Buxgalteriya lit



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/108
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90333
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108
Bog'liq
buhgalteriya hisobi nazariyasi

ТEST SAVOLLARI
1. Hujjatlarga qo‘yilgan talablar nima deb ataladi?
A)  yo‘riqnoma;
B)  balans;
C)  schot;
D)  rekvizit;
E)  buyruq.
2. Farmoyish beruvchi hujjatlarga qaysi hujjatlar kiradi?
A)  talabnoma;
B)  yo‘riqnoma;
C)  schot  faktura;
D)  buyruq;
E) registr.
3. Hujjatlarga nechta talab qo‘yiladi?
A)  2;
B)  5;
C)  3;
D)  6;
E)  4.
4.  Buxgalteriya  hujjatlari  nusxasi  kim  tomonidan  tas-
diqlanadi?
A)  sud  tomonidan;
B)  bosh  buxgalter  tomonidan;
C)  omborchi  tomonidan;
D) moliya vazirligi tomonidan;
E) bojxona tomonidan.
5.  Buxgalteriya  hujjatlarida  xatoliklarni  tuzatish  mum-
kinmi?
  A) mumkin emas;
B)  direktor  tuzatadi;
  C) mumkin;
D)  sud;
  E) arbitraj.
10 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi


146
VIII BOB.  XO‘JALIK MABLAG‘LARINI
YO‘QLAMA  (INVENТARIZATSIYA)
QILISH
1-§. Inventarizatsiya to‘g‘risida tushuncha.
Inventarizatsiyaning turlari
Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar,
tegishli  asosiy  va  aylanma  mablag‘lariga  ega  bo‘lib,  bu
mablag‘lar  xo‘jalik  faoliyati  davomida  o‘z  qiymatining
miqdorini o‘zgartirib boradi. Asosiy va aylanma mablag‘-
lar, ya’ni korxona va tashkilotlarning mulki tegishli mod-
diy  javobgar  shaxslar  zimmasida  bo‘lib,  har  bir  moddiy
javobgar shaxs o‘z zimmasidagi tovar va moddiy boylik-
lar holati bo‘yicha buxgalteriyaga hisobot beradi. Moddiy
javobgar  shaxslarning  tovar  hisobotida  mablag‘larning
hisobot davridagi kirim-chiqim va oxirgi qoldig‘i hisob-
kitob qilinadi.
Mablag‘larning harakatini hamda ularni o‘z vaqtida ki-
rim qilishni nazariy hal qilish  ikki tomonlama olib bori-
ladi. Birinchisi, buxgalteriya hisobidagi mablag‘lar bo‘lsa,
ikkinchisi moddiy javobgar shaxslarning hisobotidir.
Mablag‘larning harakatini hisobga olishda ularni ki-
rim va chiqimini tartibga solishda hujjatlarga alohida aha-
miyat  berish  talab  qilinadi.  Hujjatda  tovar  va  moddiy
boyliklarning  xaridorlarga  jo‘natilgan  kuni,  miqdori,
bahosi,  narxi  ko‘rsatiladi.    Hujjatlarga  asosan  tashkilot
buxgalteriyasida  mablag‘lari  kirimga  qabul  qilinishi  va
sarflanishi  nazorat  qilinadi.  Mablag‘larning  harakati,
ularning to‘liqligi ikki tomonlama nazorat qilinadi. Birinchi
nazorat moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari yorda-
mida  amalga  oshiriladi.  Ikkinchi  nazorat    buxgalteriya
yozuvlari yordamida olib boriladi. Har bir nazorat shakli-
da mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi hujjatlar asos qilib
olinadi. Hujjatlar yordamida mablag‘larning haqiqiy hi-
moyasining har bir moddiy javobgar shaxs bo‘yicha to‘-
liqligini  ta’minlash,  nazoratni  tashkil  qilish  maqsadida
inventarizatsiya o‘tkaziladi.


147
O‘zbekiston  Respublikasida  „Buxgalteriya  hisobi  va
hisobotlar  to‘g‘risida“gi  Nizomga  asosan  korxona  va
tashkilotlar inventarizatsiya o‘tkazish davrlarini mustaqil
belgilaydilar.
Nizomga asosan korxonalar yillik hisobot tuzishdan
oldin  mablag‘lar  to‘liqligini  ta’minlash  maqsadida  in-
ventarizatsiya o‘tkazadilar. Ularni quyidagi muddatlarda
o‘tkazish tavsiya qilinadi:
—  asosiy  vositalarni  hisobot  yilining    birinchi  ok-
tabrida;
— ombor va bazalardagi sanoat tovarlari bir yilda bir
marta;
— ombor va bazalardagi oziq-ovqat tovarlari bir yilda
ikki marta;
— arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar yiliga bir
marta;
— pul mablag‘lari har oyda bir marta.
Yuqoridagi muddatlarda rejali inventarizatsiya o‘tka-
ziladi. Korxona  bosh buxgalteri hisobot yili uchun yil boshi-
da inventarizatsiya o‘tkazish rejasi korxona bosh buxgal-
teri tomonidan tuziladi va rahbar tomonidan tasdiqlana-
di. Тasdiqlangan reja asosida inventarizatsiya ishlari tashkil
qilinadi.
Korxona  va  tashkilotlarda  inventarizatsiya  o‘tkazish
quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boriladi.
Birinchi tamoyil — bu moddiy javobgarlik hisoblanadi,
chunki korxona va tashkilotga taalluqli  bo‘lgan asosiy va
oborot  mablag‘lar  tegishli  moddiy  javobgar  shaxslar
zimmasida bo‘ladi va ular bilan amaldagi qonunlar asosi-
da moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilib, unda
tovar-moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash uchun
o‘zaro bitim tuziladi.
Moddiy javobgarlik to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga
rioya qilmaslik oqibatida turli ko‘rinishdagi kamomad va
xiyonatlarning kelib chiqishi amaliyotda tasdiqlangan.
Ikkinchi tamoyil — bu inventarizatsiya o‘tkazish komis-


148
siyasini  to‘g‘ri  tashkil  qilish,  inventarizatorning  tegishli
kasb bo‘yicha  malakaga ega  bo‘lishini  ta’minlash  va bu
to‘g‘ridagi Nizom, qoidalarning bo‘lishini nazorat qilish
alohida  ahamiyatlidir.  Inventarizatsiya  o‘tkazish  komis-
siyasining a’zolarini to‘g‘ri tanlash yuqori malakali muta-
xassislarni jalb qilish, kamomad va xiyonatlarning oldini
olish, tovar-moddiy boyliklarining  to‘liqligini ta’minlashga
yaqindan yordam beradi.
Uchinchi tamoyil — bu korxona va tashkilot rahbarining
yoki mulk egasining inventarizatsiya o‘tkazishga bo‘lgan
munosabatini to‘g‘ri tashkil qilishdir. Har bir mulk egasi,
xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mulkiga bo‘lgan muno-
sabatining  to‘liqligini  ta’minlashdagi  chora-tadbirlarini
aniqlash bilan ifodalanadi.
Тo‘rtinchi  tamoyil — inventarizatsiyaning  reja  asosida
tashkil qilinishidir. Bu tamoyil, birinchidan, inventarizatsiya
ishlarining bir me’yorda o‘tkazilishini ta’minlasa, ikkin-
chidan, inventarizatsiyalarning ish unumdorligini oshirish
va inventarizatsiya natijalarini o‘z vaqtida aniqlash imko-
nini beradi.
Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan rejaning
bajarilishini  ta’minlash  bu  boradagi  ishlarning  samara-
dorligini ta’minlaydi.
Beshinchi tamoyil — bu inventarizatsiya ishlarida tejam-
korlikka rioya qilishni ta’minlashdir. Inventarizatsiya o‘tka-
zishda tejamkorlikka erishish birinchi navbatda ish vaqtidan
unumli  foydalanish  bilan  bog‘liqdir.  Inventarizatsiya
ishlarining  belgilangan  muddatlarda  boshlanishi  va
tugallanishini  nazorat  qilish  komissiya  raisi  zimmasiga,
tashkilot rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatilgandir.
Hozirgi sharoit har bir mulk egasini tadbirkor, tejam-
kor bo‘lishga, mulkka bo‘lgan munosabatni yaxshilashga,
mulkning to‘liqligini nazorat qilishga undaydi. Korxona va
tashkilotlarning  mulki  tegishli  moddiy  javobgar  shaxslar
zimmasida  bo‘lib,  ular  mulkning  to‘liqligini  ta’minlash
uchun  javobgar  shaxslar  deb  hisoblanadilar.
Mulkning  to‘liqligi  har  tomonlama  nazorat  qilib


149
boriladi, chunki mulk harakati, turlari bo‘yicha sintetik va
analitik  schotlarida  buxgalteriyada  nazorat  qilinsa,
ikkinchidan, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlarida
o‘z  ifodasini  topadi.  Lekin  buxgalteriya  schotlaridagi
ma’lumotlar  bilan  tovar  hisobotidagi  ma’lumotlar  bir-
birini  tasdiqlashi  mumkin,  ammo  haqiqatda  mulkning
to‘liqligini ta’minlaganmi, yo‘qmi bu holatga aniqlik kiritish
maqsadida inventarizatsiya qilinadi.
Iqtisodiy  adabiyotlarda  (buxgalteriya  hisobi)  inven-
tarizatsiya  so‘zini  „ashyoviy  dalil“,  yo‘qlama  qilish,
„ taqqoslash“  kabi  so‘zlar  bilan  almashtirish  hollari
mavjud,  bunday  hol  xatolikka,  buzib  ko‘rsatishga  olib
keladi, xolos.
Bizning  fikrimizcha,  inventarizatsiyaga  quyidagicha
ta’rif berilsa maqsadga muvofiqdir.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish