Buxgalteriya mavzu;19-SONLI BXMS ‘’INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA UTKAZISH.
MMT-83K guruh talabasi ochilov behruz
INVENTARIZATSIYANI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI 19-SONLI BHMS [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 2-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 833]
. Alohida turlardagi aktivlar va majburiyatlar inventarizatsiyasini o‘tkazish qoidalari
texnik pasportlar yoki boshqa texnik hujjatlarning mavjudligi va holati;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ijaraga, saqlashga va vaqtincha foydalanishga topshirilgan yoki qabul qilingan asosiy vositalarni hujjatlarining mavjudligi. Hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ularning olinishi yoki rasmiylashtirilishini ta’minlash zarur.
Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilinganda quyidagilar tekshirilishi zarur: tashkilotning ulardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi; nomoddiy aktivlar balansda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligi.
Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiyasi
Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiyasi
. Moliyaviy qo‘yilmalarni inventarizatsiya qilinganda qimmatli qog‘ozlar va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallari, shuningdek, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarga qilingan haqiqatdagi xarajatlar tekshiriladi.
Qimmatli qog‘ozlarning haqiqatda mavjudligi tekshirilganda quyidagilar aniqlanadi:
qimmatli qog‘ozlar to‘g‘ri rasmiylashtirilgani;
qimmatli qog‘ozlar saqlanishi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali);
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida va to‘liq aks ettirilishi.
Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsi. Tovar-moddiy qiymatliklarni inventarizatsiyasi, qoidaga ko‘ra, mazkur xonada qiymatliklarning joylashish tartibida bajarilishi kerak. Inventarizatsiya vaqtida bir turdagi tovar-moddiy qiymatliklardan boshqasiga tartibsiz o‘tishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.