Zubayr ibn Avvom



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana31.03.2023
Hajmi1,34 Mb.
#923900
1   2   3   4
Bog'liq
Zubayr ibn Avvom

UBAYR ibn AVVOM
, to‘liq ismi Abu Abdullo az-Zubayr ibn al-Avvom ibn Xuvaylid al-Asadiy 
al-Qurayshiy (? -656) - sahoba, makkalik ilk musulmonlardan. Asharai Mubashsharadan. 
Quraysh qabilasidan, Xadicha kabi bani Asad urug‘idan. Muhammad (sav)ga xolavachcha, 
Xadichaga esa, akaning o‘g‘li. Oishaning singlisi Asmoga uylanganligi uchun Rasuli Akramga boja 
hisoblanadi. 


12 yoshida islomga kirgan. Oldin Habashistonga, so‘ngra Madinaga ko‘chgan(hijrat qilgan)lardan. 
Muhammad(sav)ning barcha g‘azotlarida qatnashgan. 
Badr jangida dushmanga birinchi bo‘lib qilich solib hamla qilgan. Umar (ra) davrida Yarmuk 
jangida qatnashib, ikki joyidan yaralangan. Misrni fath etishda qatnashgan. 
Zubayr ibn Avvom badavlat bo‘lib, uning bir quli, hisobsiz moli, yer va bir necha uyi bo‘lgan; u 
xayr-ehson qilishni sevar, mol dunyosini Alloh yo‘lida sarflagan. Savdogarlik bilan shug‘ullangan. 
Xalifa Umar (ra)ning xalifalik uchun ajratgan 6 kishilik maslahat ashobidan edi. Usmon (ra) 
xalifaligi davrida chiqqan ixtiloflarga qo‘shilgan. Jamal jangida Aliga qarshi chiqqan, so‘ngra afsus 
chekib, orqaga qaytgan. Biroq qaytishda bir daraxt tagida uxlab yotganida o‘ldirilgan. 
Qotil Ibn Jurmuz Zubayrning boshini Aliga olib borgan. Mukofot kutgan qotilga Ali 
payg‘ambarimizning "Zubayr qotiliga jahannamga kirishini xabar beringiz", mazmunidagi 
hadislarini o‘qib bergan. Zubayr ibn Avvom payg‘ambarimizdan 38 hadis rivoyat qilgan. 
Zubayr ibn Avvom
ibn Xuvaylid. Islomni birinchilar qatorida qabul qilgan ulug‘ sahobiy, 
tirikligidayoq jannatiligi haqida xushxabar olgan “asharai mubashshara”dan biri, “Rasulullohning 
havoriysi” unvoni sohibi, Madinada birinchi tug‘ilgan bola – Abdulloh ibn Zubayr (r.a.)ning otasi. 
Kunyasi – Abu Abdulloh. Milodiy 594 (ayrim manbalarda 597) yilda Makkada, Qurayshning Asad 
urug‘i xonadonida dunyoga keldi. Otasi Avvom ibn Xuvaylid Payg‘ambar (a.s.) nasablari bilan 
Qusayda birlashadi. Onasi Safiya binti Abdulmuttalib Payg‘ambar (a.s.)ning ammalari. Ayoli – 


ulug‘ sahobiya Asmo binti Abu Bakr. 20 nafar farzand ko‘rgan – 11 o‘g‘il, 9 qiz. 
Baland bo‘yli, soqollari ingichka, yonoqlari kichkina, qotma jussali va jismonan chiniqqan kishi 
bo‘lgan. Saxiyligi, qat’iyati, vafodorligi bilan mashhur edi. 
“Dorul Arqam” vaqtidayoq islomga kirgan Zubayrni amakisi bo‘yraga o‘rab, osib qo‘yar, olov 
yoqib, tutunini unga haydar, “(Eski diningga) qayt”, derdi. Zubayr esa: “Zinhor kufr keltirmayman”, 
deb aytardi. 
Habashistonga hijrat qilinganida Zubayr ham yo‘lga otlandi. Makkada musulmonlarga munosabat 
yaxshilanibdi, degan yolg‘on gap tarqalgach, qaytib keldi. Ammo ko‘p o‘tmay yana Habashistonga 
yo‘l oldi. Keyinchalik yana Madinaga hijrat qildi. Demak, jami uch hijrat egasi hisoblanadi. 
Madinada u Salama ibn Saloma ibn Vaqsh bilan do‘st tutindi. 
Zubayr Badr, Uhud va Xandaq janglarida, Xaybar va Makka fathlarida ishtirok etgan. Bu haqda 
o‘zidan rivoyat qilinadi: “Allohga qasam, Rasululloh (s.a.v.) qay bir jang yoki sariyaga chiqqan 
bo‘lsalar, albatta, men ham chiqdim”. 
Badrda jiddu jahd bilan ishtirok etgan Zubayr boshiga sariq salla o‘rab olgan edi. Jang paytida Alloh 
izni bilan musulmonlarga yordamga tushgan farishtalar ham shu rangli sallada bo‘lgan. Bu haqda 
Payg‘ambar (a.s.): “Farishtalar Zubayr siymosida tushdi”, deganlar. 
Uhudda Payg‘ambar (a.s.) Zubayrni qo‘shinning bir qanotiga qo‘mondon qilib tayinladilar. Jang 
oldidan mushriklar bayroqdori Talha ibn Abu Talha yakkama-yakka jangga chaqiriq bilan chiqdi. 
Musulmonlar tarafdan sas bo‘lmay turganida Zubayr maydonga otildi va dushmanni yengdi. Shunda 
Payg‘ambar (a.s.): “Har bir nabiyning havoriysi bor. Mening havoriyim Zubayrdir. Odamlarning 
yakkama-yakka olishuvga chiqmay qolganlarini ko‘rdim. Agar u chiqmaganida, albatta, o‘zim 


chiqar edim”, dedilar. 
Xandaq jangi paytida musulmonlar bilan ahdlashgan Banu Qurayza qabilasi ahdini buzib, dushman 
bilan ittifoq tuzdi. Bu gap rostligini bilish va shu asosda reja qilish uchun Rasululloh (s.a.v.): “Kim 
Banu Qurayzaga borib, menga ularning xabarini bilib keladi?” deb so‘radilar. Shunda Zubayr: 
“Men”, dedi. U zot: “Senga ota-onam fido bo‘lsin”, deb aytdilar. 
Zubayr Payg‘ambarimiz (a.s.)ga boja ham bo‘lgan. U Oysha (r.a.)ning opasi Asmo (r.a.)ga uylangan 
edi. Mazkur oila Madinada farzandli bo‘ldi. Rasululloh (s.a.v.) borib, chaqaloqqa Abdulloh deb ism 
qo‘ydilar va xurmo bilan tanglayini ko‘tardilar. 
Shuningdek, Zubayr Payg‘ambar (s.a.v.)ning xos vahiy kotiblaridan biri edi. 
U Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.)ning xalifalik davrida muhim voqealardan chetda turmagan. 
Sahobiylar ichida alohida e’tiborli kishilardan biri bo‘lgan. 
Hazrat Usmon (r.a.)ning fitna sababli shahid bo‘lishi barcha musulmonlar qatori Zubayrni ham 
larzaga soldi. Qotillardan tezroq o‘ch olish payiga tushdi. Oysha (r.a.), Talha va Zubayr (r.a.) 
jinoyatchilarni jazolash uchun qo‘shin to‘plab, xalifaning qotillari turgan Iroqqa yo‘l oldi. Yangi 
xalifa Ali (r.a.) esa ularning yo‘lini to‘sib chiqib, ortga qaytishlarini iltimos qildi. Chunki jahl 
ustidagi bu ish xalifalikda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin edi. 
Muzokaradan so‘ng Oysha, Talha va Zubayr (r.a.) xalifaning so‘ziga ko‘nib, qaytish tadorigini 
ko‘rdi. Biroq o‘sha kechasi ikkala tomonga ham bir guruh fitnachilar hujum qilib, o‘rtada “Jamal” 
(Tuya) deb nomlangan jang bo‘lib o‘tdi. 36/656 yil jumodul-oxir oyidagi mazkur voqeada ko‘p 
mashhur sahobiylar shahid bo‘ldi. Jumladan, Zubayrni ham bu fojia chetlab o‘tmadi. Jang paytida 
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) yonidagilarga: “Menga Talhani chaqiringlar! Menga Zubayrni chaqiringlar!” 


deb tinmay jar soldi. Bu ovozadan so‘ng Ali, Zubayr hamda Talha ibn Ubaydulloh o‘zaro 
uchrashdilar. Shunda Ali (r.a.) aytdi: «Ey Zubayr, esla! Bir kuni mening Rasululloh (s.a.v.)ga qarab 
kelayotganimni ko‘rib kulgan eding. Payg‘ambar (a.s.) sendan: “Uni (Alini) yaxshi ko‘rasanmi?” 
deb so‘radilar. “Ha”, deding. U zot senga: “Ammo sen unga qarshi zolim holingda jang qilasan”, deb 
aytdilar». Shunda Zubayr Ali (r.a.)ga: “To‘g‘ri, sen unutgan narsamni eslatding”, deb qo‘lidagi 
qilichni yerga tashladi, saflarni yorib, jang maydonini tark etdi. Afsuslanib, Basra yaqinidagi 
“Yirtqichlar vodiysi” degan joyga tushib, ibodat qilayotgan paytida Amr ibn Jurmuz ismli shaxs 
tomonidan o‘ldirildi. 
Amr ibn Jurmuz shahid sahobiyning qilichini ko‘tarib Ali (r.a.) huzuriga mag‘rur holda kirib keldi. 
Ali (r.a.) tahdid bilan: “Qo‘lingdagi Zubayrning qilichimi?” deb so‘radi. Amr titrab: “Ha, uni 
o‘ldirganimdan keyin oldim”, dedi. Ali (r.a.) qilichni olib, o‘pdi. Yig‘lab turib: “Bu qilich egasi shu 
quroli bilan Rasululloh (s.a.v.)dan g‘amni ketkazgandi”, dedi. Keyin qotilga qarab: “Ey Safiya 
o‘g‘lining qotili, do‘zax bashoratini olaver!” deb aytdi. 
Zubayrdan jami 38 ta hadis rivoyat qilingan. 
Alloh u zotdan rozi bo‘lsin! 
Mashhur sahobalardan Zubayr ibn Avvom ibn Huvaylid Asadiy Qurayshiy roziyallohu anhuning 
nasabi Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam nasablari bilan Kilobda tutashadi. U Xadicha 
onamiz roziyallohu anhu singari Bani Asad urug‘idan. Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam 
ammalari Sofiya binti Abdulmuttalib roziyallohu anhoning o‘g‘li bo‘lgan. 


Ibn Sa’d rahmatullohi alayh “Tobaqotul Kubro” asarida Sofiya binti Abdulmuttolib roziyallohu anho 
o‘g‘li Zubayrga qattiqqo‘llik bilan tarbiya berayotganini ko‘rib odamlar: “Axir uni juda qiynab 
yubording”, deganlarida: “Men uni pishisin, qat’iyatli bo‘lsin deyman”, deb aytganini keltirgan. 
Yillar o‘tib, onaning orzusi ushaldi. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu baland bo‘yli, o‘ta 
chidamli bo‘lib voyaga yetdi. Unda vafodorlik, birso‘zlik, saxiylik kabi fazilatlar mujassam edi. Bir 
kuni Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) uning qo‘lidan tutib: “Har bir payg‘ambarning xos 
yordamchisi bo‘lgan, mening xos yordamchim Zubayr ibn Avvomdir” deb marhamat qildilar (Imom 
Hokim). 
Zubayr roziyallohu anhu oldiniga faqirona hayot kechirdi. Ayoli Asmo roziyallohu anho uy 
ishlaridan tashqari chorva boqish, o‘tin terish kabilar bilan turmush o‘rtog‘iga yordamlashdi. 
Keyinroq Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu tijorat bilan shug‘ullanib, boyib ketdi. Ammo 
saxiyligi tufayli uyida biror narsa turmagan. Katta mablag‘ tushsa, uyigacha yetib bormay, 
yo‘ldayoq odamlarga tarqatib yuborardi. 
Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladi: «Payg‘ambarimiz Sollallohu alayhi vasallam Zubayrning 
uyida chiroq yonib turganini ko‘rdilar va “Ey Oisha, Asmo farzandli bo‘lganga o‘xshaydi. Unga ism 
qo‘ymay turinglar. Men o‘zim qo‘yaman”, dedilar. U zot chaqaloqni Abdulloh deb atadilar va 
xurmo bilan tanglayini ko‘tardilar”» (Imom Termiziy). 
Hazrat Umar roziyallohu anhu maslahat olgan olti sahoba, “ahli sho‘ro”ning biri Zubayr ibn Avvom 
roziyallohu anhu bo‘lgan. 


Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning zamoniga kelib Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu eng 
ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biriga aylandi. 
Zubayr ibn Avvom Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan bir lahza ham ajramadi. Doimo 
xizmatlarida bo‘lib, buyurilgan ishni sidqidildan ado etardi. U kishi Payg‘ambarimiz Sollallohu 
alayhi vasallamdan jami o‘ttiz sakkizta hadis rivoyat qildi. Hijriy o‘ttiz to‘rtinchi sanada (milodiy 
656) Basrada vafot etdi. 
Zubayr roziyallohu anhu hijratdan 28 yil oldin Makka shahrida tug‘ilgan. Uning to‘liq ismi Zubayr 
ibn Avvom ibn Xuvaylid ibn Asad ibn Abduluzzo ibn Qusay ibn Kilob. Uning nasabi Qusoyda 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan bog‘lanadi. Kunyasi Abu Abdulloh. Yasrib (Madina)da 
birinchi tug‘ilgan Abdulloh ibn Zubayr (roziyallohu anhu)ning otasi. 
Otasi Avvom ibn Xuvaylid. Onasi Safiya bint Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay 
ibn Kilob ibn Murra Payg‘ambarimiz alayhissalomning ammasi. 
Zubayr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan boja bo‘lgan. Ayoli ulug‘ 
sahobiya Asmo bint Abu Bakr. Ularning Abdulloh, Urva, Munzir, Osim, Muhojir, Ja’far degan 
o‘g‘illari, Xadijai Kubro, Ummu Hasan va Oysha degan qizlari bo‘lgan. 


Abu Abdulloh roziyallohu anhu Islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan ulug‘ sahoba. U o‘n olti 
yoshida Islomga kirgan. Ayrim manbalarda sakkiz yoki o‘n ikki yoshda bo‘lgani yozilgan. Hazrat 
Abu Bakr roziyallohu anhudan keyin to‘rtinchi yoki beshinchi bo‘lib musulmon bo‘lgan. 
Zubayrning yoshligi Makkada o‘tgan. Otasidan erta yetim qolgan. Onasi farzandim ulg‘ayganda, 
chidamli, mard odam bo‘lsin deb, uni og‘ir jismoniy mashqlar bilan chiniqtirib tarbiyalagan. U 
baland bo‘yli, soqoli siyrak, bug‘doyrang, sochini yelkasiga tushurib yuradigan kishi edi.
Zubayr roziyallohu anhu Islom tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. U uch marta hijrat qilgan 
sahobalardan biri. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning davrlarida barcha g‘azotlarda ishtirok 
etgan. Unin o‘zi bu borada bunday degan: “Allohga qasamki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam 
qay bir jang yoki sariyaga chiqqan bo‘lsalar, men ham birga borganman”. Badr jangida qo‘shinning 
o‘ng qanoti qo‘mondoni, Makka fathida muhojirlarning uch bayroqdorining biri bo‘lgan. Umar ibn 
Xatob (roziyallohu anhu)ning xalifalik davrida Misrni fath etish uchun Amr ibn Os roziyallohu 
anhuga yordamchi sifatida o‘n ikki ming askarga boshliq qilib yuborilgan. Hazrat Umar roziyallohu 
anhu o‘zidan keyin xalifalikka nomzodlar orasida Zubayr roziyallohu anhuni ham sanab: 
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarida ulardan rozi edilar”, degan. 
Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan juda ham oz hadis rivoyat 
qilgan. Chunki u hadis aytishda xato qilib, U zot alayhissalomga yolg‘on to‘qib qo‘yishdan qattiq 
qo‘rqardi. Unga o‘g‘li Abdulloh ibn Zubayr: “Nima uchun falonchilar kabi Rasululloh sollallohu 
alayhi va sallamdan hadis rivoyat qilmaysiz?” dedi. Abu Abdulloh roziyallohu anhu: “Men 
musulmon bo‘lganimdan beri Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ajraganim yo‘q. Lekin, u 


zotning: “Kim menga yolg‘on to‘qisa, o‘z joyini do‘zaxdan tayyorlasin”, deganlarini eshitganman”, 
deb javob bergan. Sahobadan o‘g‘illari – Abdulloh, Mus’ab, Urva va Ja’far, Moilk ibn Avs, Ahnaf 
ibn Qays Abdulloh ibn Omir kabilar hadis aytishgan. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu rivoyat 
qilgan hadisni ikkitasi muttafaqun alayhdir. Imom Buxoriy to‘rtta, Imom Muslim esa bitta hadisni 
o‘z to‘plamlarida keltirishgan. 
Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu jannat bashorati berilgan o‘n sahobaning biri. Abdurahmon ibn 
Avf (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): 

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish