Sug‘urta, moliyaviy bozorlar va institutlar
Reja:
Moliya bozori haqida tushuncha
Qimmatli qog‘ozlar bozori
Moliya bozori haqida tushuncha
Moliya bozori – bu moliyaviy (pul) resurslari va investitsion qiymatliklarni (moliyaviy resurslarni tashkil qilish vositalarini) sotuvchilari va xaridorlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar sohasi.
Moliya bozori valyuta, qimmatli qog‘ozlar, ssuda kapitali yoki pul bozorlari tizimidan iborat.
Moliya bozori keng ma’noli va murakkab iqtisodiy toifani tashkil qiladi hamda muayyan moliya muassasalari orqali o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan mulk egalari bilan sarmoya, qarz oluvchilar o‘rtasidagi munosabatni tasvirlaydi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti uchun moliya bozori o‘ziga xos «asab markazi» hisoblanadi, uning rivojlanish darajasiga qarab mamlakat iqtisodiyotining «ahvoli» hakida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko‘rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoligini boshqarish mumkin.
Bilamizki, insoniyat tarixida jamg‘armalardan foydalanishning eng keng tarqalgan ikki usuli ma’lum: naqd pullarni saqlash yoki qimmatli qog‘ozlar sotib olish.
Jamg‘armaning ko‘pini jamiyatdagi oilalar, iqtisodiyotga investitsiyalar qo‘yishni esa, asosan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar amalga oshiradi. Taraqqiyot davomida bu pul oqimlarining birinchisidan ikkinchilariga o‘tishini tartibga solib turadigan muassasalar, vositalar to‘plamiga esa muayyan mexanizm ishlab chiqilgan. Moliya bozori ana shunday mexanizm sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Moliya bozorining funksiyalari:
vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarni sotish orqali jalb qilish;
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyalashtirish;
taqsimlash funksiyasi – kapitalni tarmoqlar va kompaniyalar o‘rtasidagi oqimiga yordam beradi;
to‘laligicha iqtisodiyotni samaradorligini ko‘tarish.
Hozirgi zamon moliya bozorining asosini ko‘p sonli moliya muassasalari yoki vositachilar tashkil qiladi. Bu - sotuvchilar va xaridorlar, ya’ni sotiladigan va xarid qilinadigan, pul va boshqa moliya aktivlari mavjud bo‘lgan bozor. Ular vaqtinchalik foydalanish uchun (majburiyatli qarzlar shaklida) yoki butunlay (aksiyaga) berilishi mumkin.
Shu bilan birga, moliya bozorlari pul mablag‘lari jamg‘armalarining egalaridan qarz oluvchilarga boradigan ko‘plab turli-tuman yo‘llar bilan ta’minlanib turadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ular ikki asosiy guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga pul mablag‘lari bevosita jamg‘armalarning egalarida qarz oluvchilarga beriladigan mablag‘ bilan bevosita ta’minlash yo‘llari kiradi. Ular o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi: kapital moliyalashtirish - unga muvofiq tadbirkor mablag‘ni mulkining bir qismiga almashtirish hisobga oladi ( oddiy aksiyalar) va qarz olish yo‘li bilan moliyalashtirish - unga muvofiq firma mablag‘ni oldindan kelishilgan foiz bo‘yicha keyin to‘lash va firmaga egalik qilish xuquqini olmaslik haqidagi sharti bilan oladi (obligatsiyalar). Bu barcha qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishini belgilaydi.
Bilvosita mablag‘ bilan ta’minlashga omonatchilarning mablag‘larini moliya muassasalariga: tijorat banklari, sug‘urta va trast kompaniyallari, pensiya fondlari va hokazolarga qo‘yishga doir barcha operatsiyalar kiradi. Masalan, moliya muassasalari mayda va yirik omonatchilarning mablag‘laridan foydalanib, turli-tuman loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlaydi. Mablag‘ bilan ta’minlashning «bilvositaligi» shundaki, omonatchilarning o‘zlari mablag‘larini ushbu loyihalarga bevosita qo‘ymaydilar.
Jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli pul omonatlari moliya vositachilari tomonidan investitsiya kreditlari sifatida berish uchun foydalaniladi, investitsiya kreditlari uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi qilinadi.
Omonatlarni faqat uzoq muddatli investitsiyalarga qo‘yish shart emas, ularga “umri qisqa” qimmatli qog‘ozlar - qisqa muddatli xazina majburiyatlari, veksellar va hokazoni sotib olish mumkin. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qisqa muddatli omonatlari hamda pul massasasining boshqa elementlari bilan birga ular pul bozorini tashkil qiladi.
Pul bozori Markaziy bankning pul-kredit siyosatini joriy qilish obyekti hisoblanadi. U kredit muassasalarning aktivlari bilan savdo qilish uchun mo‘ljallangan; bu aktivlar Markaziy bankda kredit muassasalarining eng muhim likvid mablag‘lari zahiralari bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, aktivlarni qiymatlashtirib yoki kamaytirib, Markaziy bank ba’zi banklarning kredit berishga va demak, kredit bo‘yicha foizlar qiymatiga va omonatlar bo‘yicha foiz stavkalari qiymatiga tayyorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining pivojlanish bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan va ko‘pchilik Farb mamlakatlarida u xo‘jalik mexanizmining eng barqaror va yo‘lga qo‘yilgan qismlaridan biri hisoblanadi. U allaqachon birja va birjadan tashqari savdo tizimiga singib ketgan, uning o‘z aqidalari va an’analari mavjud, ba’zi qoidalar va an’analar asriy tarixga ega.
Sarmoyalar bozori mamlakat uchun muhim bo‘lgan vazifa - yirik davlat muamolarini hqilish uchun sarmoyalarni to‘plash masalasini yechishga sharoit tug‘diradi.
Sarmoyalar bozorining asosiy moliyaviy vositalari - korporatsiyalar va mahalliy hukumat obligatsiyalari, aksiyalar, kafolat krediti, o‘rta va uzoq muddatli xazina majburiyatlari va zayomlarning boshqa turlari hisoblanadi.
Sarmoyalash - qimmatli qog‘ozlar bozoridagi va umuman iqtisodiyotdagi qo‘llashni ifodalaydigan ko‘rsatkich. Korxonani sarmoyalash, birjaviy sarmoyalash va mamlakat iqtisodiyotini sarmoyalash farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |