Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


 BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/452
Sana18.01.2022
Hajmi5,99 Mb.
#385781
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   452
Bog'liq
fayl 1433 20210809

3. BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILISH SHAKLLARI 

Buxgalteriya hisobini tashkil qilish deganda korxonalar xo’jalik faoliyatida 

sodir  bo’ladigan  iqtisodiy  operatsiyalar  haqida  mukammal,  ishonchli,  aniq 

axborotlar  olish  va  ishlab  chiqarish  resurslaridan  maqsadli  foydalanishni  nazorat 

qilish bo’yicha korxonada yaratilgan sharoitlar tizimi tushuniladi. 

Hisob  ishlarini  tashkil  qilishda  ma’lum  bir  qoidalarga  rioya  qilinadi.  Xorij 

adabiyotlarida  hisob  ishini  tashkil  qilishning  quyidagi  qoidalari  mavjudligi 

ko’rsatib o’tilgan

31



1. Mehnatning taqsimlanishi «Oddiy ish bajaruvchi» faoliyati. Bunda hisob 



va hisobot ishlari ma’lumotlarni yig’ish va guruhlashga yo’naltiriladi; 

2.  Ma’lumotlarni  qamrab  olish,  hamma  ish  tezkor  hisobni  olib  boruvchiga 

biriktiriladi.  Ular  hisob  registrlarida  xo’jalik  jarayonlari  to’g’risidagi 

ma’lumotlarni yozib boradilar; 

 

31

. Соколов Ю.В.Очерки по истории бухгалтерского учета.- М.: Финанси и статистика, 1991 




43 

 

 



3.  Nazoratdagi  raqobat,  bu  hisob-kitob  kaliti  hisoblanadi.  Unda 

ko’rsatkichlar solishtirilganda ular bir-birlariga mos kelishi kerak yoki buni 

manfaatlar to’qnashuvi, deb atash ham mumkin; 

4.  Haqiqiy  buxgalteriya,  ro’yxatga  olish  bilan  shug’ullanuvchi  buxgalter 

jarayonlarni  ro’yxatga  olish  jurnalini  to’ldiradi  va  buxgalteriya  yozuvini 

(pravodka) tuzadi; 

5. Uslubiy mustaqillik, har bir firma va korxona buxgalteriya hisobini tashkil 

qilish  uslubini  o’z  faoliyati  xususiyatlarini  inobatga  olgan  holda,  o’zi 

belgilaydi.  Qancha  firma,  korxona  bo’lsa,  shuncha  hisobni  tashkil  qilish 

uslublari  mavjud.  Har  bir  xizmatchi  yoki  rahbar  o’ziga  mahqo’l  hisob 

tizimini kiritish huquqiga ega; 

6. Psixologik iqlim, rahbarning xodimiga ishonmasligi.       

Hisobning  asosiy  vazifasi  ishchilar  o’z  manfaatlarini  korxona 

manfaatidan  ustun  qo’yishining  oldini  olish  bo’lib  hisoblanadi.  Buxgalterlar 

amaldagi  hisob  tizimiga  korxona  rahbarining  roziligisiz  hisob  ishlarini  tashkil 

qilishning  boshqa  usulni  kiritish  yoki  amaldagi  usulni  o’zgartirish  huquqiga 

ega emas.  

Korxonada  buxgalteriya  hisobini  halqaro  andozalariga  moslashtirish 

rahbar monidan mahqo’llangan tamoyil va qoidalarga asoslanadi. 

Buxgalteriya  hisobini  yuritish  qoidalari  O’zbekiston  Respublikasida 

“Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida”gi  Qonun,  Moliya  vazirligi  tomonidan 

ishlab  chiqilgan  va  tasdiqlangan  O’zbekiston  Respublikasi  Buxgalteriya 

Hisobi  Milliy  Standartlari,  shu  jumladan  kichik  va  xususiy  tadbirkorlik 

subektlari  uchun  soddalashtirilgan  buxgalteriya  hisobini  yuritish  andozasi 

bilan belgilanadi. 

O’zbekistonda buxgalteriya hisobini yuritish, tashkil qilish, moliyaviy 

hisobotlarni  tuzish  metodologiyasini  hamda  buxgalteriya  hisobi  milliy 

standartlarini  ishlab  chiqish  va  tasdiqlash  bo’yicha  rahbarlik  O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligining  buxgalteriya  hisobi  va  hisoboti 

departamenti zimmasiga yuklatilgan.  




44 

 

 



Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardir: 

1.  Buxgalteriya  uchyotini  yuritishning  yagona  metodologiyasini  ishlab 

chiqish; 

2. Buxgalteriya uchyotini yuritish va uni takomillashtirish bo’yicha tadbirlar 

ishlab chiqish; 

3.  Buxgalteriya  uchyotini  yuritishni  ilg’or  shakllarini  ishlab  chiqish,  ularni 

amaliyotga tadbiq etish bo’yicha qilingan ishlarni nazorat qilish; 

4.  Buxgalteriya  uchyotini  yuritish  bo’yicha  tegishli  davlat  idoralari  bilan 

kelishilgan holda ishlab chiqilgan nizomlar, yo’riq xatlari va ko’rsatmalarni 

amaliyotga tadbiq qilinishi yuzasidan nazorat o’rnatish; 

5.  Korxonalarning  joriy  va  yillik  buxgalteriya  hisobotlarining  shakllarini 

ishlab  chiqish,  ularni  tuzish  va  to’g’riligini  tekshirish  to’g’risidagi 

ko’rsatmalarni ishlab chiqish. 

O’zbekiston  Respublikasining  “Buxgalteri  hisobi  to’g’risida”gi  qonunning 

11  -  moddasiga  muvofiq  Buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini  tashkil  etishni 

buxgalteriya hisobi subektining rahbari (korxona rahbari) amalga oshiradi. 

Buxgalteriya hisobi subektining rahbari quyidagi huquqlarga ega: 

1. Buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari boshchiligida buxgalteriya hisobi 

xizmatini  tashkil  etish  yoki  shartnoma  asosida  jalb  qilingan  buxgalter  xizmatidan 

foydalanish; 

2. Buxgalteriya hisobini yuritishni ixtisoslashti-rilgan tashkilotga (auditorlik 

tashkilotlari,  soliq  maslahatchilari  tashkilotlari  va  ustavida  buxgalteriya  hisobini 

yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish nazarda tutilgan boshqa tashkilotlar) shartnoma 

asosida yuklash; 

3. Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. 

Buxgalteriya hisobi subektining rahbariquyidagilarni tahminlashi shart: 

1. Hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; 

2. Ichki nazorat tartibini; 

3. Buxgalteriya hisobi to’liq va ishonchli yuritilishini; 

4. Hisob hujjatlarining but saqlanishini; 




45 

 

 



5. Moliyaviy hisobotning tayyorlanishini; 

6. Soliq hisobotining tayyorlanishini; 

7. Hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishini; 

8. “Buxgalteri hisobi to’g’risida”gi qonunning  12-moddasi talablariga 

rioya etilishini tahminlashi. 

O’zbekiston  Respublikasining  “Buxgalteri  hisobi  to’g’risida”gi 

qonunning  12  -    moddasiga  muvofiq  buxgalteri  hisobi  ishlarini  olib  borish 

buxgalteriya hisobi xizmati rahbarigayuklatiladi. 

Bosh  buxgalter  yoki  buxgalteriya  hisobi  va  moliyaviy  boshqarish 

vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi 

xizmatining  rahbari  bo’lib  hisoblanadi  va  bevosita  buxgalteriya  hisobi 

subektining rahbariga bo’ysunadi. 

Buxgalteriya  hisobi  xizmati  rahbarining  xo’jalik  operatsiyalarini 

hujjatlar  asosida  rasmiylashtirish  va  ularni  buxgalteriya  hisobi  xizmatiga 

taqdim  etish  bo’yicha  talablari  buxgalteriya  hisobi  subektining  barcha 

xodimlari uchun majburiydir. 

Majburiy  auditorlik  tekshiruvidan  o’tishi  lozim  bo’lgan  buxgalteriya 

hisobi  subektining  buxgalteriya  hisobi  xizmati  rahbari  quyidagi  talablarga 

javob berishi kerak: 

1. Iqtisodiyoliy ma’lumotga ega bo’lish; 

2.    Oxirgi  besh  kalendar  yildan  kamida  uch  yilibuxgalteriya  hisobini 

yuritish  yoki  moliyaviy  hisobotni  tuzish  yoxud  auditorlik  faoliyati  bilan 

bog’liq ish stajiga ega bo’lish; 

3.  Noiqtisodiy  oliy  ma’lumotga  ega  bo’lgan  taqdirda  oxirgi  o’n 

kalendar  yildan  kamida  yetti  yili  buxgalteriya  hisobini  yuritish  yoki 

moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bog’liq ish stajiga 

ega bo’lish. 

Majburiy  auditorlik  tekshiruvidan  o’tishi  lozim  bo’lgan  buxgalteriya 

hisobi  subektining  rahbari  buxgalteriya  hisobi  xizmati  rahbarining  har  yili 

malaka oshirishdan o’tishini tahminlashi shart. 




46 

 

 



Belgilangan  tartibda  muomalaga  layoqatsiz  yoki  muomalaga  layoqati 

cheklangan  deb  topilgan,  shuningdek  qasddan  sodir  etilgan  jinoyat  uchun 

sudlanganlik  holati  tugallanmagan  yoki  sudlanganligi  olib  tashlanmagan  shaxs 

buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari bo’lishi mumkin emas. 

Quyidagilar  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishni  unsurlari  bo’lib  xizmat 

qiladi: 


1. Korxonaning buxgalteriya hisobi siyosatini ishlab chiqish va tadbiq  

etish; 


2. Xo’jalik muomalalarini hujjatlashtirish ishlarini tashkillash; 

3.  Hujjatlar aylanishini yo’lga qo’yish; 

4. Yo’qlama qilishni to’g’ri yo’lga qo’yish. 

Yirik  korxonalarda  (aksiyadorlik  jamiyatlarida,  trestlarda,  konsenernlarda, 

xoldinglarda,  kompaniyalarda  va  boshqa  shu  turkumga  kiradigan  korxonalarda) 

buxgalteriya  hisobi  markazlashgan  va  markazsizlashtirilgan  shakllarda  tashkil 

qilinishi mumkin. 

Markazlashgan  buxgalteriya  sharoitida  sintetik  va  analitik  uchyotishlarini 

olib borish korxonaning bosh buxgalteriyasida, bo’limlar, tsexlar taqdim etadigan 

birlamchi  (jamlovchi)  hujjatlar  yoki  ularga  ilova  qilingan  ichki  hisobot 

ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi.  

Markazsizlashtirilgan  buxgalteriya  sharoitida  hisob  ishlari,  birlamchi 

hujjatlarni  to’ldirishdan  balans  tuzgunga  qadar,  korxonaning  bo’linmalarda, 

tsexlarda  tashkil  qilingan  buxgalteriyalarda  olib  boriladi.  Markaziy  buxgalteriya, 

tsex, bo’lim balanslari va hisobotlari umumlashtirib korxonaning yig’ma balansi va 

hisobotini  tuzadi  hamda  tsexlarda,  bo’limlarda  hisob  ishlarini  tashkil  qilishga 

nazorat o’rnatadi.  

Buxgalteriya apparatini tashkil qilishda uning tarkibini to’g’ri aniqlash hisob 

ishlarini  samarali  olib  borishga  asos  bo’ladi.  Buxgalteriya  apparati  tarkibi  ishlab 

chiqarish texnologiyasi va uni tashkil qilish xususiyatlariga, hisob ishlari hajmiga 

va  hisobning  texnik  vositalariga  bog’liq.  Korxona  bosh  buxgalteri  buxgalteriya 

apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ishlab chiqadi.  Ishlab chiqarish 




47 

 

 



korxonalari  buxgalteriya  apparati  xodimlarining  taxminiy  xizmat  lavozimi 

vazifalari qo’ydagi jadvalda keltirilgan. 




Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish