Mavzuning dolzarbligi va zarurati



Download 22,63 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi22,63 Kb.
#769393
  1   2   3
Bog'liq
Mavzuning dolzarbligi va zarurati O


Mavzuning dolzarbligi va zarurati O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, xalq ta’limi vaziri hamda madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosarining axborot tarqatish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi axborotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi shuni ta’kidlaydiki, mamlakatimizda aholining axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqini ta’minlash, jamiyatimizda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va munosib javob qaytarishni tashkil etish belgilab qo‘yildi.
Yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat kundan-kun axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tobora ko'proq qaram bo'lib borayotganligini hisobga olib, ushbu texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va juda muhim mavzuga aylanmoqda. Bugungi kunda axborot jamiyatini rivojlantirishning zaruriy sharti bu kiberxavfsizlikdir, uni xavfsizlikning texnik va qonunchilikgacha bo'lgan deyarli cheksiz ro'yxati va ularni hal qilish yo'li bilan ta'minlash mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida eng ko‘p auditoriyaga ega telekanallar ko‘proq tijoriy manfaatlarini ta’minlash maqsadi bois sifati va saviyasi past, eng achinarlisi — milliy o‘zligimizga, mafkuramizga tamomila yot g‘oyalarni ilgari suruvchi teleseriallar, dasturlarni namoyish etishga ommaviy o‘tishi axborot makonining milliylik qiyofasini sezilarli darajada yomonlashtiryapti. Axborot materiallari va media mahsulotlarini yaratish hamda uni tarqatishni huquqiy tartibga solishdagi mavjud bo‘shliqlar fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishda bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Keyingi paytlarda fuqarolarning axborotga oid huquqlari va erkinliklarini qo‘pol ravishda buzish, ularning shaxsiy hayotlariga aralashish, milliy madaniyat va qadriyatlarni mensimaslik, davlat hokimiyati institutlariga ochiqdan ochiq hurmatsizlik hamda axloq me’yorlariga zid materiallarni targ‘ib qilishga qaratilgan harakatlar ommaviy tus olmoqda1.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi ko‘magida Axborot xavfsizligi bo‘yicha MDH xalqaro ekspert forumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlarining 2019 va 2020-yillardagi sammitlarida ilgari surilgan tashabbuslar doirasida tashkil etilgan mazkur anjumanda MDH davlatlaridan 50 nafardan ziyod ekspertlar, xalqaro tashkilotlar va MDH mamlakatlarining yetakchi tahliliy markazlari vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, gibrid formatda o‘tkaziladigan tadbirda xorijiy ishtirokchilar ham onlayn shaklda qatnashishdi.
Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda xо‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axboorot xavfsizligini, xususan, kompyuter bilan bog’liq bo’lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo’nalishida alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida «...axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga о‘z vaqtida va munosib qarshilik kо‘rsatish» va kiber jinoyatchilikni fosh etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliy 4 strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish” vazifalari belgilangan. Bu vazifalarni amalga oshirishda kiberxavfsizlik sohasiga oid o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish ham e’tibor berish kerak bo’lgan muhim jihatlardan hisoblanadi.
O‘z navbatida, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan MDH mamlakatlarining qator yetakchi tahliliy markazlari mutasaddilari bilan muzokaralar olib borilib, kelgusida axborot xavfsizligi sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va birgalikda qo‘shma loyihalar, tadqiqotlarni amalga oshirishga kelishib olindi2.
Kriptografik algoritmlarning murakkabligi, ularning matematik asoslarini o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish masalasi o‘z yechimini kutib turgan muammolardan biri hisoblangan. Ularni to‘g‘ri hal qilish axborotlarni himoya qilish jarayonini mukammalashtiribgina qolmay, Oliy ta‘lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini oshirishda kriptografik algoritmlar asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.



Download 22,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish