3.Qurilish tashkilotlarida materiallar inventarizatsiyasi xususiyatlari va uni natijalarining hisobi. Qurilish tashkilotlaridamateriallami inventarizatsiyaqilish, uningnatijalarini aniqlash,huijatlirasmiyla¿itirishvahisobgaolishrcspublikamizdaqabul qilingan BI IMS19 «Inventarizafciyani tashkil qilish va o‘tkazish>>dakeltirilgan tartib- qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ushbu standartga asoman qurilish tashkilotlarida tovar-moddiy boyliklaming rejali inventarizatsiyasi ha'yili kamidabir martao‘tkaziladi. Moddiy boyliklami o‘g‘irlash va talon-taroj cfüsh holatlari aniqlanganda, favquloddagi hodisalar yuz berganda, shuningcek boshqa kutilmagan voqealar sodir bo‘lganda iejadan tashqari inventariíitsiyalar o‘tkazilishi mumkin.
Tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyasi qurilish rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Inventarizatsiyada moddiy boyliklarning mavjud holati ulami sanash, tortish, oichash vashukabi boshqausullaryordamidaaniqlanadi. Sanash, tortish, o‘lchash uchun moddiy boyliklar dastlab bunga imkon berish holatigakeltiriladi. Chunonchi: - taxtalar enining o‘lchov birligiga (20 mm, 30 mm, 40mm, 50 mm) qarab taxlab chiqiladi; - bolarlar ularning uzunligi va diametriga qarab guruhlanadi; - mixlar ularning uzunligiga qarab guruhlarga ajratiladi; - shifer va tunukalar ularning eni hamda bo‘yining oichamiga qarab ajratiladi; - g‘ishtlar kvadrat holatiga keltirilgan holda taxlanadi; - havzada saqlanayotgan sement havzayuzasini aniqlash uchun bir tekisgakeltiriladi; - trubalar va armaturalar diametriga qarab saralanadi; - qum va shag‘al ulami kubometr holda o‘lchash holatiga keltiriladi; - qurilish maydonchalarida ishlatilayotgan har xil vaqtinchalik notitul moslamalar (qoliplar, konstruksiyalar, yo‘lkalar, devorlar, yuvinish va sanitariya xonalari) ularning o‘lchamlari, baholangan qiymatiga qarab guruhlarga ajratiladi; - buyurtmachigategishli bo‘lganmateriallarvao‘matishgamo‘ljallangan uskunalar alohidajoylarga taxlanadi. Xuddi shu tarzda boshqa materiallar ham ularning real miqdorini aniqlashga imkon beruvchi holatga keltiriladi. Inventarizatsiya komissiyasi a’zosi material boyliklarning aniqlangan real miqdorini inventarizatsiya varaqlariga(Inv-3 shakl) yozib boradi. Inventarizatsiya varaqlarining har bir beti komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Inventarizatsiya yakunlangach, bixgalteriyada inventarizatsiya varaqalari ma’lumotlari va materiallar hisoti kartochkalari yoki kitoblari ma’lumotlari taqqoslanib, inventarizatsiya latijalari aniqlanadi. Bunday taqqoslash natijalari «Taqqoslash qaydnomasi» (Inv-19 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu qaydnomaga buxgîlter va moddiyjavobgar shaxs imzo qo‘yadi, u rahbar tomonidan tasdiqlaiadi.
Tasdiqlangan taqqoslash qaydnomasi ma’lumotlari inventarizatsiya natijalarini hisobga olishgaasos bo‘lib hisoblanadi. Bir xil nomdagi, lekin qiymati bo‘yicha o‘zaro farq qiladigan materiallar, konstruksiyalar, moslama va buyumlar bo‘yicha rahbaming ruxsati bilan kaniomadlarni ortig’i bilan qoplanishiga ruxsat etiladi. Bunda hisobda materiallaming faqat qiymatlari bo‘yicha farq kamomad yoki ortiqcha sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiyada materiallar bo‘yicha aniqlangan ortiqchalar qurilish tashkilotining foydasiga olib boriladi va ular hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 1000 «Materiallar hisobi schotlari» (mos schotlar); Kredit 9390 «Boshqa operatsion daromadlar». Materiallar bo‘yicha aniqlangan kamomadlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi: 1) aniqlangan kamomadning nmumiy summasiga: Debet 5910 «Kamomadlar va boyliklaming buzilishidan yo‘qotishlar»; Kredit 1000«Materiallar hisobi schotlari» (mos schotlar). 2) moddiyjavobgarshaxsbo'ynigaolib borilgan kamomadsumniasiga: Debet 4730 «Moddiy zararlami qoplash bo‘yicha xodimlaming qarzi»; Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklaming buzilishidan yo‘qotislilar». 3) korxona zarariga olib borilgan kamomad summasiga: Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» Kredit 5910 «Kamomadlar va boyliklaming buzilishidan yo‘qotishlar. Inventarizatsiya aniqlangan kamomadlar moddiyjavobgar shaxslardan naqd pul yoki ulaming ish haqlaridan ushlab qolish yo‘li bilan undirib olinadi.