«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasiga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi hamda ishonchliligini tasdiqlash uchun vaqti-vaqti bilan aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilib turishi kerak. Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga korxona mablag’lari va ularning manbalarini haqiqiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektni natura shaklida sanash, ya’ni qoldiqlarini hisoblash yoki hisob g’zuvlarini tekshirish yo’li bilan haqiqiy qilingan xarajatlarni belgilash.

Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:
korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish choҒida;
moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasno;
asosiy vositalar va tovar-moddiy zahiralarni qayta baholashda;
- moddiy javobgar shaxs o’zgarganida;
- talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan bog’liq faktlar aniqlanganida;
- yong’in yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganida;
korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.
Choraklik va yillik moliyaviy hisobotMoliyaviy hisobotlar ma’lum bir hisobot davri yoki ma’lum bir hisobot sanasi bo’yicha tuziladi. Bunda buxgalteriya balansi va hisobvaraqlardagi qoldiqlar bo’yicha ma’lumotlar ma’lum bir sanaga tuziladi, moliyaviy hisobot shakllarining qolganlari esa ma’lum bir davr uchun tuziladi.

Moliyaviy hisobotning hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrigacha bo’lgan davr kalendar yil hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot qonun hujjatlarida ko’rsatilgan hollarda kalendar yilidan farqli ravishda davrlar bo’yicha (oy, chorak uchun) ham taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot kuni hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi. Sub’ektning buxgalteriya balansi uchun hisobot kuni 31 dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri 1 yanvardan 31 dekabrigacha bo’lgan davr hisoblanadi.
Korxonaning yillik moliyaviy hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, to’liq nusxalarda quyidagi foydalanuvchilarga hisobot yilidan keyingi yilning 15 fevraligacha bo’lgan muddatda taqdim etilishi shart: