Buxoriy hadishunos olim va atoqli muhaddis sifatida Reja: Kirish. Asosiy qism



Download 66 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi66 Kb.
#597650
Bog'liq
243 Imom Muhammad I


Imom Muhammad Ismoil Al-Buxoriy hadishunos olim va atoqli muhaddis sifatida

Reja:
Kirish.
Asosiy qism:

  1. Imom al- Buxoriy hayoti va ijodi

  2. “Al-Jomiy as-sahih” Al-adab al-mufrad asarining hozirgi mafkuradagi o’rni.

  3. Imom al- Buxoriy komil inson sifatidaHadislar va muhaddislar haqida ma’lumot

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.


Kirish.
«Hadis» arabcha so'z bo'lib, uning bir qator ma'nolari bor:

    1. yangi, yangi narsa, yangi ro'y bergan voqea;

    2. so'z, hikoya, naql, rivoyat;

    3. Muhammad payg'ambar yoki lining sahobalai haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.

Islom dini bo'yicha eng asosiy manba «Qur’on»dir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o'rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg'ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy — ta'limiy mavzularda aytgan xilma — xil fikrlari, ko'rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi.
Hadislarning yuzaga kelishni uch omil bilan ko'rsatiladi:

  1. Muhammad payg'ambar aytgan gaplar.

  2. Uning o'zi qilib ko'rsatgan ishlar.

  3. Payg'ambarimiz tomonidan ko'rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani. Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi. «Sunnat» ham arabcha so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi «yo'l, ravish, odat» demakdir. Istilohiy ma'nodi esa Muhammad payg'ambardan qolgan urf — odatlariga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning ma'no qamrovi, izohi o'z aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq —odob masalalariga, inson ma'naviyati bilan bog'liq muammolarga qaratilgan.

1.Shayx Muhammad Solix Muhammad Yusuf Al-adab al mufrat

Imom al-Buxoriy - Qur'ondan keyin turadigan mo'tabar manbaa - hadislarni to'plash va ularning eng ishonchlilarini ajratib berish orqali shuhrat topgan, dunyo xalqlari orasida eng buyuk muhaddis sifatida e'tirof etilgan alloma. Asl ismi Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil Ibn Ibrohim Ibn al-Mag'ira ibn Bardazbeh al-Ju'afiy al-Buxoriy 810 yil 20 iyul (hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni) da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa olimlardan farqli o'laroq Buxoriy tug'ulgan sananing aniqligi shundaki, uning otasi Ismoil o'z davrining ilmli odamlaridan bo"lib


oglining tug'ulgan kunini o'z qo'li bilan yozib ketgan. Buxoriyning otasi yoshlik chog'ida vafot etigan bo'lib, u asosan onasining tarbiyasini oladi.U yoshligidan aql-idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga havasi kuchli bo'lib, turli ilm-fanlarni ayniqsa hadis ilmini zo'r qiziqish bilan o'rgangan. Manbaalarda ko'rsatilishicha, u on yoshidan boshlab o'z yurtidagi turli roviylardan eshitgan hadisarni,shuningdek Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy ibn al-Jarrox kabi olimlarning hadis to'plamlarini yodlagan, ustozi Shayx Doxiliy bilan hadis roviylari haqidagi qizg'in baxslarda qatnashgan. 825 yili on olti yashar Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga haj ibodatini ado etish uchun yo'l oladi. Muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilgach, olti yil Hijozda yashab qoladi, so'ngra hadis ilmi borasidagi ilmini yanada oshirish
maqsadida o'sha paytdagi ilm-fan markazlari Damashq. Qohira. Basra, Kufa, Boq'dod kabi Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bog'dod kabi shaharlarda yashaydi. U joylardagi mashhur olimlardan hadis va fiqh ilmidan ta'lim olib.yirik olimlar davrasida ilmiy baxslar-u munozaralarda qatnashadi, ilm toliblariga dars beradi. Buxoriy hayotining ko'p qismi musofirchilikda o'tadi. Bu haqda uning o'zi: "Misr, Shorn, Mesopotamiyaga ikki marta, Basraga tort marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman deydi. Bog'dod va Kufa shaharlariga necha marta borganimni hisobini bilmayman", degan ekan. U safar chog'ida ham, bir shaharda muqum turganda ham ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to'plagan hadislarini esa oqqa ko'chirar edi.
1.Shayx Muhammad Solix Muhammad Yusuf Al-adab al mufrat 3-4 betlar

Buxoriyning yozishicha Bog'dodda yashagan chog'ida ko'pincha oy nurida ijod qilib, qorong'u kechalarda sham yorug'ida kitob yozgan.


Nishopurlik al-Hokimning yozishicha, Buxoriy ustozlarining soni to'qsonta atrofida bo'lib, ular orasida Muhammad ibn Yusuf al-Haryobiy, Ubaydullox ibn Muso al-Abasiy, Abu Bakr Abdulloh ibn az-Zubayr al-Hamidiy, ibn Royvayx nomi bilan mashhur bo'lgan Imom Is'hoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal, AN ibn al-Madiniy kabi o'sha zamonning eng peshqadam allomalari ham bor edi. O'z navbatida Buxoriy ham ko'pgina shogirdlarga ustozlik qilgan. Is'hoq ibn Muhammad ar-Romidiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayb, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso Termiziy, Muhammad ibn Nasr Marvaziy, Muslim ibn al-Xajjojkabi yetuk olimlar uning shoqirdlaridandir. Termizlik mashhur muhaddis shogirdlaridandir. Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso Termiziy Imom Buxoriyga ham shogird ham safdosh hisoblanib ularning munosabatlari nihoyatda yaqin bo'lgan. Uzoq yillar davomida Sharqning ko'plab shaharlariga safar qilgan Buxoriyumrining oxirida besh yil (863-868) Nishopurda yashab madrasalarda hadis ilmidan dars berdi. O'sha davrlarda Nlshopur musulmon Sharqidagi eng yirik markazlardan biriga aylanganligi sababli ko'p mashhur olimlar shu shaharda to'plangan edilar. Buxoriyning Termiziy bilan uchrashuvi ham aynan Nishopurda yuz berib, diyorimizdan chiqqan ikki yirik muhaddis o'trasida qizg'in ilmiy baxslar ijodiy uchrashuvlar bo"lib o'tadi. Termiziyning yozishicha u o'z asarlari uchun ko'p ma'lumotlarni Buxoriy bilan bo'lgan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga Buxoriy ham Termiziy bilimlarini yuqori baholab: "Mening sendan ko'rgan foydam sening mendan ko'rgan foydangdan ortiqroq" deb unga nisbatan chuqur xurmatini bildirgan. Arab tarixchisi Shamsuddin az-orasida shuxrat qozongan. Manbaalarda Buxoriyning 600000 ga yaqin hadisni yod bilgani qayd etiladi. Buxoriy xorijdan qaytgach vatani Buxoroda ko'plab shogird va ulomolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg'ul bo'lgan. Kopchilik uni xurmat qilgan, ammo Buxoro amiri Xolid ibn
1.Shayx Muhammad Solix Muhammad Yusuf Al-adab al mufrat 5-6 bet
Ahmad az-Zuhliy bilan Buxoriyning aloqasi buzulib qoladi. Bunga sabab amir olimdan saroyga kelib "Al-Jome" as-Sahih" va "At-Tarix" kitoblaridan uning farzandlariga saboq berishini talab qilgan. Lekin Buxoriy "men ilmni hor qilib, uni hokimlar eshigiga olib bormayman, kimga ilm kerak bo'lsa, o'zi kelsin. Ilm bormaydi, ilmga kelinadi" degan javobni aytgan edi. Amirga javob yoqmay fitnachi, bo'xionatchi kimsalarning gapiga kirib Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin Imom Buxoriy Samarqandga qarab yo'l oladi va bir muncha muddat shahar yaqinidagi Hartang qishlog'ida o'z shogirdlari va qarindosh urug'larinikida yashaydi, songra ogir kasalga chalinib, 870 yil 31 avgustda (hijriy 256 yilda) 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
2.Buxoriyning avlodlarga boy qimmatli ilmi-manaviy me'ros qoldirgan bo'lib, u yozgan asarlarining soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan "Al-Jome" as-Sahih", "Al-adab al-mufrad", "At-Tarix as-Sag'ir", "At-Tarix al-Axsat", "At-Tarix al-kabir", "Kitab al-ilal", "Birr ul-volidayn", "Asmo us-sahoba", "Kitob al-kuna" va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Buyuk alomaning buyuk asari shubhasiz "Al-Jome" as-Sahih"dir. Bu asar "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan ham mashhur
Burch bu”- shaxsiy axloqiy faoliyatini ifodalovchi ma'suliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog'liqdir. O'z burchiga sodiqlik xar bir kishiga obro", shon-sharaf keltiradi. Har bir inson o'z burchiga sodiqligi o'ziga, jamiyatga, Vatanga, mehnatga, oilaga, farzandlariga bo'lgan munosabatda namoyon bo'ladi.
Kamtarlik bu”-inson qiyofasini bezovchi bebaxo fazilatlardan biridir. Haqiqiy kamtarlik, insonparvarlik, odamiylik kabi hislatlari bilan uzviy bog'liqdir. Kamtar odam hech qachon o'zini mehnatkash xalqdan ustun qo'ymaydi. Xalq bilan doimo bir tan bir jon bo' lib yashaydi.
Mehnatsevarlik bu”-insonning bugungi hayoti va faoliyatida amalga oshiradigan jarayondir. Halol mehnat kishi xayotining mazmunini tashkil etadi. Halol mehnat bilan tirikchilik qilish va yashash inson hayotining eng oliy bezagidir.
1. Imom al Buxoriy Al-adab al mufrat
Muloyimlik-bu” himmat bilan muruvvatdir. Muloyim odam o'z himmati va muruvvati barobarida qadrlanadi. Muloyimlik- hushyorlik va sofdillikdir. Muloyim kishida insof ham diyonat ham, e'tiqodga sodiqlik ham, vijdon ham, sadoqat ham hamma hammasi bo'ladi.ham, sadoqat ham hamma hammasi bo'ladi. Muloyimlik insonni insonligini bildiradigan omillardandir.
Milliy g'urur bu”-iftixor xalqning qudratini orzu intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug' kuchdir. Milliy g'urur- xalqning, el-yurtning ulug"vorligi, xayotiyligi va haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Milliy g'urur xalqni xalq, millatni millat qilib ko'rsatadi.
Saxiylik-bu” ulug' sifat bo" lib, u pokiza kishilarga xosdir. Saxiylik bu himmat bo" lib, doimo kishini qo'lini baland ekanini ko'rsatadi. Saxiylik saxovat bo" lib, olmoq emas, balki bermoqdir. Berguvchi gado bo'lsa ham uning qo'li baland. Olguvchi shoh bo'lsa ham qo'li past.
Saxovat bu”- halol va poklik, mehnatkash, mehribon bo'lish va vijdonan ishlashdir. Sahovatli bo'lish ma'naviy-axloqiy poklanish, nogironlarga, yetim-esirlarga xayri ehson, yaxshilik qilish, ularni ko'nglini olish, moddiy yordam berish, ularning ruhiyatini ko'tarishdir.
To'g'rilik bu”-ma'naviy boylik. Togrilik tabiiy bir fazilat bo'lib, xayotning tabiiy oqimiga uyg'undir, u insonni sog'lom odamlar bilan uygundir, u insonni sog'lom odamlar bilan baxt sari yetaklaydi. To'qri odamga hamma ishonadi. Unga yordam qo'lini uzatishga tayyor odamlar ko'plab topiladi.
Hayo-odob bu” axloq fazilatlarining eng ulug'i bo" lib, nafsni tiyish, yomonlikni tark etish, behayolardan o'zini olib qochish, ehtiyotkorlik qilish va uyalish, nomus, sharafini saqlash kabilarni anglatadi.
Yaxshilik-bu” dil ravshanligi va yurak pokizaligini namoyon etuvchi insoniy fazilat. Yaxshilik, ishonch, mehr, oqibat kabi ahloq-odob sifatlari bilan chambarchas bog'langan bo" lib, qorong'ilikda ham yorishib turadi. Yaxshi fikrlar, yaxshi tuyg'ular, yaxshi kayfiyatlar, yaxshi kishi ko'nglini tog'dek ko'tarib, diliga quvonch bag'ishlaydi.
1. Al-adab al mufrat 71-72 bob 217-221 boblar
Xulosa
Hadislar hayot hodisalari haqidagi o'gitnomalardir. Aslida dinning o'zida ham bu xislat mavjud. «Din — nasihatdan iborat» degan hadis bejiz emas. Umuman, kishilarni ahillik, hamjihatlik, ittifoq bilan yashashga undash, buning oqibati xayrli va barakali natijalar bilan yakunlanishini ko4rsatish, aks holda esa parokandalik, fayzsizlik sodir bo'lishi bu o'gitnomalarda ko'rinib turadi.
Hadislar insonni samimiyatga, pokdomonlikka, mustahkam iymon va sobit e'tiqod egasi bo'lishga undaydi:
«Savobli ish qilganingizda xursand bo'lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo'lsangiz, demak, siz haqiqiy mo'mindirsiz».
Hadislarda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj bo'lgan kishilarga alohida e'tibor berlgan: «Qalbing muloyim, hojating ravo bo'lishini xohlaysanmi? Xohlasang, Yetimlarga mehribon bo'l, ularning boshini sila, o'z taomingni ularga Yedir. Shunda diling yumshab, hojating ravo bo'lur».
Ammo Yetimlar haqqini Yeyishdan tiyilmoq shart, hatto u harom qilinadi: «Ikki zaif toifa, ya'ni Yetim va ayol haqqini Yemoqlikni sizlarga harom qilaman».
Odamiylik ham hadislarda tez —tez tilga olingan mavzulardan. Bundagi asosiy e'tibor barcha insonlarni teng tutib, hurmat qilishga, barchaga mehr —muhabbat bilan qarashga tortiladi. Jumladan, «O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko"r!» deyilgan.
Shuningdek, hadislarda qo'li ochiqlik, saxovat, xayr —ehson, boshqalar dardiga sherik bo'lishning ulug'langan. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 

  1. Imom Ismoil alBuxoriy. «Al — adab al —mufrad». (Adab durdonalari). «O'zbekiston». Toshkent 1990 yil.

  2. Imom Ismoil alBuxoriy. «Al — Jome as —sahih». 

  3. Imom Buxoriy hadislar to’plami.

  4. Internet saytlari:

www.google.uz
www.ziyonet.uz




Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish