Zubayr ibn Avvom



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana31.03.2023
Hajmi1,34 Mb.
#923900
  1   2   3   4
Bog'liq
Zubayr ibn Avvom



 
 
 
 
 
Zubayr ibn Avvom 
 
 


Mashhur sahobalardan Zubayr ibn Avvom ibn Huvaylid Asadiy Qurayshiy (roziyallohu anhu)ning 
nasabi Payg‘ambarimiz (alayhissalom) nasablari bilan Kilobda tutashadi. U Xadicha onamiz 
(roziyallohu anhu) singari Bani Asad urug‘idan. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ammalari Sofiya 
binti Abdulmuttalib (roziyallohu anho)ning o‘g‘li bo‘lgan. 
Ibn Sa’d (rahmatullohi alayh) “Tobaqotul Kubro” asarida Sofiya binti Abdulmuttolib (roziyallohu 
anho) o‘g‘li Zubayrga qattiqqo‘llik bilan tarbiya berayotganini ko‘rib odamlar: “Axir uni juda 
qiynab yubording”, deganlarida: “Men uni pishisin, qat’iyatli bo‘lsin deyman”, deb aytganini 
keltirgan. 
Yillar o‘tib, onaning orzusi ushaldi. Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) baland bo‘yli, o‘ta 
chidamli bo‘lib voyaga yetdi. Unda vafodorlik, birso‘zlik, saxiylik kabi fazilatlar mujassam edi. Bir 
kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning qo‘lidan tutib: “Har bir payg‘ambarning xos 
yordamchisi bo‘lgan, mening xos yordamchim Zubayr ibn Avvomdir” deb marhamat qildilar (Imom 
Hokim).
Zubayr (roziyallohu anhu) oldiniga faqirona hayot kechirdi. Ayoli Asmo (roziyallohu anho) uy 
ishlaridan tashqari chorva boqish, o‘tin terish kabilar bilan turmush o‘rtog‘iga yordamlashdi. 
Keyinroq Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) tijorat bilan shug‘ullanib, boyib ketdi. Ammo 
saxiyligi tufayli uyida biror narsa turmagan. Katta mablag‘ tushsa, uyigacha yetib bormay, 
yo‘ldayoq odamlarga tarqatib yuborardi. 


Oysha (roziyallohu anho) rivoyat qiladi: «Payg‘ambarimiz (alayhissalom) Zubayrning uyida chiroq 
yonib turganini ko‘rdilar va “Ey Oysha, Asmo farzandli bo‘lganga o‘xshaydi. Unga ism qo‘ymay 
turinglar. Men o‘zim qo‘yaman”, dedilar. U zot chaqaloqni Abdulloh deb atadilar va xurmo bilan 
tanglayini ko‘tardilar”» (Imom Termiziy). 
Hazrat Umar (roziyallohu anhu) maslahat olgan olti sahoba, “ahli sho‘ro”ning biri Zubayr ibn 
Avvom (roziyallohu anhu) bo‘lgan. 
Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning zamoniga kelib Zubayr ibn Avvom (roziyallohu anhu) eng 
ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biriga aylandi. 
Zubayr ibn Avvom Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan bir lahza ham ajramadi. Doimo 
xizmatlarida bo‘lib, buyurilgan ishni sidqidildan ado etardi. U kishi Payg‘ambarimiz 
(alayhissalom)dan jami o‘ttiz sakkizta hadis rivoyat qildi. Hijriy o‘ttiz to‘rtinchi sanada (milodiy 
656) Basrada vafot etdi. 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish