va dinlararo muloqot: Abu Mansur al-Moturidiy asarlarida e’tiqod va aql” mavzuida ma’ruza qilish menga g‘oyat yuksak faxr baxsh etdi”. Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan. Buning tasdig‘ini turli mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgani, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilganida ham ko‘rish mumkin. Belgiya va Latviyada Ibn Sinoga, Latviyada Mirzo Ulug‘bekka, Yaponiya, Rossiya, Xitoy va Ozarbayjonda Alisher Navoiyga, Misrda Ahmad Farg‘oniyga o‘rnatilgan haykallar xalqimiz tarixiga chuqur hurmat ifodasidir.
Ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi.


Qaror qiladi.



  1. Buyuk ajdodlarga ehtirom shiori ostida tarixiy qadamjolarga sayohat qilish.




  1. Talaba yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va vatanga bo`lgan mehrini yanada mustahkamlash.


Tyutor M.A.O`roqova








Download 13,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish