Buxgalteriya lit


-§. Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/108
Sana30.12.2021
Hajmi0,6 Mb.
#90333
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108
Bog'liq
buhgalteriya hisobi nazariyasi

3-§. Inventarizatsiya o‘tkazish ishlarini rejalashtirish
Тovar va moddiy boyliklarning to‘liqligini ta’minlash-
da inventarizatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli
qilib o‘tkazish alohida ahamiyatlidir. Buning uchun inven-
tarizatsiya o‘tkazish ishlarini tartibga solish, rejalashtirish
talab qilinadi.
Korxona  bosh  hisobchisi  har  bir  hisobot  yili  uchun
yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasini tuzib chiqadi. Reja
bevosita korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan keyin
kuchga kiradi.
Reja  tuzishda  birinchi  navbatda  oldingi  o‘tkazilgan
inventarizatsiya davri, natijalari bosh hisobchi tomonidan
o‘rganilib chiqiladi, chunki o‘tkazilgan inventarizatsiya-
larning  sifatli  natijalarini  aniqlash  to‘liq  bosh  hisobchi
zimmasiga yuklangandir.
Inventarizatsiya  o‘tkazish  rejasida  har  bir  moddiy
javobgar shaxs faoliyati o‘z ifodasini topishi kerak. Reja
tasdiqlangandan keyin u faqat bosh hisobchida saqlanadi
va  boshqa  xodimlardan  sir  tutiladi.  Inventarizatsiya
o‘tkaziladigan obyektning muddati kelganda bosh hisob-
chi  bu  to‘g‘rida  tashkilot  rahbariga  axborot  berib,
inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish tayyorlaydi.
Inventarizatsiya  o‘tkazish  ishlarini  rejalashtirish,  ish


158
faoliyatining  samaradorligini  oshirishga  yordam  beradi,
tovar va moddiy qiymatliklar holati bo‘yicha hisobotlar-
ning belgilangan muddatlarda topshirilishini ta’minlaydi.
Inventarizatsiya  o‘tkazish  rejasining  bajarilishi  usti-
dan nazorat bosh hisobchi zimmasiga yuklatilgandir.
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida buxgalteriya hisobi,
hisoboti va balans muddatlarining to‘g‘riligini ta’minlash
maqsadida yillik inventarizatsiya o‘tkazish ishlari ham o‘z
ifodasini topadi.
Inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risida tuzilgan yillik rejada
oldingi  o‘tkazilgan  inventarizatsiya  davri,  hisobot  yilida
o‘tkaziladigan  inventarizatsiya  muddati,  komissiya
a’zolarining ismi, familiyasi ko‘rsatiladi. Тashkilot bo‘yicha
yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasining tuzilishi quyida-
gicha:
„Тasdiqlayman“  (rahbar)  _________
„Shohrux“ savdo-ishlab chiqarish hissadorlik jamiyati-
ning 20___ yilda inventarizatsiya o‘tkazish rejasi
№ Inventari-
zatsiya
otkaziladi-
gan do‘kon,
ombor
Inventariza -
tsiya  qilina-
digan tovar-
moddiy boy-
liklar  nomi
Komissiya  a’zolari
O‘tka-
ziladi-
gan
kun,
oy,
sana
rais
komissiya  a’zolari
1
2
3
1-sonli
ombor
Supermar-
ket do‘koni
Boshqa
obyektlar
Tovarlar,
idish va
inventarlar
Isoqov  X. , Yunusov  M.
Tovarshunos Turdiyev  S.,
                   Karimov  A.
Akramov  U.,  Isoqov  X.
Texnolog     Umarov  Y.
                  Soliyev  I.
4.02
soat 10
15.02
soat 14
Bosh  hisobchi
(imzo)
Yillik inventarizatsiya o‘tkazish rejasini tuzishda har
bir tarmoq uchun belgilangan muddatlari ko‘rsatiladi. Mi-
sol uchun, asosiy vositalarning inventarizatsiyasi hisobot


159
yilining  oktabr  oyida  o‘tkazilishi  belgilangan  bo‘lsa,  re-
jada oktabr oyiga belgilanadi.
Rejada ko‘rsatilgan bo‘limlar bo‘yicha inventarizatsiya
o‘tkazishning nazorati korxona bosh hisobchisi zimmasiga
yuklatiladi.
Korxona va tashkilotlarda rejada ko‘rsatilmagan hollarda
ham inventarizatsiya o‘tkazilishi mumkin. Bunday inven-
tarizatsiyalar bevosita korxona rahbari, bosh  hisobchisi
tomonidan tanlab olingan holda o‘tkazilishi mumkin. Ko‘p
hollarda  bunday  inventarizatsiyalar  sud-tergov  organ-
larining talablariga asosan o‘tkaziladi. Bunday o‘tkazilgan
inventarizatsiyalar natijalarini aniqlash amaldagi Qonun-
larga  asosan  sud-tergov  materiallarini  to‘ldirishga  qara-
tilgandir.
Respublika miqyosida amalga oshirilgan mulkni davlat
tasarrufidan  chiqarish,  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish
inventarizatsiya o‘tkazish ishlarida auditorlar xizmatidan
foydalanishga keng yo‘l ochib berdi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish